Bosh sahifa » Fan oyligi » Tarix va huquq fanlaridan fan oyligi uchun tadbir ssenariysi

Tarix va huquq fanlaridan fan oyligi uchun tadbir ssenariysi

by nafisa nafisa

Tarix va huquq fanlaridan fan oyligi uchun tadbir ssenariysi

Tarix fanidan tadbir ssenariysi

Tadbir nomi : Bizning me’moriy obidalarimiz.

Maqsadi: O‘zbek xalqining milliy an’analari, qadriyatlari, urf-odatlarini o‘rgatish orqali yoshlarni milliy g‘ururini Vatanga sadoqatini hamda o‘zgalar mehnatini qadrlashga o‘rgatish.

Vazifasi:

1) Tadbirni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish;

2) O‘quvchilarning nazariy bilimlarini qiziqarli savolnomalar, testlar, “To‘g‘ri va chaqqon” bajarish o‘yinlari orqali aniqlash.

3) O‘quvchilarni amaliy bilimlarini naqsh elementlarini farqlash, turlarga ajratish va chizish malakalarini shakllantirish.

4) Kasb va hunarni madh etuvchi she’r, ashula, rivoyat, hikoyatlar tayyorlash va ijro etish;

5) Tadbirda faol qatnashgan va g‘olib chiqqan o‘quvchilarni rag‘batlantirish va taqdirlash.

Mavzu: «Bizning me’moriy obidalarimiz»

Tayyorgarlik bosqichi:

Ishtirokchilar: Tarbiyachilar, metodistlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul va o‘quvchi-yoshlar.

Jihozlash:

1. Me’moriy obidalarimizga oid ko‘rgazmali materiallar tashkil etish; (maketlar, foto-albomlar, slaydlar, qisqa metrajli kinofilmlar va boshqalar).

2. Texnik vositalar: mikrofon, kompyuter jihozlari, fotoapparat, videotaqdimot (prezentatsiya), xontaxta, stol, stul va boshqalar.

3. Ko‘rgazma qurollari: ota-bobolarimiz tomonidan shahar va qishloqlarimizda bunyod etilgan me’moriy obidalarning fotosuratlari, o‘quvchi-yoshlar tomonidan yasalgan me’moriy yodgorliklarning maketlari, kitoblar, albom va bukletlar, plakatlar, shiorlar, hikoyalar.

4. Chizish uchun oq qog‘oz, qalam, o‘chirg‘ich, sirkul, akvarel bo‘yoqlari, guash, mo‘yqalamlar, suv, suv uchun idishlar, palitra va boshqalar.

Asosiy bosqich:

Sahna ekranida mumtoz musiqa ijrosida tadbir mavzusi va taqdimoti namoyish etiladi.

1-boshlovchi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul sahnaga chiqib tadbirni  milliy ma’naviyatimizni madh etuvchi she’r yoki kirish so‘zi bilan ochadi.

2-boshlovchi, Tarbiyachi: – Assalomu alaykum, hurmatli o‘quvchilar, aziz ustozlar va qadrli ota-onalar. Bugungi o‘tkaziladigan o‘quv-tabiyaviy tadbirimizning mavzusi «Bizning me’moriy obidalarimiz» deb nomlanadi. O‘zbek xalqining milliy san’ati va an’analari, ma’naviy va moddiy merosimiz asrlar davomida shakllanib, jahon madaniyatining rivojida, taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etib kelayotganligi barchamizga ma’lum. Tadbirni tashkil etishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarimizning san’atimiz, milliy an’analarimiz haqidagi bilimlarini sinab ko‘rish va ijodkorlarni, g‘oliblarni taqdirlash.

Tarbiyachi tadbir qatnashchilarini 6 nafar o‘quvchilardan iborat 3 ta guruh bilan tanishtiradi.

2-boshlovchi, Tarbiyachi: – Men ularni sahnaga taklif etaman, marhamat. (gulduros qarsaklar ostida kirib kelishadi).

Tadbir shartlari:

 1. Mavzu asosida nazariy bilimlarini testlar bajarish orqali aniqlash.

2. Me’moriy obidalarning fotonusxalari orqali  obidalar nomini, qaysi shaharda joylashganini aniqlash va tarixi haqida ma’lumot berish.

3. Mustaqil ijod (me’moriy obidalar tasvirini  chizish).

4. Badiiy chiqish (she’r, monolog, hikoya, qo‘shiq, raqs va b.)

«Bizning me’moriy obidalarimiz» mavzusidagi o‘quv-tarbiyaviy tadbirimizga tashrif buyurgan aziz mehmonlarimiz bilan tanishtiramiz

2-boshlovchi, Tarbiyachi: Dastlab guruh a’zolarining taqdimot chiqishlarini e’lon qiladi. Bunda har bir guruhlar  bir-birlarini bayram bilan tabriklashadi (tabrik so‘zi, maqol, rivoyat, hikmatli so‘zlar va boshqalar bo‘lishi mumkin).  Bu jarayon bir guruh uchun 3 daqiqa. (Natijasi shartlar tugagandan so‘ng e’lon qilinadi).

Hakamlar hay’ati taqdimot chiqishlarni baholagunga qadar navbatni  musiqali tanaffusga beradi.

2-boshlovchi, Tarbiyachi: 1-shart: Test savollariga javob berish. Ushbu shartda har bir guruhning ishtirokchilari qatnashib, 4 tadan test topshirig‘i savollariga (yozma yoki og‘zaki) javob berishadi, har bir test topshirig‘iga 4 tadan javoblar berilgan, shulardan to‘g‘ri javobni belgilashadi (bu jarayonga 3 daqiqa vaqt beriladi).

Hakamlar hay’ati shartni baholagunga qadar navbatni musiqali tanaffusga beradi. So‘ngra baholar e’lon qilinadi.

2-boshlovchi, Tarbiyachi: 2-shart amaliy mashg‘ulotda har bir guruhdan 6 nafar ishtirokchi 20 daqiqa davomida o‘zlari tanlab olgan fotonusxalar, ya’ni me’moriy obidalarning fotonusxalari orqali obidalar nomini, qaysi shaharda joylashganligini aniqlaydi va tarixi haqida ma’lumot beradi (Natijasi shartlar tugagandan so‘ng e’lon qilinadi).

Hakamlar hay’ati shartni baholagunga qadar navbatni  musiqali tanaffusga beradi.

2-boshlovchi, Tarbiyachi: 3–shart: Mustaqil mavzu bo‘lib, bunda ishtirokchilar me’moriy obidalarning fotonusxalarini ko‘rib, tasavvurlari orqali me’moriy obidaning tasvirini chizadilar. (Ushbu jarayon 60 daqiqa davom etishi mumkin).

Hakamlar hay’ati shartni baholagunga qadar har ikkala guruh qo‘shimcha ijodiy sahna ko‘rinishi taqdim etadi.

2-boshlovchi, Tarbiyachi: 4–shart: badiiy chiqish (she’r, monolog, hikoya, qo‘shiq, raqs va b.). Har bir guruh qatnashchilari tayyorlagan badiiy chiqishlarini she’r, monolog, hikoya, qo‘shiq va raqs turlari bo‘yicha namoyish etadilar. (Natijasi shartlar tugagandan so‘ng e’lon qilinadi). Hakamlar hay’ati shartni baholagunga qadar navbatni musiqali tanaffusga beradi.

2-boshlovchi, Tarbiyachi:  Hurmatli o‘quvchilar, aziz ustozlar va qadrli mehmonlar. Mana bugungi «Bizning me’moriy obidalarimiz» mavzusida o‘quv-tarbiyaviy ko‘rik-tadbirimizning uchala guruh qatnashchilaridan iborat iqtidorli va ijodkor o‘quvchilarimizning bilimlari va qobiliyatlari sinab ko‘rildi. Imkon qadar barcha guruh a’zolarining o‘z jamoalari bilan birdamlikda, ahillikda va qizg‘in bahslarda o‘zaro hurmatdagi harakatlari guvohi bo‘ldik. Belgilangan shartlar bo‘yicha umumiy baholarni e’lon qilish uchun so‘z Hay’at raisi: Mana, hammamiz o‘quvchilarni barcha shartlar bo‘yicha chiqishlarini tomosha qildik. Har bir guruh qatnashchilarining sahnada o‘zlarini tutishi, mazmunli she’r o‘qish, ashula ijro etishi, sahnali ko‘rinish, hamda mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari, ko‘nikmalari inobatga olgan holda baholandi.

 G‘olib guruh va faol qatnashgan bolalar gulduros qarsaklar ostida taqdirlanadilar.

Bugungi yoshlarimizning bilimi, salohiyati, kuchi-qudrati, madaniyati va ma’naviyati kelajagimiz poydevoridir. Mustaqil Vatanimiz poydevorini bundan ham mustahkam va qudratli bo‘lishida ko‘rik-tadbirda qatnashgan va barcha yoshlarga sog‘lom hayot, sog‘lom g‘oya va ilmiy-ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tarix fanidan tadbir ssenariysi

Tavsiya etamiz : Tarbiya va ijtimoiy fanlar(tarix, huquq)dan fan oyliklari 2022-2023o’quv yili uchun

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x