Bosh sahifa » Fan oyligi » Jismoniy tarbiya, ChQBT fan oyliklari uchun tadbir ssenariylari

Jismoniy tarbiya, ChQBT fan oyliklari uchun tadbir ssenariylari

by nafisa nafisa

Jismoniy tarbiya, ChQBT fan oyliklari uchun tadbir ssenariylari

CHQBT va Jismoniy tarbiya fani ” oyligi hisoboti

Maktabda o’quvchilar savodxonligini oshirish ularni sport mashg’ulotlariga keng jalb qilish,

-ommaviy sport ishlarini yanada rivojlantirish,

-o’quvchilarni foydali va mazmunli harakatga yo’naltirish,

– milliy sport turlarini yanada rivojlantirish,

-o’quvchilarni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalash,

-o’quvchi yoshlarini vatanga sadoqat ruxida , komil inson qilib tarbiyalash,

-barcha o’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga uzluksiz jalb qilish ,

– sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish,

– davlat ta’lim standarti darajasida o’quvchilar o’zlashtirishini oshirib borish,

-bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashda, o’quvchilar bilimida, jismony harakatlarida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirish maqsadida mart oyi “Jismoniy tarbiya fani ” oyligi deb e’lon qilindi.

Bizning yosh va mustaqil davlatimiz bolalarning sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilmoqda.

Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur, qudratli elning farzandlari sog’lom bo’lur”. Istiqlol yillarida shiorga aylangan ushbu hikmatli ibora xalqimizning qon-qonga singib ketgan. Aytish joizki, o’tgan yillar mobaynida mamlakatimizda sog’lom avlodni voyaga yetkazishda keng aholi qatlamini, ayniqsa yosh avlod salomatligini mustahkamlash borasida e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi.

Shu maqsadda maktabimizda fan oyligida juda ko’pgina ishlar amalga oshirildi. Maktabda fan oyligi bo’yicha maktabning buyrug’i va chora tadbirlar rejasi tuzildi.

O’quvchilarning nazariy bilim samaradorligini aniqlash maqsadida testlar tashkil etilib olindi.O’quvchilar tomonidan tayyorlangan ko’rgazmali qurollar, albomlar,buklet va referatlar namoyishi o’tkazildi.2-3 sinflar o’rtasida “Shashka” musobaqasini o’tkazildi.

9-may “ Xotira va qadrlash”kuni munosabati bilan 9-11 sinf qizlari o’rtasida “Voleybol” musobaqasi o’tkazildi

9-11 sinf o’g’illari o’rtasida “Futbol” musobaqasi o’tkazildi.

8-11 sinf o’g’illari o’rtasida “Kros” musobaqasi o’tkazildi.

3-4 sinflar o’rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasi o’tkazildi.

5-6-sinf o’rtasida Futbol ligasi tuman miqiyosida faxrli 1-o’rinni egallab viloyat bosqichida 3-o’rinni egalladi.

Uyushmagan yoshlar o’rtasida futbol musobaqida tuman boshqichida Qumqishloq MFY faxrli 1-o’rinni qo’lga kirititdilar. Musobaqada faol qatnashgan o’quvchilar qimmatboaho sovg’alarni qo’lga kiritdilar.

Musobaqaga o’quvchilar bilan birgalikda ota-onalar ham juda qiziqish bilan ishtirok etishdi.

11 sinfida CHQBT fani o’qituvchisi Qambarov Iskandar tomonidan, 9 sinfda jismoniy tarbiya fanidan Haydarov Iqbol tomonidan ochiq darslar tashkillashtirildi.

Fan oyligi maktabimizda juda yaxshi saviyada tashkillashtirildi va o’tkazildi . Barcha musobaqalar o’z vaqtida o’tkazildi. Fan oyligida o’tkazilgan musobaqalarda ba’zi sinf raxbarlari faol ishtirok etishmadi.

Faol ishtirok etgan sinf raxbarlari va sinflarga maktabimiz ma’muryati tamonidan raxmatnoma e’lon qilamiz.

Zero bugungi kunda halqaro sport maydonlarida ,Olimpiya o’yinlari, Jaxon va Osiyo chempionatlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan mahoratli sportchilarimizning deyarli barchasi ilk bor o’quvchi va talabalar o’rtasida ana shunday musobaqalarda kashf etilgan.

Tavsiya etamiz : Fan oyliklarni o’tkazish tartibi va hujjatlari jamlanmasi

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x