Bosh sahifa » Fan oyligi » Aniq (matematika va informatika) fanlar oyligi hujjatlari

Aniq (matematika va informatika) fanlar oyligi hujjatlari

by nafisa nafisa

Aniq  (matematika va informatika) fanlar oyligi hujjatlari

Aniq fanlar oyligi hujjatlari

Fan oyligini o‘tkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish,  bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarini jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.

Bu jarayonda faol qatnashish ishtiyoqida o‘qituvchilar o‘z ustida tinmay ishlab, biron-bir yangilik topish, bilim va ko‘nikmalarni boyitish, ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga tadbiq etish, qolaversa, fanning rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga harakat qilmoqdalar.

Maktabdagi Aniq fanlar (matematika va  informatika  fani) ga tegishli uslub birlashmaning yillik ish rejasida fan oyligi uchun mazkur fanlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilangan. Fan oyligining har bir haftasi uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtirildi.

Fan oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida to‘plangan tajribalar asosida Aniq fanlar (Matematika va informatika fanlari) fan oyligini tashkil etish va o‘tkazishning  tadbirlar mazmunini quyidagi namuna asosida  rejalashtirish kelishib olindi.

I – hafta  «Matematika, informatika fani o‘qituvchilarining metodik ishlari haftaligi”da fan oyligining boshlanishida va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan sinflar kesimida sinov testlari olish. O‘quvchilarning mazkur fandan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi metodbirlashmada jadval va diagrammalar asosida tahlil qilinib, muhokama qilish.

II  – hafta  «Ochiq darslar haftaligi”da o‘qituvchilar sinflar kesimida aniq belgilangan mazular bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib borish. O‘qituvchilarning ismi shariflari ko‘rsatilib, belgilangan ochiq darslar jadvali avvaldan tayyorlash va maktabning e’lonlar doskasiga osib qo‘yish. Ochiq darslar jadvali asosida mashg‘ulotlarning o‘tkazilishida ota-onalar, o‘qituvchilar  darslarni  faol kuzatish  va taxlil qilish.

III- hafta «Aniq fanlar  marafoni haftasi”da o‘tkaziladigan tadbirlar, ularning mavzulari, o‘tkazilish vaqti, tashkil etishga mas’ul o`qituvchilar oldindan belgilanib, tuzilgan jadval e’lonlar doskasiga ilib qo’yish.

IV – hafta «Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning natijalari” haftasida amalga oshirilgan ishlarning hisobotlari olinib  umumlashtirish va kelgusidagi ishlar rejalashtirish.

Fan oyligining yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari aniqlanib, taxlil qilish va natijalar metodbirlashmada muhokama etish. O‘tkazilgan tadbirlar, ochiq darslar va  olib borilgan sinfdan tashqari ishlarga ota-onalarni jalb qilish. Fan oyligining yakunlanishini bayramona ruhda o‘tkazish. Unda muzkur jarayonda faol ishtirok etgan o‘quvchilar, o‘qituvchilar,  sinflarning reytingi chiqarib, uning natijalariga ko‘ra faol sinflar, o‘quvchilar va o‘qituvchilar rag‘batlantirib borish.

Aniq fanlar oyligi  hujjatlarini  yuklab oling:

Informatika va matematika fan oyligi hujjatlari

matematik shou

matematika fan oyligiga saflanish

matematika fanlar shohi

matematika kecha

matematika va gozallik

 

Tavsiya etamiz : Fan oyliklarni o’tkazish tartibi va hujjatlari jamlanmasi

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x