Fan oyligini o’tkazish tartibi
Biologiya, kimyo va fizika fanlari tabiiy fanlar bo‘lib, ayrim o‘quvchilar bu fanlar nimani o‘rganishini bir-biridan farqlashda turli qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Odamlar orasida mashhur ibora bor:
Agar u yashil bo‘lsa yoki qimirlasa – bu biologiya,
Agar badbo‘y hid tarqatsa – bu kimyo,
Energiya iste’mol qilsayu, lekin shunda ham ishlamasa – bu fizika.
Fizika, biologiya va kimyo fanlar oyligini o‘tkazishda o‘quvchilarni intellektual salohiyatini o‘stirish, fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu fanlar doirasida o‘rganiladigan hodisa va jarayonlar tabiatda sodir bo‘lsa-da arsariyatini ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirish, dars sifatini yanada yuqori ko‘rsatkichlarga ko‘tarishda fanlararo bog‘liqlik va axborot kommunikatsion texnologiyalariga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi.Tabiiy fanlar oyligi
Fan oyligini mazmunli tashkil etish va o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratishni tavsiya etiladi:
№ | Bajariladigan ishlar mazmuni | Vaqti |
“Fan oyligi”ning ochilishi 1.Umumta’lim maktablarida kimyo, biologiya, fizika fanlari oyligini o‘tkazish yuzasidan chora – tadbirlar rejasi ishlab chiqish va uni fan oyligi burchagiga joylashtirish.
2. Maktabda mazkur predmetlarga doir devoriy gazetalar chiqarilishi, ularda shu fanlar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari haqidagi materiallarni berish, Sinflar kesimida “O‘zingizni sinab ko‘ring” mavzusida qiziqarli masalalar va viktorina savollarini e’lon qilish. 3. DTS va o‘quv dasturlari asosida o‘quvchilarning mazkur fanlardan egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari monitoringini aniqlanadi. Biologiya fanidan 5-9 sinflarda, fizika fanidan 6-9 sinflarda, kimyo fanidan 7-9 sinflarda kirish testini o‘tkazish. 4. Maktablarda o‘tkazilgan “Bilimlar bellashuvi” natijalari tahlillari asosida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
1 hafta | |
“Ochiq darslar”ni tashkil etish 1. “Ochiq darslar”ni tashkil etishda o‘qituvchilar sinflar kesimida aniq belgilangan mazular bo‘yicha informatika xonasida mashg‘ulotlarni axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish uchun dars jadvalini tuzish.
2. Kimyo, biologiya, fizika fanlari bo‘yicha ochiq darslarni o‘tkazishda elektron darslik, virtual laboratoriya, o‘quv filmlardan hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan dars jarayonida samarali foydalanish usullarini namoyish etish. O‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar singdirilgan dars ishlanmalari tayyorlash va metodik birlashmalarda muhokama qilinib, “Zeyonet” axborot portaliga joylashtirish. 3. Ochiq darslarga va tadbirlarga ota-onalarni jalb qilish. 4. Maktab rahbariyati tomonidan ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish hamda maqolalarni ommaviy axborot vositalari orqali chop ettirish. |
2 hafta | |
Tabiiy fanlar oyligi 2022-2023 “Sinfdan tashqari ishlar”ni tashkil etish 1. Fan o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi dars ishlanma”, “Eng yaxshi tarqatma materiallar” ko‘rik tanlovini o‘tkazish.2. O‘quvchilarning ijodiy ishlari (krosvordlar, referatlar, bukletlar, qo‘lda yasalgan jihozlar) yuzasidan tanlovlar o‘tkazish.3. 6-sinf o‘quvchilar o‘rtasida “O‘yla, izla, top” intellektual o‘yini o‘tkazish. O‘yin shartlari quyidagicha:
Ш Fizik kattaliklar va o‘lchov birliklari bo‘yicha savol -javob. Ш Asboblarning nomi va vazifasini ayting. Ш Tezkor savol- javob. Ш Formula yozing va izohlang. Ш Oddiy tajribalar o‘tkazish va tushuntirish. 7-sinf o‘quvchilar o‘rtasida «7×7» intelektual ring o‘yinini o‘tkazish. Ш Xotira mashqi-11 dan 99 gacha bo‘lgan 7 ta raqamlar aytiladi. Ш Olimlar gulshani- bu shartda 2 ta buyuk shaxsning suratlari ko‘rsatiladi. Ular haqida 7 ta ma’lumot berish kerak. Ш Har sohadan bir shingil-bu shartda 7 ta savol beriladi. Ш Bilimdonlik sinovi-bu shartda test beriladi. Ш Tafakkur durdonasi-bu shartda fizikaga doir 7 tadan savol beriladi. Ш Zukkolar boshqotirmasi. Ш Aql charxi- fizikadan masalalar beriladi. 5. 8-sinfda «Olamga sayohat» tadbirini o‘tkazish. O‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini, amaliyotda qo‘llash ko‘nikma, malaka va kompetensiyasini shakllantirish. 1-bekat. «Kashfiyotlar shahri» 2-bekat. «Qonunlar sharhi» 3- bekat «Tarixchilar saroyi» 4- bekat «Tajribalar shahri» 5- bekat «Zukkolar bekati» 6- bekat. «Asbob anjomlar shahri» 7-bekat «Ochilmay qolgan sirlar bekati» 6. 9-sinfda «Zakovat » o‘yinini o‘tkazish. 7. Shu bilan birga fan oyligini namunali tashkil etish, o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, bilim samaradorligini ko‘tarish maqsadida biologiya fani bo‘yicha “Qushlar bizning do‘stimiz”, “O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan o‘simliklar”, “Gullar bayrami”, kimyo fani bo‘yicha “Kimyoviy elementlar so‘zlaydi”, “Xalq xo‘jaligida kimyo”, “Qiziqarli kimyo”, fizika fani bo‘yicha “Fiziklar liriklar”, “Qiziqarli fizika”, “Bilimdonlik cho‘qqisi” «Fizikada olam mujassam» kabi fan kechalari, qiziqarli bahs-munozaralar tadbirlarini, tematik albomlar tanlovlarini o‘tkazish; 8.Mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda shahar, viloyat markazlaridagi universitet, institut fakultetlarining professorlari, olimlar, darslik mualliflari, ustoz–shogird yo‘nalishidagi “Ustoz” o‘qituvchilar bilan mazkur fanlarga qiziquvchi o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish; 9.Maktabda o‘quvchilarning o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanishini tashkil etish maqsadida fan to‘garaklarida qo‘shimcha mashg‘ulotlar (amaliy, laboratoriya, ko‘rgazmali namoyishlar) o‘tkazish; 10. Fan oyligi davomida kimyo, biologiya, fizika fan yo‘nalishlaridagi oliy o‘quv yurtlariga, kasb-hunar kollejlariga, akademik litseylarga, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish; 11. Kimyo, biologiya, fizika fanlaridan o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish va saqlash bo‘yicha (amaliy, laboratoriya, ko‘rgazmali namoyishlar) o‘qituvchilarga metodik yordam berish uchun tumanlarda tashkil etilgan “Mahorat maktablarida” seminarlar tashkil etish maqsadga muvofiq. |
3 hafta | |
Fan oyligini yakunlash 1. Kimyo, biologiya, fizika fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan festival o‘tkaziladi. Bunda maktab rahbariyati tomonidan fan oyligi davomida fan o‘qituvchilarining yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlari, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan tadbirlari, tanlovlarda aktiv qatnashganligini sarhisob qilish va baholash, qadrlash maqsadida tashkil etiladi.
2. Oylik oxirida o‘tkazilgan tadbirlarning samaradorligini aniqlash maqsadida o‘quvchilar bilim va malakalarining qayta monitoringini o‘tkazish. 3. Fan oyligi davomida maktabda o‘tkazilgan turli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar taqdirlash. 4. Fan oyliklarning o‘tkazilishida har bir yo‘nalishdagi o‘qituvchilar ommasini jipslashtirish, fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash hamda ta’lim sifat samaradorligini yuqori bosqichga ko‘tarishda ma’suliyatli vazifani ado etishga undaydi. 5. Maktablarda o‘tkazilgan fan oyliklari yuzasidan tayyorlangan hisobotlar to‘planib, maktab metodbirlashmalarida saqlanadi. |
4 hafta |