Nodir Devonbegi xonaqohi
Nodir Devonbegi xonaqohi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xoni Imomqulixonnpnt vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (1620—21). Labiho-vuz ansamblidatm hovuz bilan birga bunyod etilgan. Peshtogʻi hashamatli, ravogʻining qanosi ancha baland, ulugʻvor, ayrim yerlarida koshinlarning parchalari saqlanib kolgan. 2 tomonidagi tagi qirrali guldasta-mezanalar old koʻrinishiga salobat beradi. Xonaqohning 2 yonidan ham hujralarga kirila-digan eshiklari boʻlgan. Devorlari bir necha bor taʼmirlangani (1914—16 y. larda Buxoroning oxirgi amiri sayid Olimxon tomonidan taʼmirlangan) dan asl koʻrinishi oʻzgargan.Xonaqoh sim-metriktarqli (27,5X25 m), kiraverishda ayvon, xonaqoh (11,2 xll,2 m) va uning yon tomonlarida 2 qavatli dar-vishlar yotogʻi boʻlgan.
Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari
Guldastalar ichidagi aylana zina bilan bino tepasiga chiqiladi. Xonaqoh ulkan gumbazli, devorlariga taxmonlar ishlangan. Undagi serhasham naqshlar saqlanmagan. Peshtoq ravogʻidagi 3 tobadonni ganchkori panjaralar bezagan. Nodir devonbegi xonaqohi ninghoz. koʻrinishi oʻzgarib muhtasham, salobatli, kurkam inshootga aylantirilgan.
Nodir Devonbegi madrasasi tarixi va rasmlari