Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » 7 pir ziyoratgohi. Buxorodagi buyuk avliyolar tarixi va rasmlari

7 pir ziyoratgohi. Buxorodagi buyuk avliyolar tarixi va rasmlari

by nafisa nafisa

Buxorodagi 7 pir ziyoratgohi.Buxoro – Naqshbandiya tariqati buyuk so‘fiylarining vatanidir. Tasavvufning buyuk vakillari bu yerda yashab, diniy va ijtimoiy faoliyat olib borib, muborak Buxoroning vujudga kelishi va gullab-yashnashi, maʼnaviy tarbiya va hissiy ruhni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bu yerda muqaddas so‘fiylarning dafn etilgan joylari – 7 Pirlar ziyoratgohi, islomiy ziyoratgohlar saqlanib qolgan.

7 pir ziyoratgohi. Buxorodagi buyuk avliyolar tarixi va rasmlari

7 pir ziyoratgohi.

Buxoroga yiliga dunyoning turli nuqtalaridan minglab sayyohlar keladi. Ular bu sharif zaminda tarix bilan yuzlashadilar. Insoniyatning asrlar osha yashab kelayotgan ezgu tutumlari, madaniyati va qadriyatlariga guvoh bo‘lib, ularning mohiyatida yotgan umumbashariylik, boqiylik sirlarini anglashga urinadilar. Islom dini peshvolari, allomalari, aziz-avliyolari bosgan tuproqni, qo‘llarining qaynoq tafti qolgan masjidu minoralarni, ruhlari kezib yurgan manzillarni ziyorat qilishga oshiqadilar.

Buxorodagi 7 pirlar ziyoratgohi haqidagi ma’lumotni kerakli ziyoratgoh ustiga bosish orqali o’qishingiz mumkin>>

  1. Abduxoliq G’ijdunoniy maqbarasi (G’ijduvon tumani)
  2. Xo‘ja Muhammad Orif ar-Revgari maqbarasi (Shofirkon tumani)
  3. Xo‘ja Maxmud Anjir Fag‘naviy maqbarasi (Vobkent tumani)
  4. Xo‘ja Ali Romitaniyning yodgorlik majmui (Romitan tumani)
  5. Xoja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmui (Romitan tumani)
  6. Xo‘ja Sayid Amir Kulol Buxoriy yodgorlik majmuasi (Kogon tumani )
  7. Bahouddin Naqshbandiy (Kogon tumani)

Yetti piri komil Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallamdan boshlangan “oltin silsila”ning davomchilari sifatida e’tirof etilgan. Ular ko‘ngilni nafsu hirsdan poklash, halol mehnat qilib umr kechirish, Allohni jon-dildan sevish g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Ushbu aziz-avliyolarning asarlari, qilgan ishlari zamonlar osha odamlarni tarbiyalab, ularga dinu diyonat, odob-axloq, ezgu so‘z va amaldan saboq berib kelmoqda.

Bugungi kunda Yetti pirning muqaddas qadamjolarini yanada obod qilishga qaratilgan ishlar avjida. Ularning maqbaralari qayta ta’mirlanib, atrofi ko‘kalamzorlashtirilyapti, viloyatning iqlim sharoitiga mos manzarali daraxtlar, noyob gullar o‘stirilmoqda. Sayyohlar uchun mazkur hududlarda mehmonxonalar, choyxonalar, savdo majmualari, avtoturargohlar barpo etilyapti. Ziyoratgohlarni o‘zaro bog‘laydigan yo‘llar rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma shakllantirilayotir. Muhtasham madaniy obyektlar qurilib, transport-logistika, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yaxshilanmoqda. Bu boradagi ishlar nihoyasiga yetkazilsa, Yetti pir qadamjolari ham shaklan, ham mazmunan kompleks qiyofa kasb etadi va ularni ziyorat qilish ko‘hna Buxoroning yangi “tashrif qog‘ozi”ga aylanadi.

Ziyoratgohlar rasmlari

7 pir ziyoratgohi. Buxorodagi buyuk avliyolar tarixi va rasmlariQiz bibi majmuasiAbdulxoliq G'ijduvoniyXo'ja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi.Muhammad Orif ar Revgari

Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

 

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x