Xo‘ja Sayid Amir Kulol Buxoriy yodgorlik majmuasi – Sayid Amir Kulol dafn etilgan joy. Ulug‘ Ustoz bo‘lishga qadar ham mashhur bo‘lgan. U o‘z davrining taniqli kuloli bo‘lgan.
Sayid Amir Kulol tarixi
Buxoroda Islom dini rivojiga munosib hissa qo‘shgan allomalar ko‘p. Uning ilm nuri hamon butun musulmon olamini charog‘on etayotir. Ko‘hna va muborak bu zaminda bir bora bo‘lishni orzu qiladiganlar dunyoning turli burchida topiladi.Ayniqsa, islom olamida mashhur buyuk avliyolar yetti pir nomini olgan tariqat va tasavvuf olamining yirik namoyandalari mangu qo‘nim topgan maskanlarni ziyorat etishni ko‘pchilik orzu qiladi.
Tarixdan ma’lumki, VIII asrning boshlarida zaminimizda Islomning kirib kelishi bilan aholi o‘rtasida uni chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan talab ham o‘z-o‘zidan oshdi. Yillar o‘tgani sayin nafaqat O‘rta Osiyoda, balki butun musulmon olamida Buxoro ilm-fan va Islom dini markazlaridan biriga aylandi. Islom dini arkonlarini mukammal o‘rganaman degan ulamolar Buxoro madrasalari va mudarrislaridan saboq olishni o‘zlariga yuksak martaba sanadilar. Ana shu davrdan boshlab, Turkiston o‘lkasidan buyuk allomalar yetishib chiqa boshlagan. Yuqorida ta’kidlaganimiz, yetti pirning kamol topishi ham ilmga va dinga bo‘lgan yuksak ehtirom mahsuli bo‘ldi.
Bahouddin Naqshbandiy maqbarasi tarixi va rasmlari.Yetti pir ziyoratgohi |
Bu zamindan voyaga yetgan Naqshbandiya tariqati namoyandalari sifatida nom qozongan, ulug‘ tasavvuf ilmi bilimdonlari — Xoja Abdulxoliq o‘ijduvoniy, Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va hazrat Bahoudddin Naqshbandga yetti pir maqomi berilgan. Quyida «Yetti pir» maqomi qatoriga qo‘shilgan Sayyid Amir Kulol hazratlarining bizga qoldirgan ma’naviy-ma’rifiy merosini o‘rganish, kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar bilan tanishamiz.
Xo‘ja Sayid Amir Kulol Buxoriy yodgorlik majmuasi – Sayid Amir Kulol dafn etilgan joy. Ulug‘ Ustoz bo‘lishga qadar ham mashhur bo‘lgan. U o‘z davrining taniqli kuloli bo‘lgan. Sayid Amir Kulol diniy ulamo bo‘lib, yuzdan ortiq izdoshlarga ega edi, ular orasida Bahouddin Muhammad Naqshbandiy ham bor edi. U Naqshbandiyni so‘fiylik asoslari, zikrni to‘g‘ri o‘qish va xo‘jagoniy tariqatining anʼanalari bilan tanishtirgan. Sayid Amir Kulol 1370 yilda o‘zining tug‘ilib o‘sgan Suxar qishlog‘ida dafn etilgan.
Mazkur maqbara Suxar qishlog‘ida (Buxorodan shimolga 25 km.) joylashgan. U so‘fichlik maktabi nufuzli ruhoniysi, mashhur tasavvuf ilmining olimi Xo‘jagan Amir Kulolning (1281-1370) qabri o‘rnida qayd etilgan (Shaxrisabzga dafn etilgan uning zamondoshi Shayx Shamsiddin Kulol bilan adashtirilmasin) bo‘lib, eski an’analarga ko‘ra Amir Temurning diniy homiy bo‘lgan.
Qissalardan biriga, shuningdek, apokrifik asar “Malfuzat-i/Tuzukat-i Temuri»ga ko‘ra, Amir Kulol Amir Temurga fotiha bergan va unga buyuk kelajakni bashorat qilgan. Tabarruk inson haqidagi bunday tasavvur va uning o‘quchisi Baxouddin Naqshbandiyning sharafi Amir Kulolning dafn joyining dongdor bo‘lishida xizmat qildi. Shunday bo‘lsada, uning qabri tepasida bir nechta aytarli binolar barpo qilinmagan. Sovet davrida bu joylar tashlandiqqa aylangan. XIX asr boshlarida masjid butunlay buzib tashlangan.
Maqbara rasmlari
Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari |