Mundarija
Shayx Bahouddin Naqshbandiy mozori yonidagi hazira — ansambl (Buxoro viloyati, 16-a.). Mozor Abdulazizxon buyrugʻi bilan tartibga solinib, hazira barpo etilgan va 1544 -1945 yillarda majmuaning eng katta binosi — xonaqoh qurilgan.
Bahouddin Naqshbandiy maqbarasi
Bahouddin Naqshbandiy majmuasi – daxmalar (Daxmai shohon va Baho-uddin daxmasi), maqbara, 2 masjid, saqoxona, hovuz, quduq, minora, Madrasa va Abdulazizxon xonaqohidan iborat. Majmua kichik gumbazli chortoq darvozaxonadan boshlanadi. Darvozadan oʻtgach, oʻngda kichkina masjid, chap to-monda ziyoratchilar uchun turli binolar boʻlganligi maʼlum. Yoʻl davomida chapda xonlar mozori — Daxmai shohon joylashgan. Daxmai shohon toʻgʻri toʻrtburchak tarhli, balandligi 2.5 m, usti kulrang marmar bilan qoplangan. Unda marmar oʻymakorligi, xattotlik sana`tining ajoyib namunalari mavjud. Marmarlarga tokchalar, ustunchalar, sharafalar, sarv surati va boshqa bezaklar oʻyilgan; naqshlar baʼzida yozuvlar bilan aralash uchraydi.
Arboblar hayoti va ijodi |
Daxmai shohondan oʻtgan yoʻlak nafis bezatilgan peshtoqqa olib keladi (peshtoqning ikki tabaqali eshigiga “bagʻdodi” va “guli nav” usulida naqshlar oʻyilgan). Peshtoqning eshigidan oʻtilgach, oʻngda gumbazli maqbara bor (unga kim dafn qilinganligi nomaʼlum). Chapda kiraverishda 6 ustunli (soddagina), oldi ayvonli Mu-zaffarxon masjidi joylashgan. Masjid yoniga 2 ustunli Hakim qushbegi masjidi tushgan (masjid mehrobida ajoyib mujassamotli namoyon bor). Uning janubida naqshdor, shimolida naqshsiz ayvonlar bor. Bahouddin daxmasi marmar qoplangan kattagina murabba tarhli supa boʻlib, atrofi chiroyli marmar panjara bilan oʻralgan. Undan sal nari, shimolda, tomonlari 9,5 m keladigan aylana zinali marmar hovuz, uning shimoliy tomonida kichikroq, koʻrkam chortoq saqoxona bor. Bahouddin daxmasi bilan hovuz oraligʻida quduq, uning yonidagi chiroyli shiypondan qadimda ziyoratchilarga turli shaklli idishlarda “muqaddas” suv ulashilgan.
Haqim qushbegi masjidining shimolida koʻrimsizgina bir minora, undan narida hovlidagi hovuzdan 3 baravar katta boshqa hovuz bor. Hovlining tashqarisi (shimoliy-gʻarbi)da turtburchak supa ustida xonaqoh (eni 37 m, boʻyi 40 m li) qad koʻtargan. Markazida atrofi peshtoq ravokli ayvonlar bilan oʻralgan masjid, uning toʻrida chorzamin uslubida ishlangan qirma naqshli mehrob mavjud. Imoratning har ikki tomonida simmetrik qurilgan ikki qavatli katta-kichik hujralar boʻlgan. Bahouddin Naqshbandiy majmuasiga undan 0,5 km shimoliy-sharqda joylashgan “Qasri Orifon” masjidi ham kiradi; uning yonida pastakkina minora bor. Masjid 3 tarafdan ayvon bilan oʻralgan; shipi naqsh tushirilgan hovuzaklik. Bahouddin Naqshbandiy majmuasi 16-asr meʼmorligining yangicha ansambl tuzishda erishilgan yutuqlaridan namuna boʻlib, qoʻsh binoli simmetrik ansambllardan farq qiladi.
she’rlar to’plami |
Ziyorat qilish tartibi
Qabr ziyoratiga borgan odam avvalo niyatini to‘g‘rilashi hamda bu amali bilan Allohning roziligini ko‘zlashi lozim. Zero, har bir amal niyatga bog‘liqdir.
Qabristonga imkon qadar tahoratli holda sukunat bilan kirgan afzal.
Qabr ahliga sig‘inish, ulardan ehtiyojlarini so‘rash joiz bo‘lmay, bu shirk amal hisoblanadi. Aksincha, buning o‘rniga ularning haqqiga duo qilish lozim..
Qabr ahliga nazr qilish, jonliq so‘yish, sham yoqish, latta bog‘lash kabi ishlar og‘ir gunoh bo‘lib, kishining imoniga putur yetkazadi.
Qabristonga kirishda quyidagi duoni o‘qish va undagi ma’nolarni to‘la his etish afzal: “Assalomu alaykum, mo‘min musulmonlar diyori ahli! Biz ham, inshaalloh, sizlarga qo‘shilamiz. Sizlar bizninng o‘tmishdoshimizsiz, biz esa sizlarning o‘rinbosaringizmiz. Allohdan bizga ham, sizga ham ofiyat so‘raymiz”.
Ziyoratchi o‘zi ziyort qilmoqchi bo‘lgan qabrga oyoq tarafidan kelib, qabrning o‘ng tarafiga turadi va unga yuzlanib, qiblaga orqa qilgan holda qabr egasiga salom beradi.
Ziyoratchi qabr ahli haqqiga Qur’on tilovat qiladi.
Qabr oldida Qur’on o‘qiganda tilovatni ovoz chiqarib o‘qigan afzal, chunki qabr ahli undan bahra oladi.
Ziyorat vaqtida qabr toshlarini o‘pish, ularni silab yuz-ko‘zga surtish, qabr atrofini aylanib tavof qilish, u yerda sham yoqish, ziyoratgoh hududidagi daraxt yoki yog‘ochlarga latta parchalarini bog‘lash joiz emas.
Qabr ustiga pul sochish mumkin emas, balki har qancha xayriya, sadaqa va ehsoni bo‘lsa maxsus ehson qutilariga tashlash talab etiladi.
Ziyoratgoh hududi ozodalagini saqlash kerak. Yosh bolalarning boshqa ziyoratchilarga xalal berishlarining oldini olish lozim.
Ziyoratdan so‘ng yana oxista chiqib ketiladi.
Bahouddin Naqshband 7-Piri Murshid
Yurtboshimiz Yetti pir — Abduxoliq G‘ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me’moriy majmualari nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyo musulmonlari uchun tabarruk maskanlar hisoblanishini qayd etar ekan, ularning zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilinishi O‘zbekistonga yangi sayyohlik yo‘nalishini ochishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Manbalarda Yetti piri komil Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallamdan boshlangan “oltin silsila”ning davomchilari sifatida e’tirof etilgan. Ular ko‘ngilni nafsu hirsdan poklash, halol mehnat qilib umr kechirish, Allohni jon-dildan sevish g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Ushbu aziz-avliyolarning asarlari, qilgan ishlari zamonlar osha odamlarni tarbiyalab, ularga dinu diyonat, odob-axloq, ezgu so‘z va amaldan saboq berib kelmoqda.
Hazrati Sayyid Muhammad Bahoul-haq val-millat vad-dunyo ud-din Naqshband ibn Sayyid Jaloliddin. Bu kishi sohibi karomat, olimi rabboniy, Qur’oni karim va payg‘ambar alayhissalomning sunnatlarini xalqqa yetkazib, islom dini rivojiga muhim hissa qo‘shgan valiyullohdir.
Bahouddin Naqshband hazratlari 1318 yil Buxoro shahri yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan. Ul zoti sharif sharofatidan qishloqning nomi Qasri Orifonga aylangan.
Abulhasan Muhammad Boqir bin Muhammad Alining “Maqomoti shohi Naqshband” kitobida yozilishicha, Bahouddinga bevosita Sayyid Mir Kulol ustozlik qilgan. Hazrat ona tomonidan siddiqiydir, ya’ni nasablari Abu Bakr Siddiqqa borib taqaladi.
Bahouddin Naqshbandiy hazratlari 1389 yil Qasri Orifonda vafot etgan.
Bahouddin Naqshbandiy maqbarasida ushbu ajoyib insoning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq qiziqarli eksponatlar va maʼlumotlar namoyish etilgan muzey mavjud.
Bahouddin Naqshbandiy maqbarasi rasmlari
Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari |