Xo’ja Muhammad Orif ar-Revgari maqbarasi murshid Xo’ja Orif Revgariyning dafn etilgan joyidir. U XII asrning o‘rtalarida Revgar qishlog‘ida tug‘ilib, buyuk murshid Abduxoliq G‘ijduvoniyning muridi bo‘lgan.
Revgariy ziyoratgohi.
Buxoro – Naqshbandiya tariqati yettita buyuk so‘fiylarining vatanidir. Tasavvufning buyuk vakillari bu yerda yashab, diniy va ijtimoiy faoliyat olib borib, muborak Buxoroning vujudga kelishi va gullab-yashnashi, maʼnaviy tarbiya va hissiy ruhni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bu yerda muqaddas so‘fiylarning dafn etilgan joylari – pirlar, islomiy ziyoratgohlar saqlanib qolgan.
Xo’ja Muhammad Orif ar-Revgari maqbarasi murshid Xo’ja Orif Revgariyning dafn etilgan joyidir. U XII asrning o‘rtalarida Revgar qishlog‘ida tug‘ilib, buyuk murshid Abduxoliq G‘ijduvoniyning muridi bo‘lgan.Xo’ja Muhammad Orif ar-Revgari maqbarasi murshid Xo’ja Orif Revgariyning dafn etilgan joyidir. U XII asrning o‘rtalarida Revgar qishlog‘ida tug‘ilib, buyuk murshid Abduxoliq G‘ijduvoniyning muridi bo‘lgan. Buyuk ustozning vafotidan so‘ng, u qolganlarga ruhiy murabbiy bo‘lish uchun ruxsat olgan. Umrining oxirigacha faol diniy faoliyat bilan shug‘ullangan. Baland ovozda zikr qilishni xush ko‘rgan. Xo‘ja Orif 150 yil umr ko‘rganligi haqida afsonalar mavjud. U Buxoro viloyatining Shofirkon qishlog‘ida dafn etilgan.
Shofirkon tumanida joylashgan Xo’ja Muhammad Orif Revgariy ziyoratgohida ham qurilish-ta’mirlash ishlari qizg‘in. Qariyb besh gektarlik hududda turli mevali va manzarali daraxtlardan iborat bog‘, gulzor, mehmonxona, minora, masjidu tahoratxona, muzey barpo etilmoqda. Bu yerdagi har bir obyekt milliy va zamonaviy me’morlik an’analari asosida ziyoratchilarga har tomonlama qulay qilib tiklanmoqda. Yana shuni kuzatish mumkinki, bunyodkorlik ishlarida ramziylikka e’tibor berilyapti. Masalan, suv tindiriladigan hovuz yarim oy shakliga monand qazilgan. Ishchilarning aytishicha, erta bahorda gullar ham hilol shaklida ekiladi. Bu xushsurat piri komilning “Mohitobon” ya’ni “oy yuzli” deya sharaflanganiga ishoradir.
Bahouddin Naqshbandiy maqbarasi tarixi.
Masjid devorlariga naqsh solayotgan ustalar tinim bilmaydi. “Bugungi ziyoratimiz ham, ibodatimiz ham — shu. Savobdan, Hazratning barakotidan umidvormiz”, deydi ular. Har bir ganchga o‘zgacha mehr va ishtiyoq bilan yondashilmoqda. Zero, har bitik hamda naqshda insonlarga ma’naviy kuch berguvchi, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlaguvchi teran ifoda va mazmun bor.
Muhammad Orif Revgariy chehrasidan nur yog‘iladigan, vujudidan mushku anbar isi kelib turadigan muborak zot bo‘lgan.
qadimiy obidalarni restavratsiya qilishning mas’uliyati katta. Ularda ajdodlarimiz ruhi, fikrati mujassam. Shu bois bu ish odamdan nafaqat chuqur bilim va salohiyat, balki yuksak ma’naviy quvvatni ham talab etadi.
Ziyoratgoh rasmlari
Yetti Pirlar – Sayid Amir Kulol haqida.