Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Labihovuz ansambli va rasmlari.Buxoroda turizm rivojlanishi

Labihovuz ansambli va rasmlari.Buxoroda turizm rivojlanishi

by nafisa nafisa

Labihovuz ansambli – Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (17-asr). Dastlab bozor maydoni boʻlgan.

Labi hovuz

Labihovuz ansambli

Maydon oʻrtasida katta hovuz qazilib (1620 yil) atroflari sinchlar bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar ishlangan. Shagʻal va tuproq bilan toʻldirilib shibbalangan. Hovuz eni 36 m., boʻyi 45,5 m., chuq. 5 m. Uning gʻarbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir Devonbegi madrasasi, shim.da Koʻkaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi ( saqlanmagan) qad koʻtargan. Hozirgi hovuz atrofiga chinorlar ekilib, choyxona qurilgan. Yodgorliklar taʼmirlangan.

Abdulazizxon madrasasi 

 

Labi Hovuz (“hovuz bo‘yida”, “havza bo‘yida”) — Buxoroning markaziy maydonlaridan biri bo‘lmish me’moriy ansambr XVI — XVII asrlarda yaratilgan. Maydoni Ko‘kaldosh, Devon Begi madrasalari hamda Devon Begi honaqohi binolaridan tashkil topgan, atrofi Nodir begi hovuzi bilan birlashtirilgan. Ansambl o‘lchami, taxminan 150×200 metrdir.

Asr o‘rtalarida Labi Hovuz jonli savdo maydoni bo‘lgan, sababi, bosh savdo ko‘chasining savdo gumbazlariga yaqinligi (ulardan biri maydondan 200 metr masofada joylashgan) va Buxorodagi qurilishlarning nihoyatda zichligidir.

Labi Hovuzda saqlanib qolgan ilk inshoot 1569 yilga tegishli bo‘lib, u shayboniylarning mansabdorlaridan bo‘lmish Abdullaxon II ning O‘rta Osiyoda yirik Ko‘kaldosh madrasasini qurilishi haqidagi buyrug‘i bilan boshlangan. 1619-20 yillar boshlarida vazir Imomqulixon davrida o‘zbeklarning arlat sulolasi vakili bo‘lmish Nodir Devonbegi tashabbusi va mablag‘iga qurilgan. 1623 yil vazir Nodir Devonbegi tomonidan keyinchalik Devonbegi madrasasiga aylangan karvonsaroy binosi qurdiriladi. 20 yillar Buxoroning ko‘plab boshqa hovuzlari kabi ko‘pchilik tomonidan barpo qilingan hovuz mo‘’jizaviy tarzda qurishdan to‘xtaydi, hovuzning saqlanib qolishida ansamblning badiiy qimmati katta rol o‘ynagan.

Chor Bakr meʼmoriy majmuasi 

 

Keyinroq maydonga Xo‘ja Nasriddin haykali o‘rnatiladi. Shaharning ko‘plab hovuzlari kabi Labi Hovuz ham Ulug‘ Vatan Urushidan so‘ng quritilgan va o‘zga xos sport maydoni qurdirilib, u yerda voleybol hamda kurash bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilgan. Hovuzga yaqin yerlarda sovet hukmronlishi paytida “Gastronom”, “Buxoro” restorani, “Komsomolets” kinoteatrlari joylashgan. 50-yillar Gastronomda yong‘in sodir bo‘lib, do‘kon batamom kul bo‘ladi, yonidan oqib o‘tuvchi “Shoxrud” arig‘idan oqib o‘tuvchi suv ham yong‘inni to‘xtatishga yetmaydi. Ushbu nohush hodisadan so‘ng shahar ma’muriyati hovuzni suv bilan to‘ldirib qo‘yishga qaror qilishadi. 50-yillar oxirida esa hovuz atroflariga quvurlar o‘tkazib, favvora qurilgan bo‘lib, u hozirgi kungacha ishlab turmoqda.

Labihovuz rasmlari

Labi hovuzLabi hovuzLabi hovuzLabi hovuz
Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x