Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Chor Bakr ziyoratgohi tarixi va rasmlari

Chor Bakr ziyoratgohi tarixi va rasmlari

by nafisa nafisa

Chor Bakr meʼmoriy majmuasi Buxoroning Sumitan mavzeidagi meʼmoriy yodgorlik (16-19-a.lar).

Chor Bakr meʼmoriy majmuasi Buxoroning Sumitan mavzeidagi meʼmoriy yodgorlik (16-19-a.lar).

Chor Bakr majmuasi tarixi

Meʼmoriy majmuasi Buxoroning Sumitan mavzeidagi meʼmoriy yodgorlik (16-19-a.lar). Shu yerda yashab oʻtgan mashhur toʻrt shayx nomi bilan bogʻliq. Shayxlar qabristoni oldiga Abdullaxon II tomonidan xonaqoh, masjid, Madrasa va katta bogʻdan iborat meʼmoriy majmua barpo etilgan (1559), keyingi asrlarda yana qoʻshimcha binolar qurilib, atrofi bogʻlarga aylantirilgan. Xonaqoh gumbazli xona va peshtokdan iborat. Peshtoq bezagida koshinkori naqshlar va yirik kufiy yozuvlar, 2 yon kanotida guldastalar bor. Ichki bezagida ganchkorlik va qirma namunalari uchraydi. Madrasa peshtogʻi kengroq, dahanasi uch ravoqqa boʻlingan. Kitobasi arabiy yozuvdan iborat.

Buxoro shahridagi Ulug’bek madrasasi tarixi va rasmlari

 

Darsxona toʻrtburchak tarxli, gumbazli, burchaklari hujralarga tutash. Yon tarzlari qoʻshqavat ravoklar qatorini takrorlaydi. Yozlik masjid maydon sahnining toʻrida Madrasa va xonaqoh orasida joylashgan. Peshtogʻining 2 qanoti qoʻsh qavatli hujralardan iborat. Peshtoq oldidagi supa sahnidan namozgoh sifatida foydalanilgan. Moʻʼjaz minora meʼmoriy majmua markazida joylashgan.

Buxorolik shoir Toshpoʻlat Ahmad Chor Bakrlar faoliyati haqida “Chor Bakr” (1999) dostonini yozgan.

Abu Bakr Saʼd

Abu Bakr Axmad ibn Xoja Saʼd Yamaniy (9-asr oxiri — 971?) — Buxoroda tugʻilgan. Uning otasi Xoja Saʼd Yamaniy imom Husaynning Zaynulobidin ismli oʻgʻlining farzandi boʻlib, u Buxoroga Ali ibn al-Husayn bilan birgalikda kelib ketgan (9-asrning soʻnggi choragi). Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar amiri Ismoil Somoniy unga Buxoro yaqinidagi Joʻyi Moʻliyon mavzeidagi serhosil yerlarning katta qismini vaqf qilib bergan. Xoja Saʼd Buxoro atrofidagi Sumitan qishlogʻida chorbogʻ, bogʻ, sardoba, tegirmon, hovuz va boshqa binolar barpo etib, bu yerdan katta daromad olgan. Abu Bakr Saʼd va uning avlodlari somoniylar davrida Buxoroda shayxulislomlik qilishgan. Abu Bakr Saʼd otasi vafot etgach, uning oʻrniga Ismoil Somoniyning piri hisoblangan. U fikh maktabini tashkil etib, koʻplab ulamolarga ustozlik qilgan.

Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

 

Abu Bakr Fazl

Abu Bakr Muhammad ibn Fazl ibn Jaʼfar al-Buxoriy (9-asrning 2yarmi — 937?) — Imom Jaʼfar as-Sodiq avlodidan. Somoniylar davrida Buxoroga kelib qolgan. Uning “Musnadi Fazl” kitobi ayniqsa mashhur boʻlib, bu asar Chingizxon Buxoroni bosib olganda yondirib yuborilgan.

Abu Bakr Muhammad

Abu Bakr Muhammad ibn Hamid (9-asrning 2yarmi — 937?) — Unga “shayx ul olam” unvoni berilgan. U Abu Bakr Fazl bilan bir yilda vafot etgan va ikkalasining qabrlari xam bir joyda yonmayon joylashgan.

Abu Bakr Tarxon

Imom Abu Bakr Tarxon (9-asrning 2yarmi — 945?) — “Kitobi Mullazoda” asarida yozilishicha, u “Jomeʼ va musnad” kitobini yozgan.

Chor Bakr majmuasi rasmlari

Chor Bakr meʼmoriy majmuasiChor Bakr meʼmoriy majmuasi Buxoroning Sumitan mavzeidagi meʼmoriy yodgorlik (16-19-a.lar).
Chor Minor tarixiy yodgorligi tarixi, rasmlari bilan

 

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x