Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xorazmdagi Yusuf Hamadoniy maschiti haqida.

Xorazmdagi Yusuf Hamadoniy maschiti haqida.

by nafisa nafisa

Yusuf Hamadoniy Abu Yaʼqub (1048, Hamadonning Buzanjird qishlogʻi — 1141, Afgʻonistonning bomiyon shahri) — tasavvufning yirik namoyandasi, olim.

Xorazmdagi Yusuf Hamadoniy maschiti haqida.

Yusuf Hamadoniy maschiti.

Bagʻdodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali For-madiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan oʻrgangan. Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy, Gʻazzoliy, Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda boʻlgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan.

Hamadoniy Buxoroda uzoq muddat yashab, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq Gʻijduvoniy va boshqa yirik mashoyixlarga ustozlik qilgan. U keyinchalik xoja-gon-naqshbandiya tariqatining ayrim qoidalarini ishlab chiqqan. Xoja Ab-dulloh Barraqiy Xorazmiy, Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq Gʻijduvoniy Hamadoniydan soʻng uning xalifalari sifatida muridlarning tarbiyasi bilan shugʻullanganlar. “Rutbat ul-hayot” (“Hayot mezoni”), “Kashf”, “Ri-sola dar odobi tariqat”, “Risola dar axloq va munojot” kabi asarlar yozgan. “Hayot mezoni” risolasi oʻzbek tilida nashr qilingan. Xoki Bomiyondan Marv shahriga olib kelinib, qayta dafn etilgan. Abduxoliq Gʻijduvoniy, Farididsin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy asarlarida Hamadoniy haqida maʼlumotlar bor.

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x