Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Buxorodagi 7 Pirlar.Xo’ja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi.

Buxorodagi 7 Pirlar.Xo’ja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi.

by nafisa nafisa

Xo’ja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi.Bu zot Romitanning Sammos qishlog‘ida tug‘ilganlari ma’lum bo‘lsa ham, qaysi yili tug‘ilganlari noma’lum. Vafotlari esa Sammosda, 755 hijriy-1354 milodiy sanada bo‘lgan.

Xo'ja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi.

Bobo Samosiy yodgorlik tarixi.

Hazrati Muhammad Bobo Sammosiy (r.a.) yuzlaridan nur yog‘ilib turadigan zot edilar. Nigohlari ta’sirli va hissiyotlari kuchli edi. U zot ixlos bilan umrlarining oxirigacha Xoja Ali Romitaniy hazratlarining xizmatlarida bo‘lganlar.Hazrati Muhammad Bobo Sammosiy (r.a.) bog‘laridagi daraxtlarga o‘zlari bog‘bonlik qilar, g‘ayrat bilan ishlar edilar.

U muborak zot ko‘p talabalarini o‘zlari izlab topar edilar. Bir kuni kurash maydoni oldidan o‘tish asnosida Amir Kulol nomli pahlavonni ko‘rib qoladilar. Maydon o‘rtasidan o‘tib kurash tushayotgan polvonga nazar soldilar va uni ma’naviy maydonga tortdilar. Amir Kulol kurashni tashlab, hazratning xizmatlariga kirdilar.

7 pirlar haqida ma’lumot

Hazrat Muhammad Bobo Sammosiy (r.a.) huzurlariga yangi tug‘ilgan Bahouddin Naqshbandni olib kelganlarida, chaqaloqni ko‘rsata turib, Amir Kulol (r.a.)ga quyidagilarni aytganlari rivoyat qilinadi:

“Bu biznikidir. Buni ma’naviy farzandlikka qabul ayladik. Avval aytganimiz, tariqatimiz kelajagi bo‘ladigan shaxs, inshaalloh, shudir. Bu qishloq bundan so‘ngra Qasri Orifon bo‘lajak. Ey Amir Kulol! Bu yo‘rgak ichidagi o‘g‘lim Bahouddinni senga havola etaman. Buning zohir va botin tarbiyasida hech kamchilikka yo‘l qo‘ymagin!”

“Inshaalloh, aytaningizni qilish uchun qo‘limdan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solaman”, dedi Amir Kulol.

Hazrati Muhammad Bobo Sammosiy (r.a.) to‘rtta ulug‘ shogird yetishtirganlar: Xoja Sufiy Suhariy, Xoja Mahmud Sammosiy (o‘z o‘g‘illari), Xoja Donishmand va Xoja Sayyid Amir Kulol.

U zot (r.a.) silsila omonatini Xoja Ali Romitaniy hazratlaridan olganlar.

Ziyoratgoh rasmlari.

Buxorodagi 7 Pirlar.Xo'ja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi.Xo'ja Muhammad Bobo Samosiy yodgorlik majmuasi.

Sitorai Mohi Xossa Buxoro amiri saroyi haqida ma’lumot va rasmlari

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x