Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xo’ja Maxmud Anjir Fag’naviy maqbarasi.7 Pirlar haqida.

Xo’ja Maxmud Anjir Fag’naviy maqbarasi.7 Pirlar haqida.

by nafisa nafisa

Xo’ja Maxmud Anjir Fag’naviy maqbarasi – eng buyuk so‘fiy, murshidning dafn etilgan joyi.

Xo'ja Maxmud Anjir Fag'naviy maqbarasi.7 Pirlar haqida.

Xo’ja Maxmud Anjir Fag’naviy tarixi

Xo’ja Mahmud Anjir Fag’naviy [12-asr oxiri — Vobkent tumani Anjir Fagʻnav (qoz. Anjirbogʻ) qishlogʻi — 1286] — Xojagon Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning uchinchisi. Gilkorlik bilan shugʻullangan. Xoja Orif Mohitobon — Revgariyyadan tahsil olib, uning vafotidan soʻng xojagonlik silsilasini boshqargan. “Silsilai sharif” da 12 halqanig piri hisoblanadi. Xufiyona (yashirin) zikr bilan jahriya (baland tovushli) zikrga baravar amal etgan. Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon) ga ustozlik qilgan. Fag’naviy tugʻilgan qishlogʻida dafn etilgan. Qabri ustidagi maqbara mustaqillik davrida taʼmirlanib, maqbara yonida hovuz va jomeʼ masjid qurilgan. Bu joy hozir ziyoratgohga aylantirilgan.

XIII asr boshlarida Buxoro viloyati Vobkent tumani Anjir Fag’naviy qishlog’ida tug’ilganlar.Bu qishloqning hozirgi nomi Anjirbog’dir.Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy ilmi qol va ilmi holni Hazrat Xoja Orif ar Revgariydan o’rgangan.Xoja Mahmud Anjir Fag’naviyning kasblari gilkorlik bo’lgan.

Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

Ali Safiyning ,,Rashahotu aynul hayot’’ kitoblarida yozilishicha,Hoja Ali Rometaniy Xoja Hizrdan:,,Shu asru ayyomda pir deb kimning etagidan tutsa bo’ladi?;;-deb so’raganlarida,Xoja Xizr:,,Shu asru ayyomning piri murshidi Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy bo’ladilar!’’-deganlar.Xoja Xizr tavsiyalariga muvofiq Xoja Ali Rometaniy Xoja Mahmudga murid bo’ldilar.

,,Rashahot’’da aytilganki,Xoja Mahmud Anjir Fag’naviydan Sayyid Amir Kulolgacha o’tgan xojagon-naqshbandiya tariqati mashoyihlari xufyona zikr bilan jahriya zikriga baravar amal qilishgan. -Maqomoti Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy’’kitobida zikr qilinadiki,har qachon Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy:,,Yo Rabbiy!’’-desalar,Alloh Ta’olodan:,,Labbayka,yo abdi!’’(Labbay,ey mening bandam!)degan bevosita javobni eshitardilar.Avliyolar albatta o’z karomotlari bilan azizdurlar,jumladan Xoja Mahmud hazratlari ham ko’plab karomatlar sohibi bo’lganlar. Xoja Mahmudning ikki o’gillari Sayyid va Umar bo’lgan.Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy 1286-yilda vafot qildilar va u kishini tug’ilgan qishloqlarida dafn qildilar.Bugungi kunda istiqlol sharofatidan yurtimizdagi boshqa ziyoratgohlar qatorida Xazrat Mahmud Anjir Fag’naviy ziyoratgohlari ham obod etildi.Bu yerda yangi darvozaxona,maqbara,jome’ masjid,quduq,hovuz,kata bog’ barpo qilindi.

Maqbara rasmlari

7 Pir ziyoratgohi.Muhammad Orif ar Revgari ziyoratgohi.

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x