Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xo’ja Ali Romitaniyning yodgorlik majmui.Yetti pir ziyoratgohlari.

Xo’ja Ali Romitaniyning yodgorlik majmui.Yetti pir ziyoratgohlari.

by nafisa nafisa

Xo’ja Ali Romitaniy XIII o’rtalarida 1321 yashagan buyuk pirlardan biri Romitan tumani Qoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan.

Xo'ja Ali Romitaniy maqbarasi

Xo’ja Ali Romitaniy tarixi.

Romitan Xoʻja Alining dafn etilgan joydir. Soʻfiyga xalq orasida „Azizxon“ — aziz shayx nomi berilgan. XIII asr oʻrtalarida Romitan tumani Qoʻrgʻon qishlogʻida tugʻilgan. Butun hayoti davomida toʻquvchilik bilan shugʻullangan. Ali Romitaniy amalga oshirish imkoni boʻlmagan ishni — moʻgʻullarni islom dinini qabul qilishiga erishdi. Moʻgʻullar istilosidan keyin yaroqsiz erlarni tiklashga yordam bergan, tabiblik bilan shugʻullangan.Xorazmda bir muddat yashab, xonaqo ochgan va xojagoniyani mazkur hududda tarqatgan. Soʻfiylik yoʻlidagi ustozi Maxmud Anjir Fagʻnaviydir. Bizgacha „Manoqibi Xoja Ali Azizon Romitaniy“ asari yetib kelgan. Romitaniy 1321-yilda Sariboʻston qishlogʻi (Qoʻrgon qishlogʻi yaqini)da dafn etilgan. Qabri ustida maqbara qurilgan, u mustaqillik davrida taʼmirlangan va qabri ziyoratgoh hisoblanadi.

Ushbu zot xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi. Xojai Azizon degan yuksak nomga musharraf bo‘lgan. Uning “Risolai Azizon” kitobi turli tillarga tarjima qilinib, butun jahonga tarqalgan.

Ushbu ulug‘ zot butun umr “uzmoq va ulamoq” ishqida yashagan, deyish mumkin. Ya’ni zohiran turli rangdagi iplarni uzib-ulab, mato to‘qib, tirikchilik qilgan bo‘lsa, botinan qalbi va ruhini Allohga bog‘lab umrini o‘tkazgan.Bunday qutlug‘ avliyolarning aytgan har bir so‘zi, hayoti biz uchun ibrat.

Majmuada sayyohlar uchun ham ko‘rsa havas qilgulik qulayliklar muhayyo etiladi. Jumladan, zamonaviy mehmonxona qad rostlaydi. Bu ishlar yakuniga yetgach, ushbu hududning sayyohlik salohiyati keskin oshadi. Negaki, qadamjo yonida necha ming yillik tarixga ega ko‘hna Qo‘rg‘on qishlog‘i bor. Bu yerda fransiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda arxeologik qazishma ishlari olib borilyapti. Topilmalar jamoatchilikning bu yerga qiziqishini yanada oshirishi, shubhasiz.

Ziyoratgoh rasmlari

 

7 pir ziyoratgohi. Buxorodagi buyuk avliyolar tarixi va rasmlari

 

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x