Bolohovuz masjidi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik.
Bolohovuz masjidi tarixi
Bolohovuz masjidining katta gumbazli masjidi va bir kayvonli ayvoni oʻzbek hukmdori Abulfayzxonning onasi — Sitorai Moxi xossa donorligida 1712-yilda jhovli va hujayralari esa XIX asrda qurilgan. M. Y. Saidjonovga koʻra, 1915—1917-yillarda masjid ayvoni ayvonli qilib qayta taʼmirdan chiqarilgan. Masjid minorasi saqlanib qolmagan, u 1917-yilda Usta Shirin Murodov va usta Hafizovlar tomonidan boshqa xil koʻrinishda bunyod etilgan. Masjidda juma nomozi oʻqilgan.
Ko’kaldosh madrasasi |
Meʻmorchiligi
Tomonlari 11,5 m li murabba tarhli bino. Bolohovuz masjidi qalqonsimon va murakkab boʻrtma naqshlar bilan bezatilgan.
Mehrobiga nafis naqshlar ishlangan. Ganch shuvoqli peshtoq masjidning sharq tomonida boʻlib, boʻgʻot osti ganch naqshlar bilan bezatilgan. Peshtoqning yon tomonlariga ikki qavatli baland tokchali hujralar qurilgan.
Masjidning 20 ta baland va ingichka yogʻoch ustunli ayvoni bor. Ayvonning yon devorlaridagi tokchalari nakshlar bilan bezatilgan. Masjidning ayvoni va qandil osilgan shipi ayniqsa serhasham. Registon maydoni tomonidan Bolohovuz masjidiga qaralsa peshayvoni, maydon yonboshidagi kichkina minorasi va oʻrtasidagi hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi. Hovuz qirgʻoklari yirik toshlar bilan zinapoyali qilib mustahkamlangan.
Buxoro – Ark qo’rg’oni tarixi,fotosuratlari bilan |
Nafis ustunli ayvonli masjid (1712 yil). Masjid yaqinida 1917 yilda xalq ustasi Usto Shirin Murodov tomonidan qayta tiklangan minora bor. Masjidning keng zalining devorlari katta gul va geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Inkor etib bo‘lmas badiiy qadriyatga ega “Bolo-hovuz” ansambli Buxoro ark qo‘rg‘oni ro‘parasida, qal’a ro‘parasida, Registon maydonining g‘arbiy chekkasida joylashgan. Tantanali kunlarda amir oʻz qalʼasidan shu masjidga tashrif buyurgan va Arkdan masjidgacha gilamlar yoyilgan.
Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari |