Sayfiddin Boharziy maqbarasi tarixiy yodgorligi va rasmlari

Sayfiddin Boharziy maqbarasi— Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (13—14-a. lar).

Sayfiddin Boharziy maqbarasi

Sayfiddin Boharziy tarixi

Buxoroning sharqiy qismi (eski Fathobod mavzei) da 2 maqbara — Bayonqulixon maqbarasi va Sayfiddin Boharziy Maqbarasi bunyod etilgan. Maqbaraning kichik goʻrxonasi (13-a. 2-yarmi) va ziyoratxonasi (14-a. 2-yarmi) charxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq chuqur ravoqli, 2 yoniga guldastalar ishlangan. Peshtoq va guldasta oraligʻidagi yassi mehrobiy tokchalarga tuynuklar qilingan. Peshtoq yuqorisida ravokli darchalar bor.

Ziyoratxona va goʻrxona ichidagi gumbaz osti bagʻali 8 va 16 qirrali muqarnas bezaklar bilan toʻldirilgan. Maqbaraga Shayx Sayfiddin Boharziy, uning 2 oʻgʻli Jamoliddin Muhammad va Mazhariddin Mutahhar, shuningdek, nevarasi Abu Mufaxir Yahyo, evaralari Xovand Burhoniddin, Ruhiddin Shayx Dovudlar dafn etilgan. Amir Temur Buxoroga tashrif buyurganda Shayx qabrini albatta ziyorat qilgan. Uning farmoni b-n makbara obod qilinib, ziyoratxona va sharqiy peshtoq qurilgan. Shayx qabri ustidagi yogʻoch sagʻananing yasalish uslubi, zarhal bezaklari Amir Temur davri yogʻoch oʻymakorligi sanʼatining noyob yodgorligi hisoblanadi.

Namozgoh masjidi

 

Sagʻanada tugʻilgan va vafot etgan sana, Qurʼondan oyatlar, Shayxni madh etuvchi madhiyalar, rangbarang naqshlar oʻzaro uygʻunlashgan. Mustaqillikdan keyin Sayfiddin Boharziy Maqbarasi qayta taʼmirlanib, yodgorlik atrofida goʻzal Fathobod bogʻi bunyod etildi.

Sayfiddin Boharziy maqbarasi rasmlari

Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

 

manba

Baho bering
Do'stlar bilan ulashing
ilmlar mega portali
Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments
Ish rejalar
Choraklik testlar
Darsliklar
Attestatsiya
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x