Sherdor madrasasi Yalangto’shbiy Bahodir tomonidan bunyod etilgan. Sherdor madrasasi Imomqulixon hukmronligi davrida, 1619-1636-yillar oralig’ida bunyod etilgan.
Madrasa arxitekturasi.
Me’moriy obidaning qurilishida bir qator ashyolar ishlatilgan, shulardan: turli xil o’lchamdagi g’ishtlar, loy, yog’ och, tosh, maxsus qif qotishmasi va shunga o’xshash boshqa ko’plab ashyolardan keng foydalanilgan .Madrasaning dizayni, ichki va tashqi ko’rinishi: Sherdor madrasasining koshinlari va bezaklari faqat o’zigagina xos, betakrordir.
Madrasa tarhi to’rtburchak, 2 qavatli bo’lgan. Bosh tarzining 2 qanotida qovurg’ali gumbaz va minoralar joylashgan. Binoning serhashamligi shu peshtoqida, peshtoqning ikki tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (54 ta) va oldi ravoqli ayvon bo’lgan. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini o’tagan. 19601964-yillarda peshtoq qanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan. Shuningdek, Sherdor madrasasining Peshtoq ravog’i tepasi diqqatga sazovor: qizg’ish zarhal Sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko’zli yuz shaklida tasvirlanib, zarhal tusli yog’du bilan hoshiyalangan.
Madrasa hovlisi va undagi hujralar ham o’z me’moriy yechimlari bilan Ulug’bek madrasasidan farq qiladi, Sherdor madrasasining devorlarida uni qurgan usta-me’mor Abdul Jabborning va me’morchilik bezaklarini yaratgan mohir usta Muhammad Abboslarning nomlari abadiy muhrlanib qolgan. Memoriy obidaning uslubi haqida gapirar ekanmiz, o’rta Osiyo me’morchiligida ko’p uchraydigan gumbazsimon, qo’sh va ”Chor” uslubidan keng foydalanilgan.
Samarqanddagi Mirzo Ulug’bek madrasasi tarixi, rasmlari.
Madrasaning o’ziga xos tomonlaridan biri shundaki, me’moriy inshoot Ulug’bek madrasasining ro’parasida bir o’q chizig’i bo’ylab joylashgan. Madrasa masjid vazifasini o’tagan, hozirgi kunda esa muqaddas qadamjolarimizdan hisoblanadi. Yana shuni ham aytib o’tish kerakki, madrasa o’z davrida qurilgan boshqa madrasalardan me’moriy yechimi bilan ajralib turgan. Mustaqillik yillarida me’moriy inshootda bir necha bor ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ayniqsa, Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Samarqanddagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Sherdor madrasasi ham ta’mirlandi. Bundan tashqari, inshoot YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritildi.
Sherdor madrasasi rasmlari.
Samarqanddagi Registon maydoni tarixi va rasmlari