Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Afrosiyob Samarqand muzeyi tarixi va rasmlari

Afrosiyob Samarqand muzeyi tarixi va rasmlari

by nafisa nafisa

Afrosiyob Samarqand muzeyi – yirik arxeologik yodgorlik bo‘lib, qadim Samarqand shahri vayronalaridan darak beradi. Shaharning maydoni 219 gektarni tashkil qiladi.

Afrosiyob  Samarqand muzeyi tarixi va rasmlari

Afrosiyob muzeyi.

Arxeologlar bir-birini bosib turgan 11 ta madaniy qatlamlar borligini aniqladilar. Samarqandning Afrosiyob o‘rnida 2100 yil turgan tarixiy davr mobaynida moddiy madaniyatni aks ettiradilar. Shaharning zamonaviy relefida qudratli qal’aning xarobalari, ko‘hna mudofaa devorlari, qachonlardir shaharga suv keladigan kanalning vayronalarini oson ajrata olish mumkin.

Afrosiyobdagi muntazam kovlash ishlarini 1904 yilda V.V.Bartold va V.L.Vyatkin boshlaganlar. 1958 yil maxsus Samarqand arxeologik guruh tuzilgan. Guruhning maqsadi – O‘rta Osiyoning ko‘hna shahar markazlaridan birining kelib chiqishi va mavjudligi tarixi, shahar hayotining barcha davrlarida uni o‘rab turgan turli-tuman ob’ektlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish edi. Ekspeditsiya 30 yil davomida 50 dan ortiq qidiruv-kovlash va tuproq kesmasini tekshirish ishlarini olib bordi. Afrosiyobning arxeologik davri aniqlandi, shaharning har xil davrlaridagi topografik plani tuzildi.

Me’morchilik, moddiy va ma’naviy madaniyat, ishlab chiqarish faoliyati, numizmatika, terrakota, sopol buyumlar bo‘yicha ulkan ma’lumot yig‘ildi va umumiylashtirildi, mashhur devoriy naqshlar topildi va ta’mirlandi. Shaharning hayotiga doir ko‘p sonli maqolalar va monografiyalar nashr etildi. 1989 yildan boshlab Afrosiyobda o‘zbek-fransuz ekspeditsiyasi ishlab kelmoqda.

Afrosiyobdagi arxeologik topilmalar shaharning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, Samarqand tarixi muzeyida saqlanadi va ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Samarqand tarixi muzeyi 1970 yil 24 oktyabrda ochildi.

Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami

Afrosiyob Samarqand muzeyi – 1- zalida Afrosiyob vayronalarini arxeologik o‘rganish tarixi bo‘yicha XIX-asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan materiallar, shaharning arxeologik ob’ektlari va ma’muriy obidalari ko‘rsatilgan relefli xarita joylashgan.

Ikkinchi zalda shahar hayotining ilk asrlari tarixi bilan bog‘liq buyumlar: kulolchilik xumdoni o‘chog‘ining maketi, mil. avv. VI-IV asrlar sopol idishlari, tosh va metallardan yasalgan buyumlar joylashtirilgan.

Uchinchi zalda, ellinizm davri bilan bog‘liq buyumlar o‘z o‘rnini topgan bo‘lib, ular Samarqandning mil. avv. III-II asrlarda qurilgan mudofaa devorlarining maketlari, qurol-yarog‘, tangalar, sopol idishlari, terrakota, tosh va yog‘och buyumlari, shuningdek qal’a devoridan olingan yog‘och sinchkorlik bo‘laklari joylashgan.

Muzey rasmlari

Afrosiyob Samarqand muzeyi

O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x