Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi

O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi

by nafisa nafisa

O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi.Akmal Ikromov nomidagi O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi davlat muzeyi — madaniy-ma’rifiy muassasa hisoblanadi.

O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi

Samarqand shahridagi hozirgi O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyining yillar davomida har xil nomlar berilgan.Ular quydagilar…
1982 yildan Samarqand badiiy muzey-qo’riqxonasi tarkibidagi bosh muzey.
1896 yilda Samarqand statistika qo’mitasi muzeyi sifatida ochilgan;
1911 yildan Samarqand shahri muzeyi,
1921 yildan Samarqand viloyati muzeyi,
1927 yildan o’lka muzeyi,
1930 yildan O’zbekiston Markaziy davlat muzeyi,
1937 yildan Samarqand viloyat o’lkashunoslik muzeyi.
1945 yildan O’zbek xalqi madaniyati respublika muzeyi,
1955 yildan O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi respublika muzeyi;
1968 yil A.Ikromov nomi berilgan;
1969 yildan O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi

Muzeyda 5 ta ekspozitsion bo’limlar (tarix, san’at va etnografiya, ilmiy-ma’rifiy, ko’rgazmalar va fond), kutubxona, kinozal, fotolaboratoriya, ilmiy ta’mirlash ustaxonasi, arxiv bor. Muzey xazinasi va ekspozitsiyalari arxeologiya, numizmatika, etnografiya, amaliy bezak va tasviriy san’at asarlari, me’moriy qismlar, qimmatli hujjatlar, kitob va qo’lyozmalarning boy to’plamiga ega. Muzey xazinasida 208 mingdan ziyod eksponat bor (2005), tomoshabinlar soni yiliga 50 mingdan oshadi.

Muzey ilmiy muassasa sifatida ilmiy tekshirish ishlari olib boradi, 1976 yildan respublika va xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etadi; xorijiy muzeylar bilan aloqalar yo’lga qo’yilgan. Xazinasidagi hamda Respublikadagi boshqa muzeylar va chet mamlakatlar muzey va to’plamlari materiallari asosida yiliga 20 dan ortiq ko’rgazmalar uyushtiradi. Muzey xalqaro muzeylar qo’mitasi a’zosi. Muzeyda turli davrlarda V.L.Vyatkin, M.E.Masson, L.M.Rempel va boshqalar olimlar ishlagan.

Muzey 1911 yildan muzey va kutubxona uchun qurilgan binoda, 1930 yildan Ulug’bek va Sherdor madrasalarida, 1934 yildan savdogar A.Kalontarovning sobiq uyida joylashgan; 1978 yildan Registon maydonida muzey uchun maxsus qurilgan binoda (me’mori M.S.Bulatov); umumiy maydoni 10 ming kvadrat metr ekspozitsiya va ko’rgazma zallari maydoni 5 ming kvadrat metr.

Muzey rasmlari

O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi

Samarqanddagi tinchlik va birdamlik muzeyi

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x