Mundarija
Samarqanddagi Tinchlik va birdamlik muzeyi Oʻzbekistonning Samarqand shahridagi muzeydir.Xalqaro tinchlik yili — 1986 yil dekabrda ochilgan.
O’zbekiston muzeylari.
Hozirgi kunda jamiyat hayotida, xalqni fan va madaniyat bilan yaqindan tanishuvida, ilm-fan va madaniyat rivojida, shuningdek xalq maorifida muzeylarning o’rni tabora o’sib bormoqda. Mustaqillik tufayli respublikamizda muzeylarga bo‘lgan e’tibor yanada oshdi. Xususan, keyingi 10 yil ichida Davlat qarmog‘idagi muzeylar soni 140 tani tashkil etdi. Shulardan tarix muzeylari 75 ta, O‘lkashunoslik muzeylari 23 ta, Badiiy San’at Koshonalari 10 ta, memorial muassasa 20 ta, adabiyot muzeylari 8 ta, tabiat muzeylari 4 tadan iborat. Ayni paytda bularda 1 million 600 mingdan ortiq eksponatlar mavjud.
Respublikamizda 7 mingdan ko‘proq yodgorlik, shu jumladan, 2500 me’moriy obida, 2700 dan ziyod arxeologiya yodgorligi, 1800 dan ko‘proq monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida, hatto olis tumanlarida ayrim yodgorliklarni nurashdan saqlash va ta’mirlashdan ilmiy tadqiqot ishlari asosida butun-butun me’moriy majmualarni va ko‘hna shaharlarning tarixiy markazlarini qayta tiklashga o‘tildi.
Mamalakatimiz madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish sohasining huquqiy asoslari yaratilgan – «Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida», «Me’morchilik va shaharsozlik to‘g‘risida» gi qonunlar amal qilmoqda. Bu yodgorliklarning taqdiri bilan bog‘liq barcha masalalar mazkur qonunlarga asosan tartibga solib turiladi.
Noyob me’morchilik – shaharsozlik merosini saqlab qolish va avaylab asrash maqsadida 2000 yil 26 aprelda «O‘zbekiston Respublikasida me’morchilik va shaharsozlikni
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Muzeylar ijtimoiy hayotda o‘ziga xos o‘ringa ega. Kishilar uchun eng avvalo ma’rifiy-madaniy, ilmiy va dam olish maskani bo‘lgan muzeylarni o‘tmish va hozirgi hayotimizning oynasi deyish mumkin13. Keyingi yillarda barcha sohalarga zamonaviy texnologiyalar jadal suratlarda kirib kelmoqda. Bu esa ushbu sohalarning zamon bilan hamnafas taraqqiy etishiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazmoqda.
Jumladan, muzeylar faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muzeylar taraqqiyotida katta rol o‘ynamoqda. Fan-texnika taraqqiyoti ilg‘or yutuqlarining boshqa barcha sohalari qatori muzey ishiga ham kirib kelishi tabiiy hol bo‘libgina qolmasdan, hayotiy zarurat hamdir.
Tinchlik va birdamlik muzeyi.
Tinchlik va birdamlik muzeyi Oʻzbekistonning Samarqand shahridagi muzeydir.Xalqaro tinchlik yili — 1986 yil dekabrda ochilgan. Muzey tinchlik va farovonlik yo’lida dunyoning barcha xalqlari va mamlakatlarini birlashtirishga chaqiradi.
Muzey Samarqand shahrining markaziy qismida, Abdurahmon Jomiy ko‘chasida, Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘i hududida joylashgan. Muzeyda yuzdan ortiq mamlakatlarning 20 mingdan ortiq eksponatlari saqlanadi. Eksponatlar orasida butun dunyoda tinchlik va hamjihatlikka hissa qo‘shgan taniqli jahon arboblarining shaxsiy maktublari va xabarlari, fotosuratlari va asarlari to‘plami mavjud.
Shuningdek, jahonning mashhur arboblari, siyosatchilari, jamoat, davlat va madaniyat arboblari, xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi tinchlik tarafdorlari bo‘lgan yozuvchilarning dastxatlaridan iborat katta to‘plam mavjud. 142 nafar Nobel mukofoti sovrindorlarining dastxatlari alohida joylashgan.
Muzey rasmlari
Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari