Samarqand shahridagi Ruhobod maqbarasi tarixi.
Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Samarqand shahridagi Ruhobod maqbarasi tarixi.

Samarqand shahridagi Ruhobod maqbarasi tarixi.

Ruhobod — majoziy nom, aslida Samarqand shayxi, alloma avliyo Burhoniddin Sogʻarjiy maqbarasi. Ruhobod maqbarasi nomi “Ruhlar maskani” degan ma’noni bildiradi.

Samarqand shahridagi Ruhobod maqbarasi tarixi.

Maqbara tarixi.

Uni 1380 yilda shayx Burhoniddin Sogʻarjiy qabri ustiga qurishadi. Tasavvuf olimi o‘zining e’tiqodi va avliyoligi bilan mashhur bo‘lgan. U ko‘p vaqtini ziyoratlarda o‘tkazar edi. Ammo u faqatgina Samarqandga dafn etilishini istar edi. Amir Temur ustozini juda hurmat qilar edi va maqbara yaqinidan o‘tayotganda doimo otning ustidan tushar edi. Ruhobod maqbarasida shayxning rafiqasi, bolalari va boshqa qarindoshlari dafn etilgan. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14-asrning 70-yillari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan jangdagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashhur Shohruhshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sogʻarjiy qabriga bogʻlab, mahobatli baland maqbara tiklangan. Amir Temur maqbara taʼminoti uchun maxsus vaqfnoma (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi Oʻzbekiston davlat arxivida saqlanmoqda) chiqargan. Undan maʼlum boʻlishicha, maqbara va yonidagi bogʻ yirik daromad manbai boʻlgan.

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top