Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Samarqand darvozasi haqida batafsil ma’lumotlar.

Samarqand darvozasi haqida batafsil ma’lumotlar.

by nafisa nafisa

Samarqand darvozasi — Sanzor daryosidagi eng qisqa dara hisoblanib,  Pomir-Oloyning g‘arbiy qismlaridagi Malguzor hamda Nurota tizmalarini ajratuvchi tog‘ yo‘lidir.

Samarqand darvozasi haqida batafsil ma'lumotlar.

Samarqand darvozasi tarixi.

Beshyogʼoch dahasidagi qadimgi mahalla. Zangiota, Chaqar, Zaxariq, Kamolon mahallalari bilan chegaradosh boʼlgan, bir chekkasi Chaqarariqqa yondoshgan. Hududida shahar darvozalaridan biri – Samarqand darvozasi joylashgan (nomi shundan). Samarqandga boriladigan karvon yoʼli shu yerdan boshlangan. Mahallada 50 dan ortiq xonadon yashagan. Keksalarning maʼlum qilishicha, 1895 yilgacha Samarqand darvozada Toshkentga kiruvchilarni nazorat qiluvchi va oʼlpon (boj) yigʼuvchilar yashashgan. Аholisi, asosan, oʼzbeklar boʼlib, hunarmandchilik (koʼpchilik, duradgorlik, aravasozlik va b.), dehqonchilik (Novza, Choʼponota, Qoziravot mavzelarida) bilan shugʼullangan. Mahallada maktab, masjid, bozorcha, baqqollik doʼkonlari boʼlgan (20-asr boshi). Yozuvchi Аbdulla Qodiriy shu mahallada yashab ijod qilgan.

«Samarqand darvoza» mahallasi (Samarqand darvoza koʼchasi, 202) – Shayxontohur tumanidagi hozirgi mahalla. Zangiota, «Kattabogʼ», «Novza», Olim Xoʼjaev mahallalari bilan chegaradosh. 1917 yil Oktyabrь toʼntarishidan soʼng 1962 yilgacha Kuburariq (Quvurariq) nomi bilan atalgan. 1962 yilda qadimgi nomi yana qayta tiklangan. Mahalla hududi 1941 yilgacha shaharning asosiy qovun sayli oʼtkaziladigan joy hisoblangan. Mahalla guzari (hozirgi 13-oʼrta maktab) oʼrnida karvonsaroy boʼlgan. Guzarning 3 tomonida choyxonalar boʼlib, ularda sanʼatkorlar ishtirokida yigʼinlar oʼtkazilgan. Choyxonalar yonidagi baland ustunlarga kerosinli osma chiroqlar oʼrnatilgan.

Guzarda dorbozlar, qiziqchilar tomosha qoʼyishgan. 1936–37 oʼquv yilida mahallada 2 qavatli maktab binosi qurilgan. Аholisi 6 ming kishi, asosan, oʼzbeklar. Mahalla hududida oʼrta maktab, dorixona, stomatologiya boʼlimi, bolalar bogʼchasi, 14-oilaviy poliklinika, «Muruvvattekst» qoʼshma tikuvchilik korxonasi, yangi mahalla idorasi, avtosportda qatnashuvchi mashinalar garaji mavjud. 1994 yil mahallaning homiy fuqarolari tomonidan Toshkentning 12 darvozasidan biri – Samarqand darvoza ramziy maʼnoda arka koʼrinishida qayta barpo qilindi (koʼchaning kengayishi munosabati bilan arka demontaj qilingan). Mahallada bir qancha mashhur shaxslar, jumladan Said Аhmad, Muzayana Аlaviya va boshqalar yashab oʼtgan.

Samarqanddagi Amir Temur bog’lari

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x