Imom Moturudiy yodgorlik majmui tarixi haqida

Imom Moturudiy yodgorlik  majmui  — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik.

Moturudiy yodgorlik majmui haqida

Imom Moturudiy yodgorlik majmui tavalludining 120 y. ligi (2000) munosabati, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqand shahrining markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi oʻrnatilgan hududi 4 gektarga yaqin. Yodgorlik Registon ansambli yaqinida, Vobkent, Gʻijduvon va Buxoro koʻchalari oraligʻida joylashgan.

Bosh kirish qismi Vobkent koʻchasidagi xiyobon orqali. Loyihaga ko’ra, 3 qism (markaziy, bogʻ va xoʻjalik in-shootlari) ga boʻlingan, ular oʻzaro bir-biri bilan xiyobonli yoʻlka orqali bogʻlangan. Loyiha oʻqi manzarali mujassamotda yaratilib, ramziy maqbara bi-nosiga tutashgan.

Sharsharali favvoralar xiyobonli yoʻlka markazida qurilib, atrofi obodonlashtirilgan. Yodgorlik meʼmoriy loyihasi va badiiy yechimida oʻzbek milliy mahobatli san’atining eng yaxshi anʼanalari qoʻllangan. Maqbara pishiq gʻishtdan, murabba tarxli , shifti gumbazli balandligi 15 m, poygumbazi 24 kichik ravoqchalarga boʻlinib, ganchkori panjaralar bilan bezatilgan. Panjaralar yuqorisi murakkab tuzilishdagi muqarnaslar bilan toʻldirilgan. Xona markaziga qoʻyilgan sagʻanada arab yozuvida buyuk olimning hadis soʻzlari bitilgan.

Majmua rasmlari.

Samarqand shahri tarixiy yodgorliklari haqida.

manba

Baho bering
Do'stlar bilan ulashing
ilmlar mega portali
Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments
Texnikum Ruxsatnoma
Choraklik testlar
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x