Oqsaroy maqbarasi tarixi va rasmlari
Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Oqsaroy maqbarasi tarixi va rasmlari

Oqsaroy maqbarasi tarixi va rasmlari

Oqsaroy maqbarasi Samarqand shahridagi meʼmoriy yodgorlik bo’lib Temuriylarning soʻnggi maqbarasi hisoblanadi.

Oqsaroy maqbarasi tarixi va rasmlari

Oqsaroy maqbarasi.

Oqsaroy maqbarasi qoʻshimcha dahma sifatida Abu Said (1449—69) va Sulton Ahmad Mirzo (1469—94) hukmronligi davrida qurilgan. Maqbara pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. Oqsaroy chortoq tarxish katta xona va qarama qarshi joylashtirilgan xonalardan iborat.

Bosh tarzi janubga qaragan. Oʻrtadagi miyonsaroy tagida sardoba joylashgan. Oqsaroy qurilishida oʻsha davr meʼmorchiligiga xos murakkab usullar qoʻllanilgan: katta xona gumbazi 4 katta ravoq va oʻzaro kesishgan ravoqchalar hamda toqilar yordamida yopilgan. Bu qurilmalar sharafa va ganch bezaklari bilan pardozlangan.

Bezaklarning koʻp qismi kundal uslubida bajarilgan. Nafis ishlangan oq, koʻk ranglar oltin xal bilan oʻzaro uygʻunlashib ajoyib koʻrinish kasb etgan. Naqsh shakllari oʻzaro takrorlan-magan. Bir ravokdagi naqshda bir-biriga oʻxshamaydigan 67 xil bezakgul boʻlgan. Binoning tashqi meʼmorligi nihoyasiga yetkazilmagan. Katta xona tashqi gumbazi, 8 qirrali poygumbazi tugallanmagan. Oqsaroy temuriylar davri meʼmorligining noyob namunasi hisoblanadi.

Maqbara rasmlari.

7 pir ziyoratgohi. Buxorodagi buyuk avliyolar.

manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top