Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Tillakori madrasasi.Samarqand me’moriy yodgorligi.

Tillakori madrasasi.Samarqand me’moriy yodgorligi.

by nafisa nafisa

Tillakori madrasasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Registon ansamblitsa Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan.

Tillakori madrasasi.

Bu madrasa Registon maydoni me’moriy majmuasining yakuniy inshootidir. U kompozitsiyaning markazida joylashgan va o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan vizual bo‘shliqni berkitadi.

Qurilish taxminan 15 yil davom etdi va 1660-yilda tugatildi. Bu bino yaxlit me’moriy uslubni yaratib, ikkita katta yon inshootni uyg‘un tarzda muvozanatlashtirdi.

Tillakori nomi tarjimada “oltin bilan bezalgan” degan ma’noni anglatadi. Madrasaning barcha fasadlari chiziqli naqshlar tasvirlangan ajoyib naqshlar bilan bezatilgan bo‘lib, o‘z vaqtida oltinning ko‘pligi bilan hayratga solgan.

Yalangto’sh Bahodir Sherdor madrasasini qurdirganidan o’n yil o’tgandan so’ng, Ulug’bek tomonidan qurilgan Karvonsaroyni tiklash imkoniyati bo’lmaganligi sababli, uning poydevori ustidan yangi madrasa – masjid qurdiradi. Samarqand shahridagi Registon maydonini mukammallashtirgan ushbu inshoot keyinchalik Tillakori madrasasi deb atalgan. Tillakorining qurilishi bilan Registonning ajoyib bir ansambli mukammal shaklga keladi.

Ushbu obidaning me’mori maydondagi hamma binolarning yaxlit bir butun bo’lishini ta’minlash uchun Tillakori madrasasini mavjud imoratlarga moslashtiradi. Imoratlarni qurishda o’sha davrda qo’llanilgan me’moriy qoida-qonunlardan chekinishga to’g’ri kelgan. To’rt tomoni tutashdek tasavvur bo’lishi uchun madrasa fasadini juda uzun qilishga to’g’ri kelgan.

7 pir ziyoratgohi. Buxorodagi buyuk avliyolar

Madrasa-masjidning umumiy kompozitsiyasida masjid markaziy o’rinni egallashi lozim edi. Biroq me’mor simmetrik maydonda yana bir markaz bo’lishini lozim ko’rmagan, bu esa uning yana bir muvaffaqqiyati bo’lgan. Tillakori madrasasi fasad qismining arxitekturasi ikkita bir xil madrasaga mos tushgan. Masjid asosiy o’qdan chetda, bir qavatli hujralar bilan o’ralgan katta hovlining g’arb tomonidadir.

Madrasani old tomoni fasadining ikki qavatli qilib ishlanganligi ulkan va hashamatli Mirzo Ulug’bek hamda Sherdor madrasalarining mahobatliligini ta’minlangan. Hovlining ichki kompozitsiyasida simmetriya bo’lishi uchun har bir fasadning qoq o’rtasida shinam peshtoq qilingan. Kirish qismini chap tomonda g’arbiy fasad bo’ylab katta masjid joylashgan, unga asosiy eshikdan kiriladi. Masjidning to’rida odatdagiday qiblaga qarab qurilgan marmar mehrob bo’lib, uning o’ng tarafida esa marmar zinali baland minbar joylashgan. Masjidning asosiy xonasi, hatto marmar ozorasi ham bo’rtma naqshlar va zar bilan bezatilgan. Qisqa vaqt ichida Ulug’bek madrasasining ikkinchi qavati ham qayta tiklanib, qadimiy holatiga keltirildi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ushbu yodgorliklarning ta’mirlanishi madaniy merosimizga bo’lgan g’amxo’rlikning yorqin namunasidir.

Madrasa rasmlari.

 

Samarqand shahri tarixiy yodgorliklari haqida.

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x