Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Samarqanddagi Xo’ja Abdu Darun maqbarasi tarixi va rasmlari.

Samarqanddagi Xo’ja Abdu Darun maqbarasi tarixi va rasmlari.

by nafisa nafisa

Xo’ja Abdu Darun maqbarasi. XII asr, XV asrning birinchi yarmi. Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida (darun – ichkari) joylashgan qadimgi ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino – xonaqoh (XV asr) ko’zga tashlanadi.

Samarqanddagi Xo'ja Abdu Darun maqbarasi tarixi va rasmlari.

Maqbara arxitekturasi.

Xo’ja Abdu Darun maqbarasi peshtoqi, gumbazi va devorining bezaklari Ulug’bek davri me’morligi mahsuli ekanidan darak beradi. Xonaqohning ichida IX asrda yashagan avliyo, alloma Abdu Ma’ziddinning qabri bor. Xoja Abdu Darun padari buzrukvorlarining nomi Xoja Abduqodir as-Said (Xoja Abdu Berun) bo’lib, Samarqandda hokimlik qilgan. Xoja Abdu Darunni Xojai Kunj deb ham ataganlar. Xoja 247 hijriy yilning zulqa’da oyida (milodiy 861 yil mayoyi) vafot etgan.83 O‘zbekistonning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda qadimgi davrlardan boshlab bu yerda qurilishda paxsa va xom g‘ishtdan foydalanilgan. IX-XII asrlarda ushbu qurilish ashyolari bilan birga pishiq g‘ishtdan ham keng ko‘lamda foydalanilgan. Shu davrda yangi qurilishlar: machitlar, maqbaralar, madrasalar, karvon-saroylar, usti yopiq savdo rastalari-timlar paydo bo‘ladi.

Bu davrda ko‘plab binolarning tomi gumbaz bilan qoplanadi, boshqalarining shiftini esa yog‘och ustunlar suyab turgan. Binolarning devorlarini suvashda ganchdan foydalanilgan.

Xom g‘isht ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Undan uy-joylar, hunarmandchilik ustaxonalari va savdo do‘konlari tiklangan. Ba’zi shaharlar hukmdorlarining saroylari ham xom g‘ishtdan qurilgan.

O‘zbekistonning ko‘plab tumanlarida qasr-ko‘shklarning paxsa xarobalari saqlanib qolgan. Ular baland poydevor ustida qad rostlagan hamda ikki qavatli bo‘lgan. Shahar va qal’alarning mudofaa devorlari hamda burjlari paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan.

Maqbara rasmlari.

Samarqanddagi Xo'ja Abdu Darun maqbarasi tarixi va rasmlari.

Hazrati Хizr masjidi tarixi,arxitekturasi

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x