Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Omon qo’ton g’ori yodgorligi tarixi haqida.

Omon qo’ton g’ori yodgorligi tarixi haqida.

by nafisa nafisa

Omon qo’ton g’ori-makoni Samarqand viloyatidagi Zarafshon tog’ tizmasining g’arbiy yonbag’rida joylashgan Omonqo’ton qishlog’i yaqinida joylashgan.

Omon qo'ton g'ori yodgorligi tarixi haqida.

 

Omon qo’ton g’ori

Samarqand hududida topilgan eng qadimiy yodgorliklardan biri Omonqo‘ton g‘or makoni hisoblanadi. Omonqo‘ton g‘ori 1947-yilda arxeolog David Levtomonidan topilgan. Omonqo‘ton g‘ori ochilgan paytlarda MDH davlatlari hududida 166 ta paleolit davriga oid yodgorliklar aniqlangan edi.

G’orning kengligi1,5 m, balandligi 0,9 m, chuqurligi 25 m. G’or-makonning madaniy qatlamlaridan qirg’ich, paykon, plastinkalar, nukleuslar, qo’l chopqilari, Osiyo mufloni (arxar), qo’ng’ir ayiq, tog’ echkisi suyagi, gulxan qoldiqlari topilgan. Bu yerda yashagan qadimgi odamlar asosan ovchilik va termachilik bilan shug’ullanishgan.

1947 yil arxeolog D.N. Lev bu yerdan odamning son suyagini qazib olgan. Keyingi o‘rganishlarda qatlamdan belkurak vazifasini bajargan toshqurollar topilgan.Topilgan suyak qoldiqlari Teshik Tosh g‘oridan topilgan qazilmalar tarkibi va xarakteriga tegishlidir. Mazkur topilmalar kechki ashyol madaniyatiga tegishli bo‘lib, O‘zbekiston chegarasida shu davrlarda odamlar yashaganini isbotlaydi.

Omon Qo’ton karst g’ori uzunligi 80 metrga yaqin bo‘lib, bir necha xonalardan tashkil topgan. Katta bo‘lmagan g‘orning kirish qismi o‘rnini qoldiqlar topilgan keng ayvon egallaydi. Boshqa ayvonlar va o‘tish joyi ostidan yil davomida sathi o‘zgaruvchi oqar ko‘l o‘tgan. Aprel oyi o‘rtasida g‘or butunlay suv bilan to‘lib, undan soy ajraladi va u ikki oy davomida yaqinidagi daralarni oziqlantiradi.

G’or rasmlari

Omon qo'ton g'ori yodgorligi tarixi haqida.Omon qo'ton g'ori yodgorligi tarixi haqida.

Samarqand shahri tarixiy yodgorliklari haqida.

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x