Samarqanddagi o'lkashunoslik muzeyi tarixi haqida.
Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Samarqanddagi o’lkashunoslik muzeyi tarixi haqida.

Samarqanddagi o’lkashunoslik muzeyi tarixi haqida.

Samarqanddagi o’lkashunoslik muzeyi — madaniy-maʼrifiy muassasa. 1979 yil Samarqand shahrida Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi muzeyi toʻplamlari negizida tuzilgan.

Samarqanddagi o'lkashunoslik muzeyi tarixi haqida.

O’lkashunoslik muzeyi.

1983-y. dan Samarqand davlat birlashgan tarixiymeʼmorlik va badiiy muzeyqoʻriqxonasi boʻlimi. Muzeyda tabiat va tarix boʻlimlari bor. Ekspozitsiyalarda viloyat hayvonot va oʻsimlik dunyosi, shu jumladan, «Qizil kitob»ga kiritilgan yoʻqolib borayotgan hayvon va oʻsimlik turlari xam qoʻyilgan; viloyat tarixi asl hujjatlar, nodir fotosuratlar va b. vositalarda yoritilgan. Muzey binosi sobiq savdogar A. Kalontarov uyining oʻzi nodir meʼmoriy obidadir.

Unda 19-asr oxiri — 20-asr boshlari Samarqand meʼmorlari va ustalarining anʼanaviy sanʼati va mahorati:ganch oʻymakorligi, naqqoshlik  namoyon boʻlgan. Muzey madaniy-maʼrifiy ishlar, turli tadbirlarni amalga oshiradi, koʻrgazmalar tashkil kiladi. 2001-yildan videolektoriy ishlab turibdi.

O’lkashunoslik muzeyi Markaziy Osiyoda tashkil etilgan dastlabki muzeylardan biri hisoblanadi. Muzey avvalo, o‘sha vaqtda mustamlakachi Rossiya imperiyasi ma’murlari uchun o‘lkani chuqurroq o‘rganish, uning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish uchun tashkil etilgan bo‘lsa, Turkistondagi mahalliy ziyolilar va yevropalik aholining bir qismi uchun qadimiy asori-atiqalarning chetga chiqib ketmasligini ta’minlovchi, ularni bir joyga to‘plovchi vosita hisoblangan.

1868 yilda Samarqand ruslar tomonidan istilo etilgach, ko‘p o‘tmay 1874 yilda qurib bitkazilgan Zarafshon okrugi boshqaruvi binosi (hozirgi Samarqand shahar hokimiyati binosi)da arxeologik muzey tashkil etildi. Tez orada muzeyda 5 mingdan ziyod arxeologik, numizmatik ashyolar va qo‘lyozmalar to‘plandi. Samarqand muzeyi ashyolari 1876 yilda Moskvadagi ko‘rgazmada, 1878 yilda Toshkentdagi ko‘rgazmalarda namoyish etildi. 1881 yilda imperator Aleksandr II ning o‘rniga taxtga Aleksandr III ning kelishi Turkiston o‘lkasiga ham ta’sir qildi. O‘z navbatida, Turkiston general-gubernatori va Zarafshon okrugi gubernatori ham almashdi.

2009 yildan Samarqand muzeyi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 148-uyda faoliyatini olib bormoqda.

2017 yilda O‘zbekiston hukumati tomonidan Samarqand muzeyi uchun shaharning eski shahar qismidan yangi maxsus bino qurish uchun 70 milliard so‘m mablag‘ ajratildi va qurilish ishlari 2020-2027 yillar davomida amalga oshirilishi belgilandi.

Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tarkibiga bugungi kunda 8 ta muzey va 10 ta me’moriy yodgorlik hamda 2 ta ziyoratgoh kiradi. Ushbu muzey va yodgorliklarda 300 ga yaqin ilmiy va boshqa xodimlar mehnat qilishmoqda.

Muzey rasmlari

Samarqand shahri tarixiy yodgorliklari haqida.

manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top