Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Sadriddin Ayniy uy muzeyi.Samarqand shahridagi muzeylar.

Sadriddin Ayniy uy muzeyi.Samarqand shahridagi muzeylar.

by nafisa nafisa

Sadriddin Ayniy uy muzeyi.Sadriddin Ayniy  yirik tojik yozuvchisi va shoiri, tojik va oʻzbek tillarida ijod qilgan.Sadriddin Ayniy Buxoro tavallud topgan. Samarqandda yashab, ijod qilgan. U haqiqatda ikki xalq farzandi edi.

Sadriddin Ayniy uy muzeyi.

1967 yilda Oʻzbekiston Hukumati tashabbusi bilan Sadriddin Ayniyning yodgorlik uy-muzeyi tashkil etilgan. Muzey ochilganidan beri uning ekspozitsiyasi ikki marta yangilangan. Oxirgi marta yaqindagina, 15 aprel kuni buyuk olimning 140 yilligi munosabati bilan uy-muzeyga Sadriddin Ayniyga tegishli boʻlgan hujjatlar keltirildi.

Shuningdek, uy-muzey 2018 yil mart oyi yakunida kichik taʼmirlash ishlari uchun yopilgan. May oyining ikkinchi yarmida esa muzey 2 oyga toʻliq taʼmirlash uchun yopiladi.

1918—21 y.larda tojikcha, o‘zbekcha marsh, qo‘shiq va she’rlar yaratadi. “Buxoro jallodlari” (1922) povesti, “Buxoro mangit amirligining tarixi” (1921) asarida Buxoroning ijtimoiy-siyosiy hayoti ifodalangan. “Odina”, “Qiz bola yoki Xolida” (1924), “Tojik adabiyotidan namunalar” (1926), “Qul bobo yoki ikki ozod” (1928) kabi qissa, hikoya, ocherklari muhim ahamiyatga ega. A. tojik va o‘zbek adabiyotlarining ming yillik tarixiy taraqqiyotida yeti-shib chiqqan 200 dan ortiq shoir, tarixchi, olim, tazkiranavislar hayoti va ijo-di haqida ma’lumot beradi. A. 1927-29 y.larda yirik romani “Doxunda”ni tojik tilida nashr ettirdi. 1934 y.da esa o‘zbek tilida “Qullar” romanini yaratdi. Unda o‘zbek va tojik xalqining yuz yillik hayoti aks etadi.

Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi. Sadriddin Ayniy tarjimai holi

Muzeyga tashrif buyuradigan odam oʻtmishga qaytgandek, hayratda qolishi tabiiy. Axir dunyo tan olgan olim hayot ijodi va oʻtmishdagi voqealar bilan yaqindan tanishish imkoniyati har doim boʻlavermaydi.

Ikki tilda ijod qilgan yozuvchi, olim Ayniyning yodgorlik uy-muzeyi Samarqand markazida, mashhur Registon maydonining deyarli roʻparasida joylashgan.

“Ustoz” degan moʻtabar nomga loyiq topilgan va eʼzozlangan olim Sadriddin Ayniyning Samarqandga kelib qolishi tarixiga nazar tashlaymiz.

…Buxoroda tavallud topgan maʼrifatchi talabalik chogʻlaridayoq Ahmad Donish yozgan asarlardan taʼsirlangan holda, Yevropacha uslubdagi yangi maktablarni ochish, zamonaviy oʻquv dasturlar asosida bolalarni oʻqitish kerak degan xulosaga keldi.

Ammo oʻsha vaqtlarda Buxoroda hukmron boʻlgan amir erkin fikrlaydigan maʼrifatchilarni taʼqib qila boshlaydi. Shu vaqtlarda, yaʼni 1915-16 yillarda Sadriddin Ayniy Buxoroda yashirinadi.

1917 yil 9 aprelda jadidchilar qoʻzgʻoloni boʻlgan paytda, Ayniy Buxoroda qoʻlga olinadi va 75 darra tayoq oʻrish bilan jazolanib, qamoqqa solinadi. Qoʻqon gospitalida 2 hafta davolangach, Samarqadda doimiy yashash uchun yoʻlga chiqishga qaror qiladi.

Sadriddin Ayniy ushbu uyda 1954 yil may oyigacha yashab, ijod qilgan. Shundan soʻng ogʻir xastalikka chalinib, davolanish uchun Tojikistonga borishga majbur boʻlgan. Dushanbeda ikki oy yashab, 15 iyulda vafot etgan. Sadriddin Ayniy Dushanbeda, Ayniy nomidagi bogʻda dafn etilgan.

Sadriddin Ayniy romanlari qissalari. Tarjimai holi

Tojikistonda vaqti Ayniy umuman ijodga qoʻl urmagan ekan, u kishidan buning sababini soʻrashganida: “Men Samarqandga qaytishim kerak. Oʻzimning yozuv stolimga oʻtirib, qalamimni siyohdonimga botirsam, shunda men yangi asar yoza olaman”, — deb aytgan ekan Ayniy oʻz yaqinlariga…

Bugungi kunda davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar yangi bosqichga koʻtarildi. Aynan Sadriddiy Ayniy singari buyuk ijodkorlar ikki davlat xalqlari birlashishida oʻz hissalarini qoʻshganlar.

Muzey rasmlari.

Sadriddin Ayniy uy muzeyi.Samarqand shahridagi muzeylar.

Samarqand shahri tarixiy yodgorliklari haqida.

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x