Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Ichan Qal’adagi Oq Shayx bobo qasri haqida.

Ichan Qal’adagi Oq Shayx bobo qasri haqida.

by nafisa nafisa

Oq Shayx bobo qasri.O‘rta asrlar shahar Ko‘na arka qal’asi ustida Oq Shayx bobo qo‘rg‘oni yuksalib turadi. Uning nomi qo‘rg‘on ichida oppoq sochli darvesh yashiringani uchun berilgan deyishadi. O‘zining harbiy inshoot ekanligiga qaramay uning shoirona nomi ham bor “Oshiq Bobo”.

Ichan Qal'adagi Oq Shayx bobo qasri haqida batfsil.

Oq Shayx bobo qasri

Oldinlari u yerda soqchilar navbatchilik qilar edilar. Bu joy bejizga tanlanmagan. U yerdan butun shahar ko‘z o‘ngingizda bo‘ladi va judayam yaxshi o‘qqa tutiladi. Bu harbiylar nuqtai nazaridan. Oddiy odamlar va sayyohlar uchun esa qadimiy Xivaning go‘zal manzaralari ko‘z oldida ochiladi. Ko‘k, yashil va moviy shulalarni aks ettirayotgan qator minoralar osmonni o‘yib kirganday ko‘rinadi.

Ularning ketidan maqbaralarning va masjidlarning yaltiragan gumbazlari ortda qolmaslikka harakat qiladi. U yer, bu yerda ulug‘vor madrasalar ko‘rinadi. Oraliqda esa navbatlashib qal’aning dandanali devorlari, mudofaa minoralari va katta darvozalarining sharpalari ko‘rinadi. Tor aylanma ko‘chalar orasida hukmdorlarning saroylari va naqshinkor keng ayvonlari g‘oyib bo‘ladi.

Mana bu yerda esa 1806-yilda qurilgan Ko‘rinish xona saroyi. Xiva hukmdori shu yerda sharqona mehmondo‘stlik bilan xorijlik mehmonlarni qabul qilar edi. Ularni sharqning me’morchilik an’analari va ichki jihozlarning hashamati maftun qilar, koshinkor gilam naqshlar oldida uzoq vaqt turar edilar.

Mehmonlar ayvonli ichki hovlida sayr qilishni yoqtirishar edi. Uning devorlari o‘simlik va geometrik naqshlar bilan bezatilgan.

Afsuski, kumush bilan bezatilgan ajoyib yog‘och taxt saqlab qolinmagan. Saroyda g‘azna va bebaho qadimiy qo‘lyozmalar saqlanadigan kutubxona ham joylashgan edi.

Saroyning hashamati va Oq Shayx boboning zohidona ko‘rinishi bir-biri bilan keskin farq qiladi. Ular o‘zbek xalq ertaklaridagi qudratli podishoh va kambag‘al darveshga o‘xshaydilar.

Xorazm tarixi.Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x