Sadriddin Ayniy romanlari qissalari. Tarjimai holi.
Yozuvchi, olim va jamoat arbobi Sadriddin Saidmurodzoda Ayniy 1878 yili Buxoro viloyati, Gโijduvon tumanida tugโilgan. Oโzbek va tojik tilida yozgan. Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademigi va birinchi prezidenti (1951โ54), Oโzbekiston Fanlar Akademiyasi faxriy aโzosi (1943), Tojikistonda xizmat koโrsatgan fan arbobi (1940), filologiya fanlari doktori (1948), professor (1950).
Avval eski maktabda (1884โ87), keyin madrasalar: Mir Arab (1890โ91), Olimxon (1892โ93), Badalbek (1894โ96), Hoji Zohid (1896-99), Koโkaldosh (1899-1900)da tahsil olgan. Ahmad Donish va ozarbayjon yozuvchisi Hoja Marogโiyning hamda jadid maโrifatparvarlarining asarlari uning dunyoqarashiga sezilarli taโsir koโrsatadi.
Ayniy Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochadi, ular uchun oโquv qoโllanmalar, ommani ilm-maโrifatga chaqiruvchi sheโr va hikoyalardan iborat ยซYoshlar tarbiyasiยป (1909) darsligini tuzadi. ยซYosh buxoroliklarยป harakatida faol qatnashadi.
1918โ21 yillarda tojikcha, oโzbekcha marsh, qoโshiq va sheโrlar yaratadi. ยซBuxoro jallodlariยป (1922) povesti, ยซBuxoro mangโit amirligining tarixiยป (1921) asarida Buxoroning ijtimoiy-siyosiy hayoti ifodalangan. ยซOdinaยป, ยซQiz bola yoki Xolidaยป (1924), ยซTojik adabiyotidan namunalarยป (1926), ยซQul bobo yoki ikki ozodยป (1928) kabi qissa, hikoya, ocherklari muhim ahamiyatga ega. Ayniy tojik va oโzbek adabiyotlarining ming yillik tarixiy taraqqiyotida yetishib chiqqan 200 dan ortiq shoir, tarixchi, olim, tazkiranavislar hayoti va ijodi haqida maโlumot beradi.
Ayniy 1927-29 yillarda yirik romani ยซDoxundaยปni tojik tilida nashr ettirdi. 1934 yilda esa oโzbek tilida ยซQullarยป romanini yaratdi. Unda oโzbek va tojik xalqining yuz yillik hayoti aks etadi. Ayniyning ยซEski maktabยป (1935) asarida eski maktabdagi oโqish va oโqitish haqida hikoya qilinadi. Yigirmanchi yillarda eโlon qilingan qator hajviy asarlari, ยซYana bu qaysi goโrdan chiqdiยป, ยซPuling halol boโlsa, toโy qilยป (1924), ยซMashrab boboยป, ยซYe, toโnimยป (1925), ยซBilganim yoโqยป, ยซKengashยป (1926) kabi oโzbekcha feletonlari, hajviy sheโr va maqolalari, ayniqsa, ยซSudxoโrning oโlimiยป (1939) hajviy povesti yozuvchining mohir satirik ekanligini koโrsatdi.
Muqanna va Temurmalik boshchiligidagi xalq qoโzgโolonini aks ettiruvchi adabiy-tarixiy ocherklar yozdi. U toโrt qismdan iborat ยซEsdaliklarยปida (1949โ54) Buxoroning oโtmish hayoti va oโsha davr ijtimoiy-madaniy muhitini yoritadi. A. adabiyotshunos, tilshunos, sharqshunos olim sifatida ยซFirdavsiy va uning ยซShohnomaยปsi haqidaยป (1934), ยซKamol Xoโjandiyยป, ยซShayxurrais Abu Ali ibn Sinoยป (1939), ยซUstod Rudakiyยป (1940), ยซShayx Muslihiddin Saโdiy Sheroziyยป (1942), ยซAlisher Navoiyยป (1948), ยซZayniddin Vosifiyยป (uning ยซBadoe ul-vaqoeยป asari haqidaยป), ยซMirza Abdulqodir Bedilยป, Muqimiy, Gโafur Gโulom va Said Nazar haqidagi asarlari oโzbek va tojik adabiyotshunosligi va tanqidchiligida, ยซFors va tojik tillari haqidaยป, ยซTojik tiliยป kabi ilmiy ishlari tojik tilshunosligida muhim voqea boโldi.
Sadriddin Ayniy romanlari:
Sadriddin Ayniy. Qisqacha tarjimai holim |
Sadriddin Ayniy. Doxunda (roman) |
Sadriddin Ayniy. Sudxoโrning oโlimi (qissa) |
ย
Boshqa arboblar va ularning asarlari >>