Bosh sahifa ยป Arboblar ยป Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi. Sadriddin Ayniy tarjimai holi

Sadriddin Ayniy hayoti va ijodi. Sadriddin Ayniy tarjimai holi

by administrator

Sadriddin-Ayniy-hayoti-va-ijodi.-Tarjimai-holiXX asr oสปzbek va tojik adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qoสปshgan atoqli adib, olim va jamoat arbobi Sadriddin Saidmurodzoda Ayniy 1878 yilning 15 aprelida Buxoro viloyati, Gสปijduvon tumanidagi Soktare qishlogสปida dunyoga kelgan. Olti yoshidan maktabga qatnay boshlagan Sadriddin 1890 yilda Buxoroga kelib Mir Arab, Badalbek, Olimxon, Hoji Zohid, Koสปkaldosh madrasalarida tahsil oladi. yangi usul maktablarida muallimlik qiladi.

Sadriddin Ayniy asarlari bu yerda >>>

Buxorolik ulkan maสผrifatparvar Ahmad Donish hamda koสปplab maสผrifatparvarlar asarlari uning dunyoqarashiga sezilarli taสผsir koสปrsatadi. Madrasa tahsili tugagach, Ayniy Buxoroda yangi usuldagi maktablar ochadi, ular uchun oสปquv qoสปllanmalar, xalqni ilm-maสผrifatga chaqiruvchi sheสผr va hikoyalardan iborat โ€œTahsib us-siyobonโ€ โ€“ โ€œYoshlar tarbiyasiโ€ (1909) darsligini tuzadi. โ€œYosh buxoroliklarโ€ harakatida faol qatnashadi.

Sadriddin Ayniy asarlari bu yerda >>>

Sadriddin Ayniy zullisonayn ijodkor boสปlib oktyabr toสปntarishidan keyin oสปzbek va tojik tillarida daสผvatkor sheสผrlar, marshlar yaratadi, ularni โ€œInqilob uchqunlariโ€ (1923) toสปplamida nashr etadi.

Yozuvchi โ€œBuxoro jallodlariโ€ (1922) qissasida amir amaldorlarining dahshatli jabr-zulmini, gunohsiz kishilarning qatl etilishlari, โ€œOdinaโ€ (1927) qissasida esa mehnatkash xalqning ogสปir qismati va fojiali hayotini jonli tasvirlab berdi.

S. Ayniyning dastlabki โ€œDoxundaโ€ romani 1929โ€“1930 yillarda yaratilgan. Unda maสผrifatga intilgan yosh yigitning hayot yoสปli umumlashtirilgan. Keyingi โ€œQullarโ€ romani 1934 yilda Toshkentda oสปzbek tilida, 1935 yilda esa Dushanbeda tojik tilida nashr qilindi.

โ€œSudxoสปrning oสปlimiโ€ (1937) qissasining bosh qahramoni Qori Ishkamba jahon adabiyotidagi Plyushkin va Gobsek kabi mumtoz obrazlar bilan bir qatorda turadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida S. Ayniy โ€œMarshi intiqomโ€, โ€œMuqanna qoสปzgสปoloniโ€, โ€œTemur Malikโ€ kabi vatanparvarlik ruhidagi ilmiy va badiiy asarlarini yaratdi. U xalq ijodidan, folklor asarlaridan keng foydalangan holda โ€œYetti boshli devโ€ asarini yozdi. Yigirmanchi yillarda eสผlon qilingan qator hajviy asarlari, โ€œYana bu qaysi goสปrdan chiqdiโ€, โ€œPuling halol boสปlsa, toสปy qilโ€ (1924), โ€œMashrab boboโ€, โ€œYe, toสปnimโ€ (1925), โ€œBilganim yoสปqโ€, โ€œKengashโ€ (1926) kabi oสปzbekcha feletonlari, hajviy sheสผr va maqolalari, ayniqsa, โ€œSudxoสปrning oสปlimiโ€ (1939) hajviy qissasi yozuvchining mohir satirik ham ekanligini koสปrsatadi.

Sadriddin Ayniy asarlari bu yerda >>>

S. Ayniyning Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda yaratgan asarlari orasida toสปrt jildlik โ€œEsdaliklarโ€i (1949โ€“1954) alohida ajralib turadi. โ€œEsdaliklarโ€, โ€œSudxoสปrning oสปlimiโ€ qissalari, shuningdek, โ€œDoxundaโ€ va โ€œQullarโ€ romanlari bolgar, nemis, polyak, venger, xitoy, fransuz, rumin, hind, chex va boshqa tillarga tarjima qilingan. S. Ayniy zukko olim, tarixchi va adabiyotshunos sifatida oสปzbek va tojik adabiyoti tarixi borasida salmoqli ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Uning Oสปrta Osiyolik buyuk shoir, olim va mutafakkirlar โ€“ Rudakiy, Saสผdiy, Ibn Sino, Vasfiy, Bedil, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi siymolar haqida yozgan ilmiy asarlari nihoyatda qimmatli. Ana shunday salmoqli tadqiqotlari uchun unga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan.

Adib Oสปzbekiston Fanlar akademiyasining faxriy aสผzosi, Tojikiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aสผzosi etib saylandi. Bir necha yillar Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat dorilfununining professori, Tojikiston Fanlar akademiyasi tashkil topgan kundan boshlab uning prezidenti sifatida xizmat qilgan.

Sadriddin Ayniy 1954 yilning 15 iyulida Dushanbe shahrida vafot etdi. Vafotidan keyin Oสปzbekiston va Tojikistondagi bir qator shahar, tumanlar, qishloqlar, koสปchalar, maktablar, kutubxonalar, sanสผat va madaniyat muassasalariga Sadriddin Ayniy nomi berildi. Samarqandda Ayniy yodgorlik uy-muzeyi ochildi. Vatan va xalq oldidagi unutilmas xizmatlari inobatga olinib, 2001 yilda โ€œBuyuk xizmatlari uchunโ€ ordeni bilan taqdirlandi.

Boshaqa arboblar >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x