Mundarija
Amir Temur avlodlari.
Sahifamiz orqali Sohibqiron – Amir Temur avlodlari yani farzandlari shajarasi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.
SOHIBQIRON AMIR TEMUR (1336-1405)
Amir Temur ― buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. Uning 4 ta o‘g‘li va 2 ta qizi bor edi: o‘g‘illari ― Jahongir Mirzo,Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohrux Mirzo; qizlari ― Tog‘ay shoh Begim, Sulton Baxt Begim.
JAHONGIR MIRZO VA UNING AVLODLARI
Jahongir Mirzo (1356-1376) katta qobiliyat egasi, talantli harbiy sarkarda va diplomat diniy tasavvuf bilimdoni, bir qator dunyoviy fanlarni yaxshi bilgan, valiaxdlikka layoqatli shaxzoda edi. U 20 yoshida 1376 yilda kasallikdan vafot etadi. Uning 2 ta o‘g‘li bo‘lgan – Muhammad Sulton va Pirmuhammad Mirzo
Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida bolalar uchun she’rlar
UMARSHAYX MIRZO VA UNING AVLODLARI.
Umarshayx Mirzo (1356-1394) ― yirik harbiy sarkarda, qobiliyatli siyosiy arbob, o‘tmish ma’naviy merosini xurmat qilgan, avliyo-yu, pirlarga izzat-xurmati cheksiz bo‘lgan. Umarshayx Mirzo mug‘ul bosqinchlariga qarshi Farg‘onada bo‘lib o‘tgan janglarda faol ishtirok etgan. U 1394 yilda Forsda jang vaqtida vafot etadi. Uning 6ta o‘g‘li bo‘lgan – Pirmuhammad Mirzo, Rustam Mirzo,Iskandar Mirzo, Saydi Ahmad Mirzo, Boyqaro Mirzo.Ahmad Mirzo. 6ta o‘g‘li bo‘lgan – Pirmuhammad Mirzo, Rustam Mirzo,Iskandar Mirzo, Saydi Ahmad Mirzo, Boyqaro Mirzo.Ahmad Mirzo.
JALOLIDDIN MIRONSHOX VA UNING AVLODLARI.
Mironshox Mirzo (1366-1408) ― Amir Temurning uchinchi o‘g‘li bo‘lib,u G‘arbiy Eron, Iroq, Ozarbayjon viloyatlari hokimi bo‘lgan.U qobiliyatli harbiy sarkarda va siyosiy arbob, qo‘rqmas va jasur jangchi, talantli diplomat, chuqur bilim va ilmli shahzoda edi. Buyuk davlat arbobi va shoir Zaxiriddin Muhammad Bobur xam Mironshox Mirzoning naslidan bo‘lgan. Afsuski, Mironshox Mirzoning do‘st-dushmanni ajrata olmasligi, kayfu-safoga moyilligi o‘ziga topshirilgan xududni adolat bilan boshqarishida to‘sqinlik qilgan. 1408 yilda21- aprelda Mironshoh Ozarboyjonning Sardrud mavzesida Qora Quyunli turkmanlar boshlig‘i Qora Yusuf bilan bo‘lgan urushda halok bo‘ladi. Mironshox Mirzoning 6 ta o‘g‘li bo‘lgan – Abu Bakr Mirzo, Umar Mirzo, Halil Sulton Mirzo, Suyurtg‘amish Mirzo, Iyjal Mirzo, Sulton Muhammad Mirzo.
SHOHRUH MIRZO VA UNING AVLODLARI.
Shoxruh Mirzo (1377- 1447) Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li bo‘lib, Xuroson, Mozandoron, Seiston, G‘arbiy Eron, Iroq, Ozarbayjon hokimi bo‘lgan. U yirik davlat arbobi, mohir diplomat, dunyoviy ilmlarni yaxshi bilgan, zehni o‘tkir, irodali, komil inson, harbiy sarkarda, ilmu-fan namoyondalariga homiy bo‘lgan .Shoxruh Mirzoning 6 ta o‘g‘illari bo‘lgan- Jon O‘g‘lon,Ibrohim Sulton Mirzo, Muxammad Jo‘ki Mirzo,Muxammad Yoriy Mirzo, Suyug‘artmish Mirzo, Ulug‘bek Mirzo.
TAG‘AY SHOH BEGIM
Tag‘ay Shoh begim – Amir Temurning katta qizi bo‘lib, tug‘ilgani yili noma’lum. Tag‘ay Shoh begimni Amir Musoning o‘g‘li Muhammadbekka nikoh qilganlar. Undan 1ta o‘g‘il qolgan.Uning nomi Sulton Xusayn Mirzo bo‘lgan. Tag‘ay Shoh begim 1382 yilda og‘ir kasallikdan vafot etadi.
SULTON BAXT BEGIM
Sulton Baxt Begim- Amir Temurning ikkinchi qizi bo‘lib, tug‘ilgani yili noma’lum. Sulton Baxt Begim amir Dovud dug‘lotning o‘g‘li amir Sulaymonshohga nikoh qilingan. Amir Sulaymonshoh Amir Temurning opasi Turkon oqaning o‘g‘li bo‘lgan. Sulton Baxt Begim 1430 yilda Nishopurda vafot etadi.
Tavsiya etamiz: Amir Temur haqida qiziqarli tarixiy faktlar