Bosh sahifa » Arboblar » Usmonov Erkin hayoti va ijodi

Usmonov Erkin hayoti va ijodi

by administrator

Usmonov Erkin hayoti va ijodi

Tarjimai holi.

Usmonov Erkin hayoti va ijodi haqida. Jurnalist va nosir Erkin Usmonovda adabiyotga, ijodga havas erta uyg‘ongan bo‘lib, ilk adabiy saboqni «Yosh adabiyotchilar» to‘garagida olgan. Adib tarjimon sifatida bir qator adiblarning asarlarini rus va ingliz tillaridan o‘zbek tiliga ag‘dargan. Adibning keyinchalik yaratgan hikoya va qissalari ham talabchan adabiy jamoatchilik e’tiborini tortgan. Shuningdek, u bir qator tele va radiopesalar muallifi hamdir.

Jurnalist va nosir Erkin Usmonov 1952 yili Toshkentda tavallud topgan.

U voyaga yetgan oila san’atkorlar oilasi sifatida el-yurtga tanilgan. Bobosi mashhur xalq ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Usta Usmon, otasi esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirsoat Usmonovdir.

Ijodi.

O‘zi o‘rta maktabdan so‘ng Toshkent Davlat chet tillar institutini tugatgan. Qurilishda, yoshlar teatrida, «O‘zbektelefilm» studiyasida ishlagan.

«Mosfilm» qoshidagi maxsus kavaleriya – kino polkida harbiy xizmatni o‘tagan. Qariyb yigirma yil mobaynida O‘zbekiston radiosining adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh tahririyatida turli vazifalarda ishlagan.

Erkin Usmonovda adabiyotga, ijodga havas erta uyg‘ongan bo‘lib, ilk adabiy saboqni «Lenin uchquni» (hozirgi «Tong yulduzi»), gazetasi qoshidagi «Yosh adabiyotchilar» to‘garagida olgan. «K. K.» nomli ilk fantastik hikoyasi ham ushbu gazetada 1967 yilda bosilgan. Mazkur hikoya o‘sha yilgi yosh ijodkorlarning «To‘yona» tanlovida ikkinchi sovrinni olgan.

Erkin Usmonov asarlari zamonaviy mavzularda bo‘lib, ularda insonlar o‘rtasidagi samimiyat va olijanoblik, halollik va ezgulik, go‘zallik va ma’naviy poklik kabi yuksak fazilatlar ardoqlanadi. Xususan, bu narsa adibning «Dilingda darding bo‘lsa» qissasida, ayniqsa, bo‘rtib turadi.

Adib tarjimon sifatida Karel Chapek, Grin, Paustovskiy, Anor kabi adiblarning asarlarini rus va ingliz tillaridan o‘zbek tiliga ag‘dargan.

Adibning keyinchalik yaratgan «Gunafsha», «O‘g‘ildan sovg‘a keldi», «Olam nurga to‘ladi» singari hikoya va qissalari ham talabchan adabiy jamoatchilik e’tiborini tortgan. Shuningdek, u «Yuk ko‘targan odam», «Xonadagi to‘rt kishi», «Onaginam», «Yaxshilik» kabi bir qator tele va radiopyesalar muallifi hamdir.

2016 yil 14 dekabrda vafot etgan.

Boshqa arboblar

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x