Bosh sahifa » Arboblar » Xurshid Do’stmuhammad hayoti va ijodi. Asarlari

Xurshid Do’stmuhammad hayoti va ijodi. Asarlari

by administrator

Xurshid Doʻstmuhammad hayoti va ijodi

Xurshid Do’stmuhammad hayoti va ijodi

Jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad 1951 yili Toshkentda tug‘ildi. O‘rta maktabni bitirgach, 1969-1973 yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida o‘qidi. «Fan» nashriyotida, «Fan va turmush» jurnalida, «Qishloq haqiqati» gazetasida ishladi. 1986 yildan «Yosh kuch» jurnalida bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, bosh muharrir sifatida faoliyat ko‘rsatdi.

TAVSIYA ETAMIZ : Xurshid Do’stmuhammadning ASARLARI >>

Ish faoliyati

Respublikada ilk bor nashr etilgan «Hurriyat» mustaqil gazetasida bosh muharrirlik qildi, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasida hamrais, «O‘zbekiston matbuoti» jurnalining bosh muharriri vazifalarida ishladi. Hozirgi kunda Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida faoliyat olib bormoqda.

U adabiyotshunos sifatidagi maqolalari bilan ham e’tiborga tushgan, filologiya fanlari nomzodi.

Xurshid Do‘stmuhammad yapon adibi Akutagava Ryunoskening «Rasyomon darvozasi» hikoyasini, Temur Po‘latovning «Etti huzur-halovat va qirq qayg‘u-alam» romanini o‘zbekchalashtirgan.

Hikoya va kitoblari

Adibning dastlabki hikoyasi 1981 yili «Guliston» jurnalida, «Nigoh» nomli birinchi qissasi esa 1987 yili «Yoshlik» jurnalida e’lon qilingan. «Hovli etagidagi uy» nomli birinchi kitobi 1989 yili nashr etilgan. Shundan buyon uning «Panoh», «Oromkursi», «So‘roq», «Sof o‘zbekcha qotillik», «Hijronim mingdir mening» qissalari, «Bozor» romani va o‘nlab hikoyalari chop etildi. Adibning «Jajman» (1995) kitobidan bir necha qissalari qatori «Mahzuna», «Jajman», «Ibn Mug‘anniy», «Yolg‘izim – siz», «Ko‘z qorachig‘idagi uy» singari hikoyalar ham joy olgan. Adib «Bozor» romani, «Hijronim mingdir mening» va «Ozod iztirob quvonchlari» kitoblari uchun 2000 yilgi «Ofarin» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

TAVSIYA ETAMIZ : Xurshid Do’stmuhammadning ASARLARI >>

Ssenariy muallifi

Xurshid Do’stmuhammad hayoti va ijodi. Ssenariy muallifi sifatida yaratilgan «Chayongul» televizion badiiy filmi (2000) keng tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. «Jimjitxonaga yo‘l», «Nusxakashning merosxo‘ri», «Beozor qushning qarg‘ishi» va «Jim o‘tirgan odam» hikoyalari adibning keyingi yillar ijodida yangi sahifa ochdi.

Boshqa arboblar >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x