Bosh sahifa » Arboblar » Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi.

Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi.

by administrator

Chingiz Aytmatov hayoti ijodi

Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi.

Chingiz Toʻraqulovich Aytmatov (qirgʻ. Чыңгыз Төрөкул уулу Айтматов; 12-dekabr, 1928–10-iyun, 2008. Qirgʻizistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tugʻilgan) — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968). „Sarvqomat dilbarim“ („Dovon“), „Boʻtakoʻz“ („Jazirama“), „Birinchi muallim“, „Jamila“ kabi asarlari bilan mashhur.

Qirgʻizistondagi Talas vodiysidagi Shakar ovulida tugʻilgan. Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan (1953). 1956–1958-yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirgʻiz va rus tilida yozadi. Ilk hikoyalari 1950-yillarda bosilgan. „Bay-damtol sohillarida“ (1955), „Yuzma-yuz“ (1957) asarlari oʻtkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. „Jamila“ (1958), „Sarvqomat dilbarim“ (1961), „Boʻtakoʻz“, „Birinchi muallim“ (1962), „Momo yer“, „Somon yoʻli“ (1963), „Alvido, Gulsari“ (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan ta-rannum etilgan. Chingiz Aytmatovning „Togʻ va choʻl qissalari“ turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning „Oqkema“ (1970) qissasida insoniy goʻzallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. „Oq kema“ kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ (1977) qissasida muhim maʼnaviy masalalar, shoʻro davridagi hayotning mashʼum manzaralari oʻz ifodasini topgan. „Asrga tatigulik kun“ (1980), „Qiyomat“ (1986), „Kassandra tamgʻasi“ (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.

Tavsiya etamiz: “Manqurtlik va zamonamiz” mavzusidagi insho.

Oʻtmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga loqayd, itoat-u, buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuygʻu, noziq hissiyotlari soʻngan manqurt obrazi tasviri Aytmatov ijodining muhim qirralaridan biri boʻldi. Yozuvchining „Choʻqqida qolgan ovchining ohi zori“ (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) asari maʼnaviyatga bagʻishlangan. Aytmayov prozasida ruhiyat tahlili anʼanaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uygʻunlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir.

Aytmatovning asarlari jahonning 176 tiliga tarjima qilinib, 20 milliondan ortiq nusxada chop etilgan (1999). „Sarvqomat dilbarim“ („Dovon“), „Boʻtakoʻz“ („Jazirama“), „Birinchi muallim“, „Jamila“, „Alvido, Gulsari“ va boshqa ekranlashtirilgan, oʻzbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. „Momo yer“ asariga I. Akbarov musiqa yozgan. Adib 2008-yilning 10-iyunida Germaniyaning Nyurnberg shahrida vafot etgan.

Faoliyati.

  • 1966–1989-yillarda Qirg‘iz SSR tomonidan SSSR Oliy Sudi Millatlar kengashining 7-11 chaqiruvlar deputati.
  • Qirg‘iz SSRning 330-sonli Frunzensk-Pervomaysk ma’muriyatidan Oliy Kengashning 9-chaqiruviga saylangan,
  • Millatlar kengashining tashqi ishlar hay’ati a’zosi. SSSR Xalq deputati (1989–1991 yillar),
  • U „Inostrannaya literatura“ (Moskva) jurnaliga muharrir (1980–1990),
  • 1990-yildan sobiq SSSRning, soʻng Rossiya Federatsiyasining,
  • 1991-yildan Qirgʻiziston Respublikasining Lyuksemburg, Belgiyadagi elchisi,
  • SSSR Prezidentlik kengashi a’zosi, Qirg‘iziston markaziy qo‘mitasi Kompartiyasi a’zosi,
  • SP SSSR va SK SSSR kotibiyati a’zosi, Qirg‘iz SSR Tergov qo‘mitasi boshqarma raisi,
  • Osiyo va Afrika mamlakatlari o‘rtasidagi birdamlikni qo‘llash ittifoqi qo‘mitasining boshqaruvchilaridan biri,
  • “Xorijiy adabiyot” jurnali muharriri, “Issiq Ko‘l forumi” xalqaro intellektual harakati tashabbuskori.

Asarlari.

  • „Yuzma-yuz“
  • „Sarvqomat dilbarim“
  • „Somon yoʻli“ (1963)
  • „Momo yer“
  • „Alvido, Gulsari“ (1966)
  • „Oq kema“
  • „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ (1977)
  • „Hoshim“
  • „Gazetachi Dzyuydo“
  • „Oq yomgʻir“
  • „Sepoyachi“
  • „Qiyomat“ (1986)
  • „Birinchi muallim“ (1962)
  • „Asrga tatigulik kun“
  • „Kasandra tamgʻasi“ (1990)
  • „Erta qaytgan turnalar“ va boshqalar.

Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi

Tavsiya etamiz: “Asrga tatigulik kun” romani haqida insho.

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar