“Asrga tatigulik kun” haqida insho.
Reja:
1.KIRISH QISM.Chingiz Aytmatov jahon adabiyoti namoyondasi.
2.ASOSIY QISM.
1.Asrga tatigulik kun romanining asl mohiyati
2.Odamlar taqdiri misolidagi oʻzlikni anglash singari tushunchalar.
3.XULOSA.Asardan chiqargan foydali xulosalarim.
Chingiz Aytmatov jahon adabiyoti namoyondasi.
Turkiy xalqlar iftixori,jahon adabiyoti namoyondasi Chingiz Aytmatov hisoblanadi.Uning asarlar dunyoning 191 tiliga tarjima qilingan.Chingiz Aytmatov 1928-yilning 12-dekabrida Qirgʻizistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tugʻilgan.Bolaligidan hayot qiyinchiliklarini tatigan.Bobosi Aytmat qoʻli gul hunarmand va ajoyib qoʻbizchi boʻlgan.Otasi Toʻraqul Aytmatov rus-tuzem maktabida tahsil koʻrgan,oʻqimishli,fikri tiniq tashkilotchi odam edi.Respublika miqyosidagi katta lavozimlarida turib,Qirgʻizistonda savodsizlikni tugatish,yurtga zamonaviy madaniyatni olib kirish yoʻlida astoydil mehnat qiladi.
Ular oilada toʻrt farzand boʻlgan.Otasi 1937-yilda qatagʻonga uchrab qamaladi.Shundan keyin ularning turmushi ogʻir kechadi.Buvisi har yozda uni togʻga olib ketardi.”U buvisi hurmatga sazovor ayollardan biri boʻlganini taʼkidlab menga qiziqarli ertak hikoyalar aytib berib oʻzi sezmagan holda oʻz tilimni sevishga hurmat qilishga oʻrgatganiga hech shubham yoʻq”- deydi.Buvisi koʻp oʻtmay vafot etadi.Otasi ham qamalganidan keyin u ishlay boshlaydi.Otasidan soʻng oila boshiga koʻp bir savdolar tushadi.Onasi Naima Aytmatova ham oʻqimishli,qishloqning ilgʻor ayollaridan biri,oqila ayol boʻlgan.U oʻn yoshida dehqon mehnatining barcha zahmatidan tatib koʻrgan.
Bir yildan soʻng oila rayon markazi-Kirov nomidagi rus qishlogʻiga koʻchib oʻtadi,onasi hisobchi boʻlib ishga kiradi, u esa rus maktabda oʻqiy boshladi.Oilaning turmush sharoiti endi yaxshilanayotgan pallada urush boshlanib qoladi.1942-yilda oʻqishni tashlashga toʻgʻri keladi.Chunki onasi hammasini oʻqitishga imkoni boʻlmagan.U yana Shakarga qaytib keladi,ovul urush iskanjasida boʻlgan.Boshqa odam topilmagach uni qishloq kengashiga kotib etib tayinlanadi,oʻsha vaqtda u 14 yoshda boʻlgan.Urush yillari soliq agenti.traktorchilar brigadasi hisobchisi boʻlib ishlagan.
Tavsiya etamiz: Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi.
1946-yil 8-sinfni bitirgach,Jambul zoovettexnikumiga oʻqishga kiradi.U yerni bitirgach,a’lochi oʻquvchi sifatida Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi institutiga oʻqishga kiradi va bu yerni ham a’lo baholarga bitiradi.Yoshligidan badiiy adabiyotga oshno boʻlganligi sababli 1956-yil Moskvadagi Oliy adabiyot kursiga oʻqishga kiradi.1958-1960-yillarda “Literaturniy Kirgizstan” jurnalida muharrir,1961-yil “Pravda” gazetasining Oʻrta Osiyo va Qirgʻiziston boʻyicha maxsus muxbiri boʻlib ishladi.1962-yilda Qirgʻiziston Kinematografiya kengashi raisi boʻldi.1988-1990-yillarda butunittifoq “Inostrannaya literatura” jurnalining bosh muharriri boʻldi.1991-yildan boshlab,Qirgʻiziston va Rossiya Federatsiyasining Lyuksemburg va Belgiyadagi elchisi boʻlib ishladi.Zamonamizning ulugʻ yozuvchisi Chingiz Aytmatov 2008-yilning 10-iyunida sakson yoshida ogʻir kasallikdan vafot etdi.
Asrga tatigulik kun romanining asl mohiyati.
Azaldan ma’lumki,mehnatsevarlik-inson qadr-qimmatini belgilovchi mezonlardan biridir.Shu ma’noda Edigey Jongeldin yoki uni yaxshi bilganlarning ta’biri bilan aytganda,Edigey Boʻron chinakam-mehnatkash.Aytishlaricha,u zaminni yelkasida tutib turganlardan biri.Edigeyning hayoti oʻz davri bilan shu qadar payvand boʻlib ketganki,oʻylashimcha uning insoniy mohiyati ham shunda-oʻz zamonasinig farzandi ekanida.Xuddi shuning uchun ham romanda tilga olingan muammolarni urush qatnashchisi,temiryoʻl ishchisi Edigey taqdiri orqali koʻrsatish muhim edi.Biroq “mehnatkash” tushunchasiga u “oddiy bir banda” boʻlgani,ter toʻkib yer haydagani yoki boʻlmasa podachilik qilgani tufayli,sigʻinmoq kerak degan fikrdan yiroq boʻlgan.Edigey Boʻron tabiatangina yoki kasb koriga koʻra mehnatkash boʻlib qolmay,qalban ham mehnatkashdir.Qalban mehnatkash insongina oʻzini shunday botiniy savollarga tutadiki…bunday savolga kimsalarning javobi doimo tayyor boʻladi.
Odamlar taqdiri misolidagi oʻzlikni anglash singari tushunchalar.
Insonlar hayotida turli xil sinovlar mavjud.Bizga berilayotgan sinovlar ham aslida bizni to’g’ri yo’lga boshlovchi yo’ldir.Aslida bizga tekis bo’lib ko’ringan xayot yo’llari ham aslida bir tekkis emas.Taqdir bu inson xayoti davomida nimalarni boshidan kechirishi.Bu romanda ham bejizga Asrga tatigulik kun deb aytilmagan.Inson xayotida ba’zi bir kunlar borki ular asrga tatiydi.Ularni insonlar ko’p yillar xayollaridan chiqarishmaydi.
Asardan chiqargan foydali xulosalarim.
“Asrga tatigulik kun” romanida aytilganidek hozirgi kunda Sobitjonga o’xshagan zamonaviy manqurtlar ham bor.Bunday odamlar faqat o’zini o’ylaydi.Ular milliy urf-odatlarni mensishmaydi.Agar inson xudbin bo’lsa u ham manqurtga aylana boshlaydi.Manqurtlikdan qutulishning yagona yo’li bu yaxshilik qilishdir.Agar siz kimgadir kerakli paytda,kerakli joyda yordam ko’rsatsangiz ,demak siz insonsiz.Agar siz kimgadir yordam bera olsangiz-u ,ammo yordam bermasangiz demak sizning o’zingizga yordam kerak deganidir .
“Asrga tatigulik kun” haqida insho.
Tavsiya etamiz: “Manqurtlik va zamonamiz” mavzusidagi insho.