Bosh sahifa » Arboblar » Usmonov O’ktam tarjimai holi

Usmonov O’ktam tarjimai holi

by administrator

Usmonov O'ktam tarjimai holi

Tarjimai holi

Usmonov O’ktam tarjimai holi haqida. Iste’dodli adib va jurnalist O‘ktam Usmonov ijodining boshlanishi 50-yillarning so‘ngi, 60-yillarning boshlariga to‘g‘ri keladi. Hikoyalarida adibning inson va insoniylik haqidagi mushohadalari rang-barang obrazlar, hayotiy detallarda umumlashtiriladi.

 O‘ktam Usmonovning «Girdob» romanida adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi kurash mahorat bilan tasvirlangan.

O‘ktam Usmonov mazkur roman O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Iste’dodli adib va jurnalist O‘ktam Usmonov qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin oladigan «Girdob» kabi ajoyib roman qoldirib ketgan san’atkordir.

U 1938 yilda Toshkent viloyatining Qibray tumani Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi.

O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Toshkent pedagogika institutiga kirib o‘qidi. Uni muvaffaqiyatli tugatgach, avval respublika gazetalarida xizmat qildi. 1972-1982 yillarda respublika partiya Markaziy Qo‘mitasida mas’ul vazifada, so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib hamda «O‘zbekiston ovozi» gazetasida bosh muharrir vazifalarida ish olib bordi.

Hikoyalari

O‘ktam Usmonovning birinchi hikoyalar to‘plami 1964 yilda «Guldasta» nomi bilan chop etildi. Shundan so‘ng 1965 yilda «Bahs boylashgan bola», 1970 yilda esa «Bahor chaqmoqlari» nomli hikoyalari va ilk qissasi nashr etiladi. So‘ngra adibning «Notinch kecha» (1976), «Sirli sohil» (1981) kabi hikoyalar to‘plami o‘quvchiga taqdim etiladi. Ushbu hikoyalarda adibning inson va insoniylik haqidagi mushohadalari rang-barang obrazlar, hayotiy detallarda umumlashtiriladi.

U qissanavis sifatida «Bahor chaqmoqlari», «Kishan», «Qismat» kabi bir qator jiddiy asarlar ham yaratdi. So‘nggi ikki asar adabiy tanqidchilik tomonidan yaxshi baholandi. O‘ktam Usmonov ijodida «Girdob» (1979) romani alohida o‘rin tutadi. Unda adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi kurash mahorat bilan tasvirlangan.

Adib 1990 yil 3 yanvarda vafot etgan.

Boshqa arboblar

Manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x