Maxmur hayoti va ijodi.
Maxmur hayoti va ijodi haqida
Maxmur taxallusi bilan qalam tebratgan Maxmud Mulla Shermuhammad oสปgสปli XIX asr birinchi yarmi oสปzbek mumtoz adabiyotining eng yirik namoyandalaridan biridir. U XVIII asrning oxirgi choragida Qoสปqon shaxrida, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Otasi Mulla Shermuhammad โ Akmal taxallusi bilan sheสผrlar yozib, XIX asr boshlari Qoสปqon adabiy hayotida koสปzga koสปrinarli oสปrin tutgan, oสปzbek va fors tillarida sheสผrlaridan ikki devon tartib etgan. Akmal Amir Umarxon saroyida toสปplangan koสปpsonli ijodkorlar jumlasidan boสปlib, sheสผriyat muxlislari oสปrtasida nom chiqargan va shu bois Fazliy Namangoniy tuzgan โMajmuat ush-shuaroโ tazkirasida bir necha bor hurmat bilan tilga olingan, asarlaridan namunalar keltirilgan.
TAVSIYA ETAMIZ : MAXMUR GโAZALLARI VA SHEโRLARI
Maxmur yosh chogสปidan boshlab otasi tashabbusi bilan uyushtirilgan mushoiralarda, adabiy suhbatlarda ishtirok etish imkoniga ega boสปldi. Maxmurning Qoสปqondagi Madrasai Mirda chuqur tahsil olganligi, jumladan, fors tilini mukammal egallaganligi maสผlum, uni tugatgandan keyin, oสปzi qayd etganidek, maสผlum muddat sarbozlik-sipohiylik qilgan. Bu haqda Maxmur oสปz sheสผrlarining birida anสผanaviy faxriya uslubida โham ilmu fanda, ham sipohliqda mohiram, jang kunida botir qahramonamโ, deb gสปururlanadi. Xuddi shu oสปrinda oสปzining โsheสผr ilmidagiโ mahorati haqida soสปz yuritadi. Bir namunada oilasi va uch farzandi borligi toสปgสปrisida soสปz yuritsa, bir qator sheสผrlarida shaxsiy hayotidagi yetishmovchilikdan shikoyat qiladi, moddiy qiyinchilikdan nola qiladi, turmush tashvishlari yuzasidan figสปon chekadi.
Shoir Qoสปqon xoni Amir Umarxon nomiga yozilgan sheสผriy arizasida oสปzining nihoyatda ogสปir iqtisodiy sharoitini kuvonch bilan bunday tasvirlaydi:
ย
Kechalar yotgani na koสปshim bor,
Kunduzi ichgani na noสปshim bor.
Bir hovuch na uyimda gสปallam bor,
Ikki gaz na boshimda sallam bor.
Boshimda gaz desamki, sallam yoสปq,
Salla desam uyimda gสปallam yoสปq!
TAVSIYA ETAMIZ : MAXMUR GโAZALLARI VA SHEโRLARI
Maxmur hayotda botirsoสปz, dovyurak, qoสปrqmas kishi boสปlgan, tabiatan munofiqlik va riyokorlikni, ayni zamonda qatสผiy qoralovchi, hiyla-nayrang va qingสปir ishlarni yoqtirmaydigan, noziqdil va serjahl, oสปz qadr qimmatini yuqori tutuvchi inson boสปlgan. Shoir tabiatidagi bu belgilar bir qator zamondoshlari va yuqori lavozimdagi amaldorlar bilan sovuq munosabatlarni shakllantirganidek,ijodida shaxsiy yoสปnalishdagi turkum hajviyalarning yaratilishiga ham turtki boสปlgan.
Maxmurning qancha umr koสปrgani maสผlum emas. Ammo uning vafoti sanasi Qori Qunduziy Komiyning tarixi orqali aniq qayd etilgan. U Maxmurning hijriy 1279, milodiy 1844 yilda Qoสปqonda vafot etganligini maสผlum qiladi.
Asrimizning elliginchi yillariga qadar Maxmurning ijodiy faoliyati va u qoldirgan adabiy meros xususida juda cheklangan maสผlumotlarga ega edik. Adabiyotshunoslik ilmiga uning Fazliy tazkirasidan oสปrin olgan besh gสปazali hamda Muqimiyning hajviy taxmisiga asos boสปlgan Hapalak qishlogสปi haqidagi gสปazaligina maสผlum edi. 1950 yilda mumtoz adabiyotimizning yetuk bilimdonlari Poสปlatjon Qayumov va Asqarali Charxiylar saสผy-harakatlari tufayli Qoสปqonda Maxmurning qariyb uch yarim ming misrani oสปz ichiga olgan oสปzbek va forsiy tillardagi sheสผriy toสปplami topildi hamda adabiyotshunos olim A. Qayumovning qator tadqiqotlari orqali ilmiy doiraga tortildi, keng jamoatchilik hukmiga havola qilindi.
Maxmur asarlari haqida
Maxmurning hozircha ilmga maสผlum asarlarining hammasi, beistesno, oสปz mazmun va ruhiga koสปra hajviy va tanqidiy yoสปnalishdadir.
Mumtoz sheสผriyatimizning gสปazal, masnaviy, muxammas va qasida turlarida yaratilgan bu asarlar ijtimoiy hajviyotning Maxmur ijodida yanada yuqori bosqichga koสปtarilganini isbotlovchi badiiy hujjatlardir. Shoir XIX asr birinchi yarmidagi mavjud tuzumning koสปpdan-koสปp illatlarini, oสปsha zamonadagi hukmron adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlik, zoสปravonlik va huquqsizlikni ayovsiz fosh etadi. โHojatlar chiqaruvchi qozi dargohiga munojotโ deb nomlangan muxammasidagi quyidagi misralari mavjud adolatsiz tuzumga kuchli qahr gสปazabni ifodalaydi va oสปsha tuzumga aybnomadek jaranglaydi.
ย
Qaysi bir zulmung etay teสผdod, garduni dun?
Kim, sening bedodu javring haddi gสปoyatdin burun!..
Jamสผi donolarni qilding holini zoru zabun,
Zogสปni aสผlo qilib, toสปtini nodon aylading!
ย
Oสปrni kelganda aytib oสปtish kerakki, oสปn bir banddan iborat boสปlgan bu muxammasning olti bandi forscha yozilgan. Ammo, bu bandlarning ham beshinchi misralari hamda umumiy radif oสปzbekchadir.
Maxmur hajviyoti va tanqidiy sheสผrlarining deyarli barchasi oddiy bechora shaxs tilidan va nuqtai nazaridan mavjud ijtimoiy-iqtisodiy hayot va kundalik turmush tashvishlari toสปgสปrisidagi achchiq haqiqat bayoni tarzida yaratilgan va xuddi shu bois xalqchil ruh egallagan. Mehnatkash ommaning, xususan, dehqon ahlining och-yalangสปoch hayoti, oสปlkani qurshagan vayronagarchilik va xarobazorgaaylangan qishloqlarning achinarli manzarasi Maxmur hajviyotiga zamin boสปlgan. โDar sifati qishloqi Hapalakki, ba mahdum Maxmur taalluq yoftaโ deb nomlangan asarida juda jonli taสผsirchan chizilgan:
ย
Turfa qishloqi gสปazab kardaxi, parravdalari,
Tovuqi ignachiyu oสปrdagu gสปozi โ kapalak.
ย
Boru yoสปq uylarini banda bayon gar qilsam:
Bir katak, ikki kapa, uch olachuq, toสปrt katalak.
ย
Uy demak, balki, zaminkandur, agar kirsa kishi,
Har taraf betiga urgaylar aning koสปrshapalak.
ย
Xalqini koสปrsang agar oสปlasiyu qoqu xarob,
Ochlikdin egilib qomati โ misli kamalak.
ย
Ajirigสป tomurini oสปgสปurida mayda tuyub,
Qaynatib kunda ichar, otuni qoสปyub sumalak.
TAVSIYA ETAMIZ : MAXMUR GโAZALLARI VA SHEโRLARI
Vayrona qishloqlar va ularda kun koสปruvchi bechora dehqon ahli mavzui Maxmurning boshqa sheสผrlarida ham, jumladan Qurama viloyatiga bagสปishlangan hajman kattagina muxammasida shunday tanqidiy ruhda hayotiy ishlangan.
Maxmur hajviyalarining qoสปpchiligi oสปsha zamonning koสปzga koสปringan amaddorlarining kirdikorlarini, aldamchixasisliklarini, inson sifatida tuban feสผlatvorlarini fosh etishga bagสปishlangan. Shoir ularni shaxsan juda yaxshi tanigan, iflos qilmishlaridan toสปla xabardor boสปlgan va shu bois oสปz hajv oสปqlarini ulardagi yetakchi nuqsonlarga bexato urgan. โXoja Mir Asad hajviโda oสปta muttaham shaxsning mugสปombirliklari kulgili voqea bayonida fosh etilsa, โHajvi Atoyi poraxoสปr ayni savobi akbarastโ, yaสผni โAtoyi poraxoสปrga hajv yozish ulugสป bir savobdirโ โ misrasi bilan boshlanuvchi asarida poraxoสปrlik fosh etilgan.
โQozi Muhammad Rajab avj sifatlariโ deb nomlangan hajviyada shoir takabburlik bilan oสปzini poqdomon va bilimdon tutuvchi, aslida esa axloqan tuban va batamom omi, noสปnoq boสปlgan qozining ijtimoiy qiyofasini chizadi:
ย
Ajab qoziyi qohili, johile,
Boสปlub omiylik ilmiga komile.
ย
Aning koสปksini chok qilsang hama,
Gสปilu gashini pok qilsang hama.
ย
Adamdur, โalifโ anda qoสปp izlama,
Bu narxarni qozi debon sizlama!
ย
Maxmurning ijodiy merosida ayrim tarixiy shaxslarning tabiati va amaliyijtimoiy faoliyatlarini ayovsiz fosh etuvchi hajviy juftliklar uchraydi. Har juftlik nishonga olingan shaxsga masnaviyda bitilgan salbiy tavsifnoma va shu shaxsning oสปz kirdikorlarini oสปzi fosh etish uslubida yozilgan gสปazaldan tashkil topgan. Masalan, Maxmurning hajviy qalami ostida tabiblik daสผvosida boสปlgan Hakim Turobiy aslida tamoman nodon va firibgar shaxs ekanligini โoสปzi boสปynigaโ oladi, tan beradi:
ย
Bihamdilloh, tabibi shahri Buqroti xaloyiqman,
Ajaldin ham bani odamni oสปddirmoqqa foyiqmanโฆ
ย
Tabibi shahr nomi oyda bir bemor oสปldursa,
Vale, man kunda yuz bemor oสปdsirmoqqa hoziqman.
ย
Mani badbaxt to zarbulmasal boสปldum tabibliqda,
Jahon voricha aknun koสปp haqoratlarga loyiqman!
ย
Bu namunalar Maxmurning barcha hajviy usullardan, xususan, oสปz-oสปzini fosh etish sanสผatidan samarali foydalanganini ravshan koสปrsatadi.
Maxmur qoddirgan adabiy meros haqida soสปz borar ekan, shoirning โKarimqul Mehtarning sifatlariโ hajviyasi ustida alohida toสปxtab oสปtish kerak. Ellikdan ortiq baytdan tashkil topgan bu masnaviyning asosiy qismi yengil yumor bilan sugสปorilgan va har bir oสปquvchida iliq tabassum, kulgu va zavqli kayfiyat uygสปotadi. Maxmur xon buyrugสปiga binoan uning amaddorlaridan Karimqul Mehtar tomonidan oสปziga ajratilgan otni taสผriflash jarayonida yumoristik tasvirning goสปzal lavhalarini yaratadi:
ย
โฆBir zamon menga ot deb berding,
Rasmi Rustamsifot deb berding.
ย
Bir qaro eshaki falakzodani,
Ham samovatu ham samaqzadani.
ย
Ham xarshu ham xarobu ham badnom,
Ikki ming ayb angadur mudom.
ย
Suv ichsa ham tamogสปiga tiqilar,
Pashsha gar qoสปnsa yoliga yiqilarโฆ
ย
Shoir ot taสผrifida xalq ogสปzaki ijodining lof, askiya turlaridan ham keng foydalanib, oสปquvchilarga quvnoq zavq-shavq baxsh etuvchi misralarni bitadi.
Maxmur ijodiy faoliyati oสปzbek adabiyotida tanqidiy yoสปnalishning, ayniqsa, hajviyotning taraqqiyotida navbatdagi yuqori bosqichi boสปldi. Shoirning adabiy merosi keyingi davrlar hajvgoสปylariga, xususan, Muqimiy va Nodimlarning ijodiga samarali taสผsir qildi.
Maxmur hayoti va ijodi yoqqan boโlsa :
Bu qiziq : MAXMUR GโAZALLARI VA SHEโRLARI