Sharof Rashidov hayoti va ijodi. Sharof Rashidov tarjimai holi
Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topdi. Oสปrta maktabda dastlabki maสผlumotni olgach, 1934 yilda Jizzax pedagogika texnikumida oสปqidi. 1941 yilda Samarqand davlat universitetini tugatganidan soสปng, mehnat faoliyatini muallim va muxbirlikdan boshladi. 1938โ1941 yillarda Samarqand viloyati gazetasida ishladi. 1941โ1942 yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944โ1947 yillarda Samarqand viloyati miqyosida rahbarlik lavozimlarida faoliyat koสปrsatadi.
1947โ1949 yillarda hozirgi โOสปzbekiston ovoziโ gazetasiga muharrirlik qildi. 1949โ1950 yillarda Oสปzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, 1950โ1959 yillarda Oสปzbekiston Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959โ1983 yillarda Oสปzbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimlarida xizmat qildi.
Sharof Rashidov oสปtgan asrning 30-yillaridan badiiy ijod bilan shugสปullanib, dastlab sheสผriyatda qalam tebratdi. Uning birinchi sheสผriy toสปplami โSamarqand kuylariโ nomi bilan bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan sheสผrlari 1945 yilda โQahrimโ toสปplamida chop etildi. U ayni chogสปda adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratdi.
Adib โGสปoliblarโ (1953) qissasini qayta ishlab, 1972 yilda roman shaklida nashr ettirdi. โBoสปrondan kuchliโ romani 1958 yilda, โQudratli toสปlqinโ romani esa 1964 yilda dunyoga keldi. Bu asarlarda xalqimizning urushdan keyingi tiklanish yillaridagi matonatli mehnati badiiy ifodasini topgan.
Ijodkorning โKashmir qoสปshigสปiโ (1957), โKomde va Moสปdanโ (1959) kabi lirik qissalari va โKoinotโ (1957) kinoqissasi anสผanaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan boสปlib, yoshlik, bahor, goสปzal hayot nashidasi madhiga bagสปishlangan. Adib hayotining soสปnggi yillarida yaratilgan โDil amriโ qissasi urush yillarida belorus tuprogสปida jang qilgan oสปzbek jangchilarining hayoti tasviriga bagสปishlangan.
โOสปzbek adiblariโ (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gสปafur Gสปulom nomidagi adabiyot va sanสผat nashriyoti 2016) kitobidan.
Tavsiya etamiz : Boshqa arboblar haqida >>