Mundarija
Oโtkir hoshimov tarjimai holi. Oโtkir Hoshimov biografiyasi ijod yoโli
U haqida
Oโzbekiston xalq yozuvchisi Oโtkir Hoshimov Toshkentning Doโmbirobod dahasida 1941 yilning 5 avgustida tavallud topgan boโlib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. Shu tufayli u oโrta maktabni aโlo baholar bilan bitirgan boโlsa ham oilaviy sharoiti yuzasidan ishlab turib oโqishga majbur boโlgan.
TAVSIYA ETAMIZ : Oโ.HOSHIMOV ASARLARI TOโPLAMI
Ish faoliyati
Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining sirtqi boโlimida oโqish bilan ยซTemiryoโlchiยป, ยซToshkent haqiqatiยป, ยซQizil Oโzbekistonยป kabi gazetalarda turli yumushlarni bajargan. 1966โ1982 yillarda ยซToshkent oqshomiยป gazetasida boโlim mudiri, 1982โ1985 yillarda Gโ. Gโulom nomidagi nashriyotda bosh muharrir oโrinbosari, 1985 yildan boshlab esa ยซSharq yulduziยป jurnalining bosh muharriri boโlib ishlab keladi.
U Oโzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati hamda Matbuot va axborot qoโmitasining raisi boโlib ham ishlagan.
Asarlari haqida
Oโtkir Hoshimov ijodi publitsistikadan boshlangan boโlib, birinchi kitobi 1962 yilda ยซPoโlat chavandozยป nomi bilan bosilib chiqqan. Uning ilk hikoyasi esa 1963 yili ยซToโrt maktubยป nomi bilan chop etilgan. Keyinchalik mazkur hikoya asosida ยซChoโl havosiยป (1963) qissasi yaratilgan.
TAVSIYA ETAMIZ : Oโ.HOSHIMOV ASARLARI TOโPLAMI
Mazkur qissa haqida ustoz Abdulla Qahhordan olingan maktub, yosh adib ilhomiga ilhom qoโshdi, dalda berdi. Shundan soโng uning ยซOdamlar nima derkinยป, ยซShamol esaveradiยป qissalari maydonga keldi. Ayniqsa, adibning ยซBahor qaytmaydiยป (1970), ยซQalbingga quloq solยป (1973) kabi qissalari yozuvchiga shuhrat keltirdi. 1976 yilda mazkur asarlar muallifi Respublika Yoshlar mukofotiga sazovor boโldi.
Adib ยซNur borki, soya borยป (1976) romanida jamiyat ijtimoiy hayotidagi illatlarni, turgโunlikning mohiyatini ochish asnosida davrning muhim maโnaviy-axloqiy masalalarini koโtarib chiqdi. Shundan soโng u yana bir goโzal asarni โ Oโzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek mukofoti bilan taqdirlangan ยซDunyoning ishlariยป (1982) qissasini yaratib, maโnaviyat haqidagi bahsni davom ettirdi. Oโtkir Hoshimov ijodida ยซIkki eshik orasiยป romani alohida ahamiyatga ega boโldi.
Unda adib qariyb qirq yillik davrni oโz ichiga olgan va bir qator chigal hamda murakkab taqdirlar misolida oโz xalqining tarixiy qismatini mahorat bilan umumlashtirib berdi. Shu tufayli ham Oโ. Hoshimov romani 1986 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor boโldi. Oโtkir Hoshimov hikoya janrida ham unumli ijod qilgan.
Xususan, uning ยซMuhabbatยป, ยซDehqonning bir kuniยป, ยซUrushning soโnggi qurboniยป, ยซOโzbek ishiยป kabi asarlari oโzbek hikoyachiligi rivojiga salmoqli hissa boโlib qoโshildi. Uning ยซQalbning oppoq daftariยป, ยซMuqaddas qasamni buzganlarยป, ยซAvlodlarga nima deymizยป, ยซMantiq qani?ยป, ยซDavlat siriยป kabi maqolalari esa soโnggi yillar oโzbek publitsistikasining yutuqlaridan biri boโldi.
TAVSIYA ETAMIZ : Oโ.HOSHIMOV ASARLARI TOโPLAMI
Oโtkir Hoshimov mohir hikoyanavis, qissanavis, romannavis va publitsistgina emas, dramaturg sifatida ham zamonaviy adabiyot rivojiga taโsir koโrsatdi. Uning ยซHazon boโlgan bahorยป, ยซToโylar muborakยป, ยซVijdon dorisiยป, ยซInson sadoqatiยป, ยซQatagโonยป drama va komediyalari Respublika teatrlari sahnalaridan munosib oโrin egallagan.
ยซDaftar hoshiyasidagi bitiklarยป (2001) kitobi ijtimoiy-maโnaviy hayotda muayyan iz qoldirgan. Oโtkir Hoshimov tarjimon sifatida O. Berggolts, S. Sveyg, Mustay Karim, V. Shukshin asarlarini oโzbek tiliga agโdargan. Uning eng yaxshi va sara asarlari rus va boshqa tillarga tarjima etilgan. Adibning jami nashr etilgan asarlari ellikdan ortiq boโlib, ularning umumiy tiraji qariyb ikki milliondan oshadi.
Oโ. Hoshimovga samarali ijodiy mehnati uchun 1991 yili ยซOโzbekiston xalq yozuvchisiยป faxriy unvoni berilgan. ยซMehnat shuhratiยป (1996), ยซBuyuk xizmatlari uchunยป (2001) ordenlari bilan mukofotlangan. 2013 yil 24 may kuni Toshkent shahrida vafot etgan.