Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Qiz bibi majmuasi tarixi va rasmlari.

Qiz bibi majmuasi tarixi va rasmlari.

by nafisa nafisa

Qiz bibi tarixi.

Qiz bibi majmuasi — Buxoro viloyati (Jondor tumani)dagi meʼmoriy yodgorlik (16 — 18-asrlar); Buxoro shahridan 30 km gʻarbda joylashgan. Majmua «Bibi Maxsumai pok» nomiga sazovor boʻlgan Ogʻoyi Buzurg — Qizbibi nomli mashhur qizning nomi bilan bogʻliq. Majmuaning umumiy tarhi toʻrtburchakka yaqin, umumiy mayd. 0,5 ga. Shim. va jan. hovlilar atrofida joylashgan darvozaxona, hujralar, ayvonli masjidxonaqoh, maqbara, quduq, hammom hamda shim. dagi xoli turgan binolardan iborat; hovli sahni pishiq gʻishtlar bilan qoplangan.

Qiz bibi majmuasi peshtoqgumbazli darvozaxona (tarhi 4,3×4,4 m) orqali kiriladi; darvozaxona old tomonining ikki yoniga simmetrik yordamchi xonalar (2,1×1,8 m) qurilgan; darvozaxona yoʻlak (0,8×3,1 m) orqali gʻarbiy tomondagi xonalar bilan bogʻlangan: ularning biri maqbara, ikkinchisi chillaxona vazifasini oʻtagan; darvozaxonadan keng hovli (19×17 m) ga oʻtiladi. Hovlining shim. tarafida kichikroq, darvozaxonaning chap yonida yirikroq hujralar joylashgan. Gʻarbiy tomondagi hujralar oʻrtasida keng supa, hammom, quduq mavjud. Hovlida majmuaning bosh mahobatli binosi — masjidxonaqoh (8,2×8,2 m) qad koʻtargan, u peshtoqgumbazli boʻlib, uning bosh peshtogʻi hovlining sharq tarafidagi Qizbibi maqbarasiga qaragan.

Bola tarbiyasida onaning o’rni haqida

 

Tashqi tarafidan masjidxonaqohning 3 ta burchaklariga guldastalar ishlangan; mehrob tomondagi 2 oʻtish ravogʻi uni hammom bilan bogʻlagan. Xonaqohning jan. da 9 ustunli ayvon (10,7x 11,6 m) joylashgan. Majmuaning shim. dagi hovli (33×9 m) sahni masjid sahni bilan barobar. Masjid bilan maqbara oʻrtasidagi hovli (23×9 m) shim. hovlidan 60 sm past. Hovlining sharqiy tomoni (masjid roʻparasi)da qurilgan Qizbibi maqbarasi ikki xonadan iborat: shim. xona (4×2,8 m) balxiy gumbaz, sagʻanali xona (4,8×4,9 m) oddiy gumbaz bilan yopilgan, bezaksiz; faqat tashqi tarzining baʼzi joylari ganch suvoqqilingan; maqbaraning gʻarbiy tomoniga ayvon tutash.

Qiz bibi majmuasi  binolardan faqat masjid ayvonigina yogʻoch oʻymakorligi, yigʻma boʻlaklar orasiga qadalgan shishalar, tekis shiftdagi girih naqshlar bilan ziynatlangan. Majmuaning shim. sharqiy qismida darvozaxona bilan maqbara oraligʻiga keyinchalik oshxona, otxona va boshqalar yordamchi xonalar qurilgan (ular saqlanmagan). Majmuadan tashqarida, darvozaxonadan oldinroqda ham bir bino boʻlib, u chillaxona vazifasini oʻtagan. Unda ruhiy kasallikka chalinganlar davolangan.

Qiz bibi (Ogʻoyi Buzurg) ziyoratiga, dardlariga shifo izlab, asosan, ayollar kelgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra majmua (ayniqsa, chillaxona)ga faqat ayollar kirishi mumkin boʻlgan. Qiz bibi majmuasi keng qamrovli vazifalarni oʻtagan, anchagina murakkab tuzilishga ega boʻlgan meʼmoriy majmua namunasidir.

Qiz bibi Majmua rasmlari

qiz bibiQiz bibi majmuasi

 

Labihovuz ansambli va rasmlari.Buxoroda turizm rivojlanishi

 

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x