Bosh sahifa » Farzand tarbiyasi » Bola tarbiyasida onaning o’rni haqida

Bola tarbiyasida onaning o’rni haqida

by nafisa nafisa

Bola tarbiyasida onaning o'rni haqida

Bola tarbiyasi

 

Bola 14 yoshgacha dunyoga ona koʼzi bilan qarar ekan.Ona hayotga gʼazab, nafrat bilan qarasa, farzandida ham shu xolat aks etadi. Shunday ekan atrofga umid, ishonch, zavq bilan boqing!Bu farzandizga yaxshi taʼsir koʼrsatadi.

Ona baxti farzandning baxti-Farzandning baxti onaning baxtli boʼlishidir!

Buni ham o’qing>> Ona haqida chiroyli she’rlar

Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg’ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo’lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o’sib-unayotgan bolalarimizga bog’liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo’lga qo’yilar ekan, o’sha oila, o’sha mahalla gullab-yashnaydi.
Bola tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?, degan savol ko’pchilikni o’ylantiradi. Ko’pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug’ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug’ullanish lozim, deb javob bergan.
Oila, odob-axloq va ta’lim-tarbiyaga e’tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o’zi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog’lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar ko’chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o’tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib to’g’ri yo’lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, go’zal xulqli bo’lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi.

Oiladagi muhit ota-ona o’z ma’suliyatlarini his qilishi bilan barqaror bo’ladi. Bolalarning odobli bo’lib ulg’ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-kuy ham katta ibrat maktabidir. “Qush uyasida ko’rganini qiladi”, deb bejiz aytmagan xalqimiz.Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o’zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo’ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o’z odatlari bilan ba’zan o’zlari sezmagan holda ularga ta’sir qiladilar. Oiladagi qo’pol munosabatlar, ko’p yolg’on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog’lom muhitni keltirib chiqaradi.

Boshqalar o’qimoqda… Ayollar haqida saralangan she’rlar to’plami

Bola tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o’rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo’pol, dag’al so’zlar eshitib, kaltak yeb katta bo’lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa o’z navbatida oiladagi nosog’lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan “ma’naviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma’naviyatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Oilada ota-onalar “ommaviy madaniyat” ta’siriga berilib ketishi oqibatida  farzandlarning tarbiyasiga ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Istiqlol tufayli xalqimiz chet-el yurtlarini kezib, yangi xalq va urf-odatlarni guvohi bo’lib qaytmoqdalar. Shu jumladan Yevropa davlatlariga sayr qilib kelayotgan fuqarolarimiz bugungi kunda g’arb o’smirlari orasida boshqa mamlakatlar yoshlariga qaraganda uyushgan jinoyatchilik va zo’ravonlikka berilish holati yuqori.  Bunga sabab bolalarga keragidan ortiq erkinlik berilgani ekan. Ularni hozirdan aysh-ishratga berilib, turli axloqsiz hatti-harakatlarga ruju qo’yishdan hech kim qaytarmasligini aytib berishmoqda.

Inson hayoti davomida biror shaxsni o’ziga o’rnak deb biladi, bundan inson u kabi hayot kechirishni, u erishgan yutuqlar kabi muvaffaqiyatlarga erishishni, yuksak cho’qqilarga chiqishni ko’zlaydi. Bugun jamiyatning yosh a’zolari o’z hayotlari uchun boshqa madaniyat vakillarining fikrlash va hayot tarzini o’rnak qilib olishlari ko’p muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Tavsiya etamiz : Oila va qo’shnichilik haqida maqollar

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x