Bosh sahifa » Farzand tarbiyasi » 12 yosh psixologiyasi.Ota- onaning farzand bilan munosabati haqida.

12 yosh psixologiyasi.Ota- onaning farzand bilan munosabati haqida.

by nafisa nafisa

12 yosh psixologiyasi

12 yosh psixologiyasi

 

Nima uchun aynan 12 yosh psixologiyasi haqida yozayapman. Hadisda 12 yoshgacha boʼlgan davrdagi tarbiyaga alohida urgʼu berilgan. Uning maʼnosi quyidagicha: “Bola 12 yoshgacha ota-ona va ustozlari aytganini qiladi, 12 yoshdan soʼng oʼz bilganini qiladi”.

Demak, 12 yoshdan keyingi tarbiya – bu kechikkan tarbiya.

Tarbiya homiladan boshlanishi kerakligi, yaʼni ona qornidagi bola hamma narsani tinglab yotishi va maʼlumotlarni miyasiga yozib borishi haqida ham yozilgan. Bu kimgadir gʼalati tuyulmasin, biroq bu bor gap. Yaqin kelajakda ona qornida endi rivojlanayotgan bolaning miyasiga yozib olingan xotira izlari maxsus apparaturalar orqali biz ota-onalarga koʼrsatib berilsa yoki eshittirilsa ajab emas. Hozir homila davrini qoʼya turib, 12 yosh psixologiyasiga qaytsak. Muammo shundaki, ota-ona 18 yoki 20 yoshga toʼlgan farzandiga salom-alikni oʼrgata olmay, soʼzini oʼtkaza olmay, ish buyura olmay sarson. U endi allaqachon izdan chiqib boʼlgan farzandini mullaga oʼqitib koʼradi, psixologga yuborib koʼradi, doʼq-poʼpisa qiladi, “qachon sanga aql kiradi” deb yigʼlab-yolvorib koʼradi. Biroq endi barchasi befoyda. Chunki bola tarbiya relsidan chiqib boʼldi. Bu urinishlardan faqat ota-ona asabi buzilgani va ruhiyati ezilgani qoladi xolos.

Nima uchun aynan 12 yosh tanlangan, degan savol tugʼiladi? Neyropsixolog (oliy ruhiy funktsiyalarni oʼrganuvchi mutaxassis) sifatida bu masalaga qiziqib koʼrdim. Gap shundaki, bosh miyaning peshona qismida prefrontal soha bor. Faqat insonlarda boʼladigan ushbu soha 12 yoshda anatomik jihatdan shakllanib boʼladi va soʼngra u takomillashib boradi xolos. Bu joyni “Oliy analitik markaz” deb atasa boʼladi.

Ushbu analitik markaz shakllanib boʼlgach, bosh miya atrof-muhitdan kelib tushayotgan maʼlumotlarni koʼr-koʼrona toʼplash bilan emas, balki ularni mustaqil ravishda tahlil qilib qaror chiqarish bilan shugʼullanib boshlaydi. Bosh miya 12 yoshgacha nimaiki toʼplagan boʼlsa, keyingi hayot shular asosida shakllanib boradi. Аgar shu davrgacha ota-ona bolaga yaxshi tarbiyani bera olmagan boʼlsa, yaʼni salom-alik, mehr-muhabbat, qadr-qimmat, mehnat, eʼtiqod va diyonatga oʼrgata olmagan boʼlsa, bundan soʼng ham oʼrgata olmaydi. Ha, afsuski shunday!

Buyuklarning oltinga teng so’zlari.Uilyam Shekspir

 

Endi 12 yoshgacha va undan keyingi davrning 12 xil sir-sinoati, yaʼni sabab va oqibat orasida nimalar yotganini koʼrsatib oʼtamiz:

1.Kap-katta bola nega xarom-xarish yoʼllarga kirib ketdi, chunki 12 yoshgacha boʼlgan davrda uning luqmasiga xarom-xarish aralashgan;

2.Kap-katta bola nega salom-alikni bilmaydi, chunki u 12 yoshgacha salom-alikka oʼrgatilmagan;

3.Kap-katta bola nega mehnatdan qochadi, chunki u 12 yoshgacha mehnatga oʼrgatilmagan, mehnat – bu buyuk tarbiya ekanligini ota-onaning oʼzi ham anglab yetmagan.

4.Kap-katta bola nega ota-onasidan yiroq yurishga intiladi, undan qochaveradi, chunki 12 yoshgacha boʼlgan davrda ota-ona ham undan yiroq yurgan va yonida boʼlishga vaqt topmagan;

5.Kap-katta bola nega kitob oʼqimaydi, ilmga intilmaydi, chunki 12 yoshgacha boʼlgan bola ota-onasining kitob oʼqiganini koʼrmay oʼsgan.

6.Kap-katta bola nega kattani hurmat, kichikni izzat qilmaydi, chunki 12 yoshgacha uning oʼziga ham izzat koʼrsatilmagan va hurmat qilinmagan;

7.Kap-katta bola nega ota-onasi, ustozlari, qolaversa jamiyatga tajovuzkor, chunki 12 yoshgacha unga tajovuzkor boʼlishgan va jamiyat bola haqida qaygʼurmagan;

8.Kap-katta bola nega oʼgʼrilikka qoʼl urib jinoyat yoʼliga kirib qoladi, chunki u 12 yoshgacha toʼgʼrilik va oʼgʼrilik nimaligini bilmay oʼsgan yoki uning koʼz oʼngida oʼgʼirliklar sodir etilgan;

YUZDАGI АJINLАRNING DАVOSI QАNDАY?

9.Kap-katta bola nima uchun hech kim bilan muloqotga kirisha olmaydi, nega uning soʼz boyligi kam, ogʼziga mum solgandek jim turadi, chunki u bilan 12 yoshgacha dildan suhbat qurilmagan, muloqotda boʼlinmagan;

10.Kap-katta bola nima uchun oʼzini-oʼzi himoya qila olmay, yomon odamlarga qoʼshilib qoladi, chunki 12 yoshgacha u himoyaga olinmagan va “Sen yomon bolasan” deb miyasiga quyib kelingan;

11. Kap-katta bola nima uchun qoʼrqoq va oʼz fikrini dadil ayta olmaydi, chunki 12 yoshgacha ota-onasi – uyda, tarbiyachi – bogʼchada, oʼqituvchi – maktabda uni faqat qoʼrqitib tarbiyalagan;

12. Kap-katta bola nega din nimaligini bilmaydi, Ollohni tanimaydi, chunki 12 yoshgacha bolaga bunday maʼlumotlar berilmagan yoki bu sohada ota-onaning oʼzi ilmsiz.

Tavsiya etamiz: Tarbiya nima? Bolaga tarbiya berish yo’llari

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x