Sahifamiz orqali bolajonlarning maktabga ilk qadam qo’yishlaridanoq ham jismonan ham ruhan tayyor bo’lishlari haqida batafsil yoritilgan.
Maktabga ilk qadam.
Bolani maktabga tayyorlashdagi eng katta xato, bolani maktab qonun-qoidasi bilan qoʼrqitishdir. Аgar oʼqituvchining aytganini qilmasang ikki qoʼyadi, maktabga borsang oʼyinga vaqting qolmaydi va hakazo. Bolani maktabga tayyorlashda uning qiziqarli bilimlarga ega boʼlishi, yangi doʼstlar orttirishi, toʼgaraklarga qatnashi mumkinligini aytish kerak. Farzandingizga ilk marotaba maktabga borganingiz, sevimli ustozlaringiz haqida gapirib bering.
Maktabda baʼzan muammolar boʼlishi mumkinligini aytib, birinchi marta oʼqituvchidan tanbeh eshitganingiz va birinchi olgan “ikki” bahoyingiz tarixini ayting. Bola bilan “maktab-maktab” oʼyinini oʼynang. Bir safar farzandingiz oʼqituvchi, keyin oʼquvchi rolini bajarsin. Katta sinflar darsiga qatnashtirish maktabga tayyorlashning eng qulay yoʼlidir. Bunda bola tomashabin boʼlib, vaziyatni tushunib oladi.
Аgar maktabda tayyorlov sinfi boʼlmasa, ochiq eshiklar kunida maktab darslariga bolani qatnashtirish yaxshi natija beradi. Bola maktab xonalari, jismoniy tarbiya va muzika sinflari bilan tanishib, maktab hovlisida oʼynab koʼradi. Bolani ertaroq oʼqituvchi va sinfdoshlari bilan tanishtiring. Dars jadvali, tanaffus, maktab qonun-qoidasi haqida gapiring.
Bolaga maktabga ilk qadamdan avvalroq maktab oʼquv qurollarini sotib olib bersangiz bolaning psixologik moslashishi oson kechadi va tezroq “oʼquvchi” degan sharafli nomga ega boʼladi. Bolaning birinchi sinfda oʼqishini yengillatish uchun sharoit yarating. Uning qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz boʼlishida yonida ekanligingizni his qilishiga imkon bering.
«Farzandingizni vayron qilmang» ota — onalarga murojaat.