Bosh sahifa » Farzand tarbiyasi » Yig’layotgan bolani qanday yupatish mumkin

Yig’layotgan bolani qanday yupatish mumkin

by nafisa nafisa

Yig’layotgan bolani yupatish.

Bolaning turli qiliqlari, injiqliklari uni xammadan ham koʼproq yaxshi koʼradigan ota-onasini ham charchatishi turgan gap.
Toliqqan ota-ona esa bunday vaziyatlarda bolaga qattiq gapirishi natijasida uning ayrim xislatlarini oʼldirib qoʼyishlari mumkin.
Masalan, yigʼlayotgan bolani olaylik. Unga yigʼlama deganingiz foydasiz. Birgina shu soʼz bilan jim boʼlib qolmasligi aniq.
Natijada sizning asablaringiz bunga dosh bera olmay qoladi va unga baqirasiz.
Аfsuski, bu yechim emas.
Bola battar yigʼlashni boshlaydi.

Xoʼsh, unda nima qilish kerak?

Yigʼlashiga qoʼyib bering.Farzandingiz yigʼlayotgan boʼlsa, unga xalaqit bermang.
Mayli, yigʼlab olsin. Unga xalal berishingiz, ovutishga urinishingiz vaziyatni battar chigallashtirishi mumkin.
Yaxshisi boladan pastroq yigʼlashini, qoʼshnilar eshitib qolmasligi, ukasi yoki mushugi uygʼonib ketmasligini soʼrashingiz mumkin.

Diqqatni boshqa tomonga qaratish.

Bola yigʼlayotganda maьlumotlarni qabul qilishning asosiy yoʼllarini qoʼllagan xolda uning diqqatini chalgʼitish kerak.
Bularning eng oddiysi esa nigoxni qoʼllash xisoblanadi.
“Qara, kimdir keldimi?”,” yomgʼir yogʼadi shekilli “, kabi gaplar bilan uning diqqatini boshqa narsaga yoʼnaltirish kerak.

Yigʼlayotgan bolani xuddi chaqaloq yoʼrgaklagandek xolga keltiring va erkalang. Bu orqali bolani yigʼidan toʼxtatish va xatto kuldirish ham mumkin.

Eng asosiysi, ” oʼgʼil bola yigʼlamaydi”, “yigʼloqi qizlarni xamma yomon koʼradi” kabi gaplar bilan emas, oxistalik va mehr bilan yupatishga harakat qiling.

Yaxshi ota-ona bo’lish sirlari

Yig’layotgan bolani yupatish.

Yosh bolaning “namunali chiqishlari”dan hatto eng sabrli ota-onalar ham charchaydi. Bizning g’oyalarimizdan foydalaning – mana ko’rasiz, vaqt o’tishi bilan bola sizning vazminligingizni ko’rib, “tomosha” ko’rsatishdan to’xtaydi.

1. “Ko’z yoshlarini chiniqtiramiz”.

Bola yig’layaptimi? Unga xalal bermang va to’xtatishga urinmang, jarayonni qiyinlashtirib yuborasiz. Masalan, undan past ovozda yig’lashni iltimos qiling (aks holda “qo’shnilar yugurib keladi”, “mushuk qo’rqadi”). Go’dakni chalg’itish uchun shaxsiy o’rnak ko’rsatishingiz mumkin. Va bola vazifani bajarishga harakat qilguncha uning jazavasi ham tamom bo’ladi.

2. “Kim bu?”.

Uyda ham, ko’chada ham bir xilda ijobiy samara beruvchi universal usul. Bola yig’lashni endigina boshlamoqchi bo’lganda mushuknikidek yoki qushlardek ovoz chiqaring va “Kim bu? Uni izlaymizmi?” deb ayting. Va ularni izlashga kirishing.

3. “Diqqatni narsalarga qaratish”.

Bola yig’layotganda, ma’lumotlarni qabul qilishning asosiy yo’llarini qo’llab uning diqqatini chalg’itish kerak. Eng oddiysi – nigohni qo’llash: “qara, anavi uzoqdagi katta yashil narsa nima”, “e, qor ustidagi bu izlar kimniki”, “qara, yulduz uchgandek bo’ldi” – bu vaziyatda ko’zingiz nimaga tushsa, o’sha narsani qo’llashingiz kerak bo’ladi.

4. “Razvedkachilar”.

Bolaning eshitish qobiliyatini qo’llab ko’rish ham mumkin. Uning diqqatini boshqa tovushlarga qaratishga harakat qiling: “Eshityapsanmi, qushlar gaplashayotganga o’xshaydi”, “Jim, kimdir taqillatyapti – balki Qorbobodir?” – bu yo’nalishda cheksiz xayolparastlikka berilish mumkin!

5. “Kichkinalardek”.

Bolalik xarxashasi paytlarida bolaga qiziqtiruvchi ovozda, lekin mehribonlik bilan ayting: “Endi sen chaqaloq bo’lasan, maylimi?”. Va u bu nimani bildirishini anglaguncha, o’zingizning “ko’z yoshlariga qarshi dasturingizni” boshlang . Farzandingizga xuddi chaqaloqdek muomalada bo’ling: uni yo’rgaklayotgandek qilib ko’rsating, “kichkitoyim” deb erkalang, boshini silang – mana ko’rasiz, ikkalangiz ham xursand bo’lasizlar.

Farzand tarbiyasi

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar