Farzandingizni vayron qilmang
Siz farzandingizga u yoki bu iborani talaffuz qilganingizda, ota-ona bolasini qanday tushunganligi haqida o’ylamaydi. Va bola hamma narsani tom ma’noda boricha tushunadi, ular so’zlarning majoziy ma’nolarini tushunish qobiliyatiga ega emas. ⠀
Orangizda hatto bolani urib turish kerak deganlar ham topiladi.
⠀
” JONIMGA TEGMA “,
” TUR BU YERDAN “, ⠀
” AFTINI QARA “,
” ICHIMDAGI DUSHMANIM “,
” BOSHIMGA BALO TUQQAN EKANMAN “,
” O‘LDIRAMAN “,
” AGAR YANA O‘ZINGNI SHUNDAY TUTSANG olabo‘jiga/ melisaga / bomjga / bolalar uyiga BERVORAMAN”, kabi iboralarni
va bundan ham daxshatliroqlari bor yozishga ham uyaldim. Ishlatasiz.
Bu jumlalar tanish to‘g‘rimi?
Ko‘pincha onalar juda ko’p bu so‘zlarni ishlatadilar. O‘ylab ham o‘tirmasdan bu bolaga qaysi tarjimada yetib borishini hisobga olmasdan.
Bu qiziq>> | Farzandingiz haqida 10ta fakt |
⠀
Va bola bu so‘zlarni shu yosinda eshitadi – “AGAR MEN BO‘LMASAM YAXSHI BO‘LARDI”, “MEN HECHKIMMAN”, “MEN OTA-ONAMGA KERAK EMASMAN”…
Agar bordiyu – bu gaplar baqiriq, kaltaklash, inkor qilib siltashlar bilan bajarilsa… bolaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri “YASHAMA”, “RIVOJLANMA” degan programmani o‘rnatayotgan bo‘lasiz…
So‘ng siz -” Bolam achchig‘i tez bo‘lib qoldi. Gapimga kirmayabti. Aytganimga ko‘nmaydi. Qaysar. Uydan chiqib ketayabti…” deb bizning oldimizga go‘yoki to‘g‘rilab bering deb olib kelasiz! Aslida esa uni siz va otasi shunday qilib yasab bo‘lgan bo‘lasiz! Bolani emas!!! Sizni to‘g‘rilash kerak bo‘ladi!!! Negaaa aytaymi?
Bu zo‘ravonligingiz oqibatida….
- BOLA O‘ZIGA RIVOJLANMASLIK, TAJOVVUZ PROGRAMMASINI O‘RNATADI. (autoagressiya)
⠀
Kasallik (yoki ko’p turli kasalliklar guldastasi, tez-tez kasal bo‘lib ko‘rsatadi.) ⠀
⠀Bu his orqali uning tug’ilishi uchun doimiy aybdorlik hissi, o’z-o’zidan beparvolik hissi bilan hayotda o‘rni yo‘qligini ko‘rsatib yashashga o‘tadi.
⠀
Alkogol, spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalarni iste’mol qilish, ortiqcha ovqatlanish (o’z jonini ayamasdan qasd qilishni sekinlashtirish usuli) ⠀
Buni ham o’qing
Buni ham o’qing… | Bolaga baqirmasdan tushuntirish yo’llari haqida. |
⠀
- Ko’pincha “tasodifiy” shikastlanishlar
⠀ - Ko’p sonli pirsinglar, tatuirovka ⠀
⠀ - Hatto o‘z joniga qasd qilishga ham boradiganlari bor
⠀ - Ko‘chadan kelmaydi
- Berahmga o‘xshab qoladi
- Tashqaridan kimgadir qattiq bog‘lanib qoladi. Sevgi.
- Nomunosib juftlik o‘zidan katta yoki sizga yoqmaydigan juft topadi.
‼️ILTIMOS, onajonlar siz bolangizni tug‘ilishini 9 oy qorningizda kun sanab tug‘asiz. Sevasiz. So‘ng negadir 2chi, 3chi… farzand yoki oddiy hayot muammolarida o‘zingizni q‘olga ololmasangiz, ko‘z ostingizdagi eng kichkina himoyasiz go‘dakka osilasiz. Bu gaplarimni o‘qiganingizdan so‘ng endi o‘ylab ko‘ring hali ham kech emas. TO‘G‘RILANING…!
Bolalaringizga nima deyayotganingizga e’tibor bering. Axir, bola sizni butun qalbi bilan sevadi. Siz u uchun yaratgan borlig‘isiz, uning Xodosisiz. U sizsiz hechkim.
MUAMMOINGIZNI HAL QILOLMAYABSIZMI?
BOLA BO‘LIB UNDAN ALAMINGIZNI OLMANG!
BOLA BILAN TENGLASHMANG!
⠀
Siz bu iboralarni qanchalik vayronkor ekanligini sezmaysiz va bola eshitadi va o’ylaydi: “Men yomonman, men kerak emasman, men bo’lmasam yaxshi bo’lardi”. Chunki siz ularni silkitib, kaltaklasangiz, bolalar buni “yashamaslik” xabari kabi tushunishadi.
⠀
Aytishingiz mumkin, “Biz ham kaltak yeb katta bo‘lganmiz. Bir chiroyli yuribmiz, kam bo‘lganimiz yoq” deb. Agar siz bilan ham suhbatlashsak, sizning ichingizda ham qalbingizni yaralagan “zirapcha”ni topib beramiz. Faqat zamon hozir unday emas. “INDIGO” bolalar tug‘ilayotgan zamonda, bu yosindagi tarbiya to‘g‘ri kelmaydi…
Sizni bu bilan ogohlikka chaqirish maqsadimiz. Hayotingizni chiroyli qurishingizni xohlaymiz.
O‘ylaymanki, ushbu gaplarimga befarq bo‘lmaysiz… boshqalarga ham ulashing. Bola tarbiyasi nozik masala ekanini…Farzand tarbiyasi
Tavsiya etamiz: 12 yosh psixologiyasi.Ota- onaning farzand bilan munosabati haqida.