Bosh sahifa » Farzand tarbiyasi » Virtual Autizm.Autizm kelib chiqish sabablari va belgilari

Virtual Autizm.Autizm kelib chiqish sabablari va belgilari

by nafisa nafisa

Virtual Autizm).jpg.jpg

Virtual Autizm

 

Hozirgi kunda zamonaviy xonadonlarimizni bir nechta televizor, kompyuter, planshet, smartfonlarsiz tasavvur etib boʼlmaydi. Bu masalani ijobiy tomoni boʼlsa, salbiy tomoni bunda monitor soni koʼpligidan beixtiyor oilaning har bir aʼzosi boshiga 1-2 tadan gadjet toʼgʼri kelib, xatto eng kichik yoshdagi (0-2 yosh) bolajon xam bemalol gadjetdan foydalanishidir. Buning nimasi yomon, XXI asr texnika asri, zamonaviy bolalar bizday emas degan javob bor barchamizda. Аmmo gadjetlardan oqilona foydalana olayapmizmi, ularni ishlatish odobini bilamizmi, shu savolga samimiy javob bera olishimiz muhim.

autizm (1).jpg

Oxirgi oʼtkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni koʼrsatdiki, aynan shunday «elektron ekran»lardan tartibsiz foydalanish natijasida «Virtual autizm» degan kasallik kelib chiqdi. Birinchi boʼlib bu kasallikni psixolog Marius Zamfir nomladi va klinikasini yoritib berdi. Nima uchun aynan «Virtual autizm»? Sababi uning belgilari autizm belgilari bilan identik ravishda. Аmaliyotda autizm va virtual autizmni bir-biridan farqlash qiyin. Faqat anamnez (yigʼilgan xayot va kasallik tarixi) natijasidagina kasallikka toʼgʼri tashhis qoʼyish mumkin.

Аutizm belgilari:

  1.  Ijtimoiy munosabatlarga kirisha olmaslik
  2.  Koʼz orqali kontaktning yoʼqligi
  3.  Nutq rivojlanishdan orqada qolishi
  4.  Boshqa bolalar bilan ijtimoiy oʼyinlarga kirisha olmaslik

Mana shu belgilar bolaning har kungi 4-5 soatlik monitor (TV, smartfon, planshet, kompьyuter bilan) aloqada boʼlishi bilan birga kechadi.

O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar

Kasallik 80% xollarda oʼgʼil bolalarda koʼproq kuzatiladi.
Klassik autizmda destruktsiya nevrologik asosga ega boʼlgan biologik faktorlar bilan bogʼliq boʼlib, jarayon qaytmas xarakterga ega. Miyaning ushbu sohalarida sinaplar qayta xosil boʼlmaydi. Virtual autizmda esa neyron rivojlanishi lozim boʼlgan sohalarining stimulyatsiya boʼlmasligi hisobiga nutkning rivojlanmasligi va b.q. belgilar yuzaga keladi. Bu jarayon qaytar hisoblanadi.

Аutizm markazining statistikasiga koʼra:

  •  1975 yilda 5000 boladan 1 tasiga autizm tashhisi qoʼyilgan
  •  2005 yilda 500 boladan 1 tasida
  •  2014 yilda esa 68 boladan 1 tasida autizm aniqlangan.
  • 2008 yilda Аmerikaning Pediatriya akademiyasi quyidagi tavsiyalarni berdi:
  •  0-2 yoshli bolalarga mulьtimedia texnologiyalari va qurilmalariga yaqinlashish imkoniyatini toʼliq cheklash
  •  3-6 yoshli bolalarga kuniga 1 soatdan ortiq ruxsat bermaslik
  •  6-12 yoshdagilarga esa maksimum 2 soatgacha ruhsat berish tavsiya qilindi.
Yangi yil bayramiga eng yangi ssenariylar to’plami

 

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ekran oldida oʼtkazilgan vaqtda miya rivojlanmaydi va yashashi lozim boʼlgan ijtimoiy muhitda yashalmaydi. Bolalar miyasi turli xil ijtimoiy bogʼliqliklar hisobiga rivojlanadi, yaʼni ushlab koʼrib, xidlab koʼrib va x.k. Natijada bolada yoshiga mos rivojlanishi kerak boʼlgan koʼnikmalar rivojlanmaydi. Ekranlardagi shovqin va yorqinliklar bola eʼtiborini tortadi, xatto mulьtfilьmlar xam bolada negativ ogʼriqli xissiyotlarni chaqirishi, u esa oʼz navbatida bolada agressiv xulqni namoyon qilishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, 0-2 yoshdagi bolalar koʼproq koʼchada (tabiatda) boʼlishi va kattalar bilan muloqotda boʼlishi zarur.

autizm.jpg

Аnalizatorlarimizni ishini oladigan boʼlsak, sezgi va idrok etish orasidagi bogʼliqlik buzilganini koʼramiz. Eshitgan va koʼrgan narsamizni idrok etishimiz zarur, ayniqsa bolalik yoshimizda. Nimanidir idrok etish uchun u bilan bevosita aloqada boʼlish lozim (taktil, xidlov, eshituv), virtual dunyo bularni bermaydi. Bu analizatorlarning bolaning ilk rivojlanishi davrida ahamiyati katta.

Bu holatning birgina yaxshi jihati shundaki, biologik autizmdan farqli oʼlaroq virtual autizmni davolasa boʼladi. Аmmo eng yaxshisi uni oldini olishdir!

 

Tavsiya etamiz : Kompyuter o’yinlarning bola psixologiyasiga ta’siri

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x