Bosh sahifa » Farzand tarbiyasi » Yaxshi ota – ona bo’lish sirlari haqida.Farzand tarbiyasi

Yaxshi ota – ona bo’lish sirlari haqida.Farzand tarbiyasi

by nafisa nafisa

Yaxshi ota - ona bo'lish sirlari haqida.Farzand tarbiyasi

Yaxshi ota – ona bo’lish sirlari

 

Ota-ona boʼlish oson, lekin yaxshi ota-ona boʼlish hammaning ham qoʼlidan kelavermaydi. Quyidagi kichik maslahatlar yaxshi ota-ona boʼlish sari yetaklaydi:

 АSАBIYLАShMАNG.
Siz qanchalik muloyim va sokin boʼlsangiz, bolangiz ham shunchalik osuda boʼlib oʼsadi.

 АLDАMАNG.
«Ovqat yesang, buvingnikiga olib boraman!», dedingizmi, olib boring yoki unday vaʼda bermang. Bolaga berilgan vaʼdani ustida turish muhim. Shunda u sizga ishonadi va talablaringizni oson bajara oladi.Yaxshi ota ona bo’lish

Tarbiya va odat haqida maqollar to’plami. Sara maqollar

 

 URMАNG.
Bolani urishdan yomoni yoʼq. Urmay turib ham jazolash mumkin, urmay turib ham ota-ona oʼz gapini oʼtkazishi mumkin. Urish darajasiga bordingizmi, demak ayb sizda.

 HАR NАRSАNI MАN QILАVERMАNG.
«U mumkin emas, bu mumkin emas», «Uni qilma, buni qilma», kabi gaplarni eshitavergan bola bora-bora bu gaplarga eʼtiborsiz boʼlib qoladi. Oʼzingiz uchun ajratib oling. Haqiqatdan mumkin boʼlmagan narsalar bilan sizga shunchaki noqulaylik keltiruvchi narsalarni. Masalan mashina yoʼlga chiqish haqiqatdan maʼn qilinishi shart boʼlgan narsa. Qumda yangi kiyimda oʼynashi esa bu shunchaki sizga noqulaylik keltiruvchi narsa. Haqiqatdan mumkin boʼlmagan narsalarga yoʼl qoʼymang. Sizga noqulaylik keltiradigan narsalarga boʼlgan munosabatingizni oʼzgartiring.

 OʼRNАK BOʼLING.
Oʼzingiz hunuk soʼzlarni ishlata turib bolangizga «Hunuk gapirma!» deya olmaysiz. Xuddi shunday kuni bilan televizor yonida boʼlmsangiz, bola ham dars qilmay televizordan keta olmaganiga hayron boʼlmang. Oʼzgarishni oʼzingizdan boshlang.

 АYBINGIZNI TАN OLIShNI BILING.
Biron ishda xato qilib qoʼysangiz bolangiz oldida uni tan olishga odatlaning. Bundan bola xato qilishdan qoʼrqib yashamay, xatoni qanday qilib takrorlamaslikni oʼrgansin.

O’zbek xalq maqollar to’plami. Eng sara maqollar to’plami.

 

 BOLАNI ERKА QILIShDАN QOʼRQMАNG.
Yetti yoshgacha erka boʼlgan bola hayotda katta yutuqlarga erishadi. Faqat erkaligi yangi oʼyinchoqlar bilan emas, sizning mehringiz bilan qoplansin.

 KEChIRIM SOʼRАShNI BILING
Siz ham nohaq boʼlishingiz mumkin. Boladan kechirim soʼrashdan qoʼrqmang. Bundan u mehrliroq va sabrliroq boʼlishni oʼrganadi.

 QUChOQLАNG!
Bolani koʼproq quchoqlab oʼpishga odatlaning. Bola bunga ruhan ham jismonan zor boʼladi.

 SАBRLI BOʼLING
Bolaga ota-onaning jahli chiqishining eng asosiy sababi sabrsizlikdir. Bolaning qiliqlariga, ishiga, oʼqishiga, yurish-turishiga ozgina sabr bilan yondashsangiz, u sizni fakat suyuntirayotganini his qilasiz.

Tavsiya etamiz : Farzandlarimiz uchun qiladigan noto’g’ri harakatlarimiz

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x